O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “BIRJA VA YaRMARKA SAVDOSI SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1999 YIL 15 APRELDAGI 174-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Savdoning zamonaviy shakllarini yanada rivojlantirish, birja va yarmarka savdosini rag‘batlantirish, mahsulotlarni chetga chiqarishni tartibga solish va tovarlar eksportidan valyuta tushumlarini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xomashyo birjasi orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 1-pozitsiya qo‘shilsin:
| 1. | Mollarning (baliqdan tashqari) butun yoki bo‘laklangan, yangi, sovutilgan, muzlatilgan, tuzlangan, tuzli suvga solingan, quritilgan yoki dudlangan ichaklari, qopchalari va oshqozonlari | 050400000 |
1—54-pozitsiyalar tegishli ravishda 2—55-pozitsiyalar deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-sentabr,
197-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 388-modda)