Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 20.08.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qarorini bajarish yuzasidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati (keyingi o‘rinlarda “idoralar” deb yuritiladi) tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
T/rXizmatlar nomiBajarish uchun mas’ullar

1.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari va asosiy faoliyati, ularda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

2.

Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.
3.Tug‘ilganlikni, o‘limni, nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish, nikohni bekor qilish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiyani, ismni va ota ismini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. Adliya vazirligi
4.O‘zbekiston Respublikasi FHDY hududiy organlari ro‘yxatini taqdim etish.
4-1.Davlat notarial idoralari hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanayotgan notariuslar idoralari reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish


Adliya vazirligi

4-2.Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hay’atlari, yuridik maslahatxonalar reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish
4-3.Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar birlashmalari reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish
4-4.O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatiga olish reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish
4-5.O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish
5.Maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlari to‘g‘risida axborotlar, O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari va maktablari ro‘yxatini taqdim etish.Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi
6.O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
7.Ish bilan bandlik masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
8.Ijtimoiy ta’minot organlarida pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.
9.Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.Ichki ishlar vazirligi
10.Transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
11.Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini ko‘rib chiqish.
12.O‘zbekiston Respublikasida kommunal xizm�tlar ko‘rsatishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. “O‘zkommunxizmat” agentligi
13.Fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi va ularni tashkil etish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.Sog‘liqni saqlash vazirligi
14.Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi davlat muassasalari tomonidan bepul tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
15.Ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori-darmonlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
16.Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
17.Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi o‘quv muassasalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
18.Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish va o‘qish uchun davlat grantlari berish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
19.Sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
20.Soliq to‘lovchining so‘roviga ko‘ra budjet va budjetdan tashqari jamg‘armasi bilan o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.Davlat soliq qo‘mitasi
21.Soliq to‘lovchining so‘roviga ko‘ra nazorat organlarining tegishli davr uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirish reja-jadvalidan ko‘chirmalar berish.
22.Soliq to‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini qabul qilish va shaxsiy tartib raqamlarini berish hamda soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini o‘zgartirish (faqat shahar va tumanlar huzuridagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, shuningdek mintaqaviy adliya organlari uchun).
23.Soliq solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
24.Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash, elektron soliq hisobotini jo‘natish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

24-1.

Elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va ularni umumlashtirish

Davlat soliq qo‘mitasi

25.O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning amalda qaror topgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.Davlat statistika qo‘mitasi
26.Korxonalar va tashkilotlarning davlat registriga doir axborotlar taqdim etish.
27.Deklarantlardan deklaratsiyalarning elektron nusxalarini qabul qilish va qayta ishlash.Davlat bojxona qo‘mitasi

27-1.

Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan olingan tovarlarning ayrim turlari eksport narxlari bo‘yicha axborot berish

Davlat bojxona qo‘mitasi

28.Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishni moliya-kredit bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash masalalariga doir axborotlar taqdim etish. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat qo‘mitasi, Markaziy bank
29.Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari bo‘yicha axborotlar ?aqdim etish.
30.Mol-mulki sotiladigan iqtisodiy nochor xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida axborot.Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat qo‘mitasi
31.Qimmatli qog‘ozlar bozori, bank va sug‘urta sektorlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank
32.Kommunal xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
33.Tashqi savdo statistikasi bo‘yicha axborotlar taqdim etish.Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
34.Investitsiya loyihalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, investitsiya takliflarini qabul qilish.
35.Davlat elektron xaridlarini tashkil qilish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
36.Mamlakatning transport-kommunikatsiya kompleksi: avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zavtoyo‘l” DAK
37.Yo‘lovchi tashish temir yo‘l va avtomobil transporti qatnovlari jadvalini, vokzallarning ma’lumotlar berish xizmatlari ro‘yxatini berish.
38.Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari tariflari, O‘zbekiston Respublikasi pochta indekslari ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi telefon raqamlari zonalar kodlari, mamlakatlar kodlari, davlat organlari saytlari ro‘yxati va manzillari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
39.Ro‘yxatdan o‘tkazilgan Davlat axborot resurslari va tizimlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
40.Litsenziyalar olish yuzasidan arizalar qabul qilish.
40-1.Radiochastotalarning taqsimlanishi bo‘yicha axborot berish

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

40-2.Davlatorganlarining interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risida axborot berish
41.Migratsiya va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi
42.Kelayotgan chet elliklarga vizalar berish, ularni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish, doimiy yashash uchun ruxsatnomalar olish, biron joyda yashash hujjati, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibotlari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish borasidagi cheklashlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
43.O‘zbekiston Respublikasidagi chet el elchixonalari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning diplomatik missiyalari va vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari ro‘yxatini taqdim etish. Tashqi ishlar vazirligi

43-1.

Viza anketalarini elektron tarzda qabul qilish

Tashqi ishlar vazirligi

44.Davlat arxivi fondlaridan axborotlar taqdim etish.“O‘zarxiv” agentligi
45.Ilm-fan, ta’lim, axborot va madaniyat bo‘yicha qiziqishlarni tezkorlik bilan qondirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga doir axborotlarni, O‘zbekiston Respublikasining axborot resurslari va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan kutubxonalari ro‘yxatini taqdim etish. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
46.Yer resurslari bo‘yicha axborotlar taqdim etish.“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi
47.Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish.
48.O‘zbekiston Respublikasining tabiiy-jug‘rofiy sharoitlari va tarixiy-madaniy merosi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi
49.“Toshkent” xalqaro aeroportidagi samolyotlar qatnovi jadvali, reyslardagi mavjud o‘rinlar soni, aviakompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflari, ro‘yxati, samolyotlarning kelish va ketish vaqti tablosi.“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK
50.Aviakompaniya tomonidan real vaqt rejimida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash uchun anketa“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK
51.Olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan moddalar to‘g‘risida axborot berishO‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi
52.Ekologiya sertifikati berish bo‘yicha axborot berish
53.Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar bo‘yicha axborot berishO‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
54.Mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar to‘g‘risida axborot berishO‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
55.Akkreditatsiya qilingan sinov (o‘lchov) laboratoriyalari bo‘yicha axborot berish
56.Avtomobil va daryo transportida yo‘lovchilar va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha axborot taqdim etishO‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
57.Yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha tanlovga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajarilgan ilmiy ishlanmalar to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida axborot berishO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
58.Kredit tashkilotlari (banklar, kredit uyushmalari, lombardlar, mikrokredit tashkilotlari), shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalarini tayyorlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risida axborot berishMarkaziy bank
59.Kreditlar, mikrokreditlar berish bo‘yicha, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklarning kredit liniyalari to‘g‘risida axborot taqdim etishO‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari


60.Bank omonatlari bo‘yicha axborot berish
61.Bank kartalari berish bo‘yicha axborot taqdim etish
62.Kartochkalar, terminallar, bankomatlardan foydalanish, terminallarni o‘rnatish, ta’mirlash va almashtirish bo‘yicha axborot berish
63.Ilmiy loyihalar tanloviga berilayotgan buyurtmanomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishVazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi

64.Innovatsion ilmiy ishlanmalar, ilmiy loyihalar tanlovlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari to‘g‘risida axborot berish
65.Innovatsion mahsulotlar yarmarkasida qatnashish uchun buyurtmanomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish
66.Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risida axborot berishDavlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi
67.Paxta mahsulotlari tashqi ko‘rinishi standart namunalariga buyurtmalar qabul qilish to‘g‘risida axborot berishVazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi
68.Quyidagilar:
ichki va xalqaro havo yo‘nalishlarida yo‘lovchilar va yuk tashish; havo yo‘nalishlarida yo‘lovchilar va yuk tashish bilan bog‘liq aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish;
aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
69.Ichki va xalqaro yo‘nalishlarda temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etishO‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
70.Yuridik shaxslarga obyektlarni, mahsulotlar va texnologiyalarni ularning belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari bo‘yicha axborot berish
71.G‘allani, dukkakli donlarni, yog‘li ekinlar hosilini va ularni qayta ishlash mahsulotlarini sertifikatlash, g‘allani va uni qayta ishlash mahsulotlarini tekshirish tartibi, ushbu tarmoqda sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida axborot berishDavlat don inspeksiyasi
72.Energetik tekshirish va ekspertiza o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, shuningdek iste’mol obyektlarining energiya ta’minoti loyihalarini kelishib olish bo‘yicha axborot berishElektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi
73.Energetik tekshirish va ekspertiz� o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini berish
74.Davlat kinostudiyalari tomonidan tayyorlangan audiovizual asarlar to‘g‘risida axborot berish“O‘zbekkino” milliy agentligi
75.Kino, videomahsulotlarni ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish
76.Elektron katalogdan, milliy va xorijiy elektron resurslardan foydalanishga ruxsat berish, adabiyotlarga buyurtma berishO‘zbekiston milliy kutubxonasi
77.Shahar transporti yo‘nalishlari to‘g‘risida axborot berish“Toshshahartrans-xizmat” uyushmasi
78.Elektron temir yo‘l chiptalarini band qilish va sotish xizmatlari ko‘rsatish, poyezdlarda yo‘l haqi narxi to‘g‘risida axborot berish“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
79.O‘zbekiston Respublikasi hududida temir yo‘lda yurishda imtiyozlar to‘g‘risida axborot berish
80.Aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun tabiiy gazdan foydalanish tariflari hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash tarmoqlariga servis xizmati ko‘rsatish uchun arizalarning elektron shakllari to‘g‘risida axborot berish“O‘zbekneftgaz” MXK
81.“O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi zavodlarida ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari ro‘yxatini taqdim etish
82.�shlab chiqarilayotgan mahsulotlar, shu jumladan iste’mol tovarlari, shartnomalarning namunaviy shakllari, iste’mol tovarlarining doimiy yangilab boriladigan prays-varaqlari to‘g‘risida axborot berish“Olmaliq KMK” AJ
83.Rux va qo‘rg‘oshin konsentratini qayta ishlash xizmatlari ko‘rsatish, yetkazib beriladigan konsentrat sifatiga, namunaviy kontrakt shakliga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida axborot berish
84.Lizing xizmatlari to‘g‘risida axborot berish“O‘zqishloqxo‘jalik-mashlizing” kompaniyasi
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi