LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 20-iyuldagi PF-3897-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi to‘g‘risida” 2007-yil 24-iyuldagi 151-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qaroriga 1-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda):
“Aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)ni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda:
Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi qarori asosida kuzatuvchi kengash tarkibiga davlat vakili tayinlanadi;
ilgari jamiyat ustavida belgilangan kuzatuvchi kengash a’zolari soni uning tarkibiga tayinlangan davlat vakilini kiritishni hisobga olgan holda ko‘paytiriladi”;
“6. Jamiyatning Kuzatuvchi kengashi a’zolari tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan holda qayta saylanishlari mumkin.
Kuzatuvchi kengashning saylangan a’zosining vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra;
davlatning tayinlangan vakilining vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish Davlat mulki qo‘mitasi taklifi bo‘yicha Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi”;
“7. Davlat ulushi ustav fondining 25 foizidan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ishonchli vakili, shuningdek davlat vakili lavozimiga ko‘ra aksiyadorlik jamiyati Kuzatuvchi kengashi a’zosi hisoblanadilar, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida saylanmaydilar (qayta saylanmaydilar).
Davlat ayni bir paytda “oltin aksiya”ga hamda aksiyadorlik jamiyatining 25 foizdan ortiq bo‘lmagan oddiy aksiyalariga egalik qilgan taqdirda davlat vakili “oltin aksiya” egasi bo‘lgan davlat vakolatlarini amalga oshirish bilan bir qatorda davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi vakolatlarini ham bajaradi”;
“Kuzatuvchi kengashning aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlatning ushbu vakili tomonidan “veto” qo‘yilgan qarorlari ijro etilmaydi”;
“Kuzatuvchi kengashning yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakili tomonidan “veto” qo‘yilgan qarorlari ijro etilmaydi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 25-iyundagi 295-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 61-modda):
oltinchi xatboshiga “boshqaruvchi kompaniyalarning” so‘zlaridan keyin “aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining” so‘zlari qo‘shilsin;
“aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash va ozod qilish”;
oltinchi xatboshiga “boshqaruvchi kompaniyalarning” so‘zlaridan keyin “aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining” so‘zlari qo‘shilsin;
“aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash va ozod qilish”;
ikkinchi xatboshiga “davlatning ishonchli vakillarini” so‘zlaridan keyin “davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga berilgungacha bo‘lgan muddatga” so‘zlari qo‘shilsin;
“aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini tayinlash va ozod qilish”;
7-bandning uchinchi xatboshiga “davlatning ishonchli vakillarini” so‘zlaridan keyin “shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini” so‘zlari qo‘shilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshiga, 11-bandning ikkinchi—to‘rtinchi xatboshiga “davlatning ishonchli vakillarini” so‘zlaridan keyin “shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarini” so‘zlari qo‘shilsin;
“davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar hamda aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar (axborotlar)ni yig‘ish, tartibga keltirish va ishlash”;
beshinchi xatboshiga “davlatning ishonchli vakillarining” so‘zlaridan keyin “shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining” so‘zlari qo‘shilsin;
yettinchi xatboshiga “boshqaruvchi kompaniyalar” so‘zlaridan keyin “shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillari” so‘zlari qo‘shilsin;
sakkizinchi xatboshiga “hisobotlari” so‘zidan keyin “shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanayotgan davlat vakillarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish bo‘yicha hisobotlari” so‘zlari qo‘shilsin.