23.08.2007 yildagi 181-son
Hujjat 23.08.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qarorini bajarish yuzasidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati (keyingi o‘rinlarda “idoralar” deb yuritiladi) tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
T/rXizmatlar nomiBajarish uchun mas’ullar

1.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari va asosiy faoliyati, ularda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

2.

Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.
3.Tug‘ilganlikni, o‘limni, nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish, nikohni bekor qilish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiyani, ismni va ota ismini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. Adliya vazirligi
4.O‘zbekiston Respublikasi FHDY hududiy organlari ro‘yxatini taqdim etish.
5.Maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlari to‘g‘risida axborotlar, O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari va maktablari ro‘yxatini taqdim etish.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi
6.O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
7.Ish bilan bandlik masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
8.Ijtimoiy ta’minot organlarida pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.
9.Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.Ichki ishlar vazirligi
10.Transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
11.Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini ko‘rib chiqish.
12.O‘zbekiston Respublikasida kommunal xizmatlar ko‘rsatishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. “O‘zkommunxizmat” agentligi
13.Fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi va ularni tashkil etish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.Sog‘liqni saqlash vazirligi
14.Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi davlat muassasalari tomonidan bepul tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
15.Ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori-darmonlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
16.Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
17.Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi o‘quv muassasalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
18.Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish va o‘qish uchun davlat grantlari berish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
19.Sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
20.Soliq to‘lovchining so‘roviga ko‘ra budjet va budjetdan tashqari jamg‘armasi bilan o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.Davlat soliq qo‘mitasi
21.Soliq to‘lovchining so‘roviga ko‘ra nazorat organlarining tegishli davr uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirish reja-jadvalidan ko‘chirmalar berish.
22.Soliq to‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini qabul qilish va shaxsiy tartib raqamlarini berish hamda soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini o‘zgartirish (faqat shahar va tumanlar huzuridagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, shuningdek mintaqaviy adliya organlari uchun).
23.Soliq solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
24.Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash, elektron soliq hisobotini jo‘natish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
25.O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning amalda qaror topgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.Davlat statistika qo‘mitasi
26.Korxonalar va tashkilotlarning davlat registriga doir axborotlar taqdim etish.
27.Deklarantlardan de�laratsiyalarning elektron nusxalarini qabul qilish va qayta ishlash.Davlat bojxona qo‘mitasi
28.Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishni moliya-kredit bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash masalalariga doir axborotlar taqdim etish. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat qo‘mitasi, Markaziy bank
29.Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.
30.Mol-mulki sotiladigan iqtisodiy nochor xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida axborot.Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat qo‘mitasi
31.Qimmatli qog‘ozlar bozori, bank va sug‘urta sektorlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank
32.Kommunal xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
33.Tashqi savdo statistikasi bo‘yicha axborotlar taqdim etish.Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
34.Investitsiya loyihalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, investitsiya takliflarini qabul qilish.
35.Davlat elektron xaridlarini tashkil qilish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
36.Mamlakatning transport-kommunikatsiya kompleksi: a�tomobil yo‘llari va temir yo‘llar, fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zavtoyo‘l” DAK
37.Yo‘lovchi tashish temir yo‘l va avtomobil transporti qatnovlari jadvalini, vokzallarning ma’lumotlar berish xizmatlari ro‘yxatini berish.
38.Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari tariflari, O‘zbekiston Respublikasi pochta indekslari ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi telefon raqamlari zonalar kodlari, mamlakatlar kodlari, davlat organlari saytlari ro‘yxati va manzillari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
39.Ro‘yxatdan o‘tkazilgan Davlat axborot resurslari va tizimlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
40.Litsenziyalar olish yuzasidan arizalar qabul qilish.
41.Migratsiya va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi
42.Kelayotgan chet elliklarga vizalar berish, ularni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish, doimiy yashash uchun ruxsatnomalar olish, biron joyda yashash hujjati, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibotlari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish borasidagi cheklashlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
43.O‘zbekiston Respublikasidagi chet el elchixonalari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning diplomatik missiyalari va vakolatxonalari, O‘zbekisto� Respublikasining chet ellardagi elchixonalari ro‘yxatini taqdim etish. Tashqi ishlar vazirligi
44.Davlat arxivi fondlaridan axborotlar taqdim etish.“O‘zarxiv” agentligi
45.Ilm-fan, ta’lim, axborot va madaniyat bo‘yicha qiziqishlarni tezkorlik bilan qondirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga doir axborotlarni, O‘zbekiston Respublikasining axborot resurslari va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan kutubxonalari ro‘yxatini taqdim etish. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
46.Yer resurslari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi
47.Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
48.O‘zbekiston Respublikasining tabiiy-jug‘rofiy sharoitlari va tarixiy-madaniy merosi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi
49.“Toshkent” xalqaro aeroportidagi samolyotlar qatnovi jadvali, reyslardagi mavjud o‘rinlar soni, aviakompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflari, ro‘yxati, samolyotlarning kelish va ketish vaqti tablosi.“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK
Keyingi tahrirga qarang.