O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanovdan iborat tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Raisining Konstitutsiyaviy sudning majlisiga kiritilgan “1997-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati”dan “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish” degan bandini chiqarib tashlashni nazarda tutadigan qismining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish” faoliyat turini nazarda tutuvchi qismining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligi to‘g‘risidagi masalani chaqirib olish haqidagi arizasini o‘zining ochiq majlisida ko‘rib chiqdi.
Oliy xo‘jalik sudining Raisi tomonidan Konstitutsiyaviy sud majlisiga kiritilgan 1997-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati”dan “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish” faoliyat turini chiqarib tashlashni nazarda tutadigan qismining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining “Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish” faoliyat turini nazarda tutuvchi qismining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligi to‘g‘risidagi masala chaqirib olinishi munosabati bilan mazkur ish bo‘yicha ish yuritish tugatilsin.