T/r | Xizmatlar nomi | Bajarish uchun mas’ullar |
1. | Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari va asosiy faoliyati, ularda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
2. | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish. | |
3. | Tug‘ilganlikni, o‘limni, nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish, nikohni bekor qilish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiyani, ismni va ota ismini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Adliya vazirligi |
4. | O‘zbekiston Respublikasi FHDY hududiy organlari ro‘yxatini taqdim etish. | |
4-1. | Davlat notarial idoralari reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish | |
4-2. | Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hay’atlari, yuridik maslahatxonalar reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish | |
4-3. | Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar birlashmalari reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish | |
4-4. | O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatiga olish reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish | |
4-5. | O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish | |
5. | Maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlari to‘g‘risida axborotlar, O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari va maktablari ro‘yxatini taqdim etish. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
6. | O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
7. | Bandlik masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
8. | Pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
9. | Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | Ichki ishlar vazirligi |
10. | Transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
11. | Yuridik va jismoniy shaxslarning t�ansport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini ko‘rib chiqish. | |
12. | O‘zbekiston Respublikasida kommunal xizmatlar ko‘rsatishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | “O‘zkommunxizmat” agentligi |
13. | Fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi va ularni tashkil etish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
14. | Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi davlat muassasalari tomonidan bepul tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
15. | Ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori-darmonlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
16. | Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
17. | Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi o‘quv muassasalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
18. | Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish va o‘qish uchun davlat grantlari berish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
19. | Sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
19.1 | Ota-onalar uchun bolalarni rejali vaksinatsiya va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zaruriyati to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
20. | Soliq to‘lovchining so‘roviga ko‘ra budjet va budjetdan tashqari jamg‘armasi bilan o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi |
21. | Soliq to‘lovchining so‘roviga ko‘ra nazorat organlarining tegishli davr uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirish reja-jadvalidan ko‘chirmalar berish. | |
22. | Soliq to‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini qabul qilish va shaxsiy tartib raqamlarini berish hamda soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini o‘zgartirish (faqat shahar va tumanlar huzuridagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, shuningdek mintaqaviy adliya organlari uchun). | |
23. | Soliq solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
24. | Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash, elektron soliq hisobotini jo‘natish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish. | |
24-1. | Elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va ularni umumlashtirish | |
24.2 | Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan o‘zaro hisob-kitoblari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | |
24.3 | Xususiy tadbirkorlarni tekshirish natijalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | |
25. | O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning amalda qaror topgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi |
26. | Korxonalar va tashkilotlarning davlat registriga doir axborotlar taqdim etish. | |
26.1 | Davlat statistika hisobotlari blankalari shakllarini taqdim etish | |
26.2 | Statistik klassifikatorlar bo‘yicha axborotlar taqdim etish | |
26.3 | Elektron arizalarni qabul qilish va ular bilan ishlash, shuningdek Internet tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytida ochiq firma nomlarini zaxiralash va vaqtincha saqlash | |
26.4 | Elektron statistika hisobotlarini qabul qilish va ular bilan ishlash, Internet tarmog‘i orqali elektron raqamli imzolardan foydalangan holda elektron statistika hisobotlari yuborish xizmatlari ko‘rsatish | |
27. | Deklarantlardan deklaratsiyalarning elektron nusxalarini qabul qilish va qayta ishlash. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi |
27-1. | Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan olingan tovarlarning ayrim turlari eksport narxlari bo‘yicha axborot berish | |
27.2 | Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturalari ro‘yxatini taqdim etish | |
27.3 | Bojxona brokyerlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | |
27.4 | Majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan tovarlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | |
28. | Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishni moliya-kredit bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash masalalariga doir axborotlar taqdim etish. | Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Markaziy bank |
29. | Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
30. | Mol-mulk sotiladigan iqtisodiy nochor xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida axborot. | Davlat raqobat qo‘mitasi |
31. | Qimmatli qog‘ozlar bozori, bank va sug‘urta sektorlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Davlat raqobat qo‘mitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi |
32. | Kommunal xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Moliya vazirligi |
33. | Tashqi savdo statistikasi bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
34. | Investitsiya loyihalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, investitsiya takliflarini qabul qilish. | |
35. | Davlat elektron xaridlarini tashkil qilish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
36. | Mamlakatning transport-kommunikatsiya kompleksi: avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston avtomobil va daryo tra�sporti agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zavtoyo‘l” DAK |
37. | Yo‘lovchi tashish temir yo‘l va aviatsiya transporti qatnovlari jadvalini, vokzallarning ma’lumotlar berish xizmatlari ro‘yxatini taqdim etish. | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” |
38. | Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari tariflari, O‘zbekiston Respublikasi pochta indekslari ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi telefon raqamlari zonalar kodlari, mamlakatlar kodlari, davlat organlari saytlari ro‘yxati va manzillari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
39. | Ro‘yxatdan o‘tkazilgan Davlat axborot resurslari va tizimlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
40. | Litsenziyalar olish yuzasidan arizalar qabul qilish. | |
40-1. | Radiochastotalarning taqsimlanishi bo‘yicha axborot berish | |
40-2. | Davlat organlarining interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risida axborot berish | |
40.3 | Abonentning statsionar telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanganlik uchun hisob-kitobi holati, shuningdek uning qarzdorligi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | |
40.4 | Abonentning Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanganlik uchun hisob-kitobi holati, shuningdek uning qarzdorligi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | |
40.5 | Jo‘natuvchilarga va oluvchilarga xatlar va banderollar yetkazib berilganligi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | |
40.6 | Dasturiy mahsulotlarning milliy ishlab chiquvchilari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | |
41. | Migratsiya va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
42. | Kelayotgan chet elliklarga vizalar berish, ularni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish, doimiy yashash uchun ruxsatnomalar olish, biron joyda yashash hujjati, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibotlari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish borasidagi cheklashlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
43. | O‘zbekiston Respublikasidagi chet el elchixonalari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning diplomatik missiyalari va vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari ro‘yxatini taqdim etish. | Tashqi ishlar vazirligi |
43-1. | Viza anketalarini elektron tarzda qabul qilish | |
44. | Davlat arxivi fondlaridan axborotlar taqdim etish. | “O‘zarxiv” agentligi |
45. | Ilm-fan, ta’lim, axborot va madaniyat bo‘yicha qiziqishlarni tezkorlik bilan qondirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga doir axborotlarni, O‘zbekiston R�spublikasining axborot resurslari va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan kutubxonalari ro‘yxatini taqdim etish. | Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
46. | Yer resurslari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi |
47. | Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
47.1 | Yer uchastkalariga huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilinayotgan hujjatlar tartibi va tarkibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | |
47.2 | Binolar va inshootlarga huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilinayotgan hujjatlar tartibi va tarkibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish | |
48. | O‘zbekiston Respublikasining tabiiy-jug‘rofiy sharoitlari va tarixiy-madaniy merosi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi |
49. | “Toshkent” xalqaro aeroportidagi samolyotlar qatnovi jadvali, reyslardagi mavjud o‘rinlar soni, aviakompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflari, ro‘yxati, samolyotlarning kelish va ketish vaqti tablosi. | “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi |
50. | Aviakompaniya tomonidan real vaqt rejimida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash uchun anketa. | |
50.1 | “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining aviachiptalarini band qilish va sotish, shuningdek band qilish va sotishni amalga oshirish bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
50.2 | Aviakompaniyaning mahalliy, xalqaro reyslarga beriladigan imtiyozlar, chegirmalar hamda ularni qo‘llash qoidalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
51. | Olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan moddalar to‘g‘risida axborot berish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi |
52. | Ekologiya sertifikati berish bo‘yicha axborot berish. | |
52.1 | Davlat ekologiya ekspertiza xulosasini berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tarkibi bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
53. | Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar bo‘yicha axborot berish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi |
54. | Mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar to‘g‘risida axborot berish. | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
55. | Akkreditatsiya qilingan sinov (o‘lchov) laboratoriyalari bo‘yicha axborot berish. | |
55.1 | Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
55.2 | Mahsulotlarni sertifikatlash va majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
55.3 | O‘lchovlarni bajarish metodikasi davlat reyestri bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
55.4 | Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari davlat reyestri bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
55.5 | Sifatni boshqarish sertifikatlashgan tizimi davlat reyestri bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
55.6 | O‘lchov vositalari davlat reyestri bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
56. | Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha axborot taqdim etish. | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
57. | Yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha tanlovga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajarilgan ilmiy ishlanmalar to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida axborot berish. | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi |
58. | Kredit tashkilotlari (banklar, lombardlar, mikrokredit tashkilotlari), shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalarini tayyorlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risida axborot berish. | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki |
58.1 | Bank faoliyatini amalga oshirish uchun tijorat banklarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
58.2 | Mikrokredit tashkilotlari hamda lombardlar faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
59. | Kreditlar, mikrokreditlar berish bo‘yicha, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklarning kredit liniyalari to‘g‘risida axborot taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari |
60. | Bank omonatlari bo‘yicha axborot berish. | |
61. | Bank kartalari berish bo‘yicha axborot taqdim etish. | |
62. | Kartochkalar, terminallar, bankomatlardan foydalanish, terminallarni o‘rnatish, ta’mirlash va almashtirish bo‘yicha axborot berish. | |
63. | Ilmiy loyihalar tanloviga berilayotgan buyurtmanomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi |
64. | Innovatsion ilmiy ishlanmalar, ilmiy loyihalar tanlovlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari to‘g‘risida axborot berish. | |
65. | Innovatsion mahsulotlar yarmarkasida qatnashish uchun buyurtmanomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish. | |
65.1 | Ilmiy va ilmiy-texnikaviy tadbirlar o‘tkazish rejasiga takliflarni elektron ro‘yxatga olish. | |
65.2 | Ilmiy-tadqiqot ishlarni bajarish natijalarini elektron ro‘y�atga olish. | |
66. | Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risida axborot berish. | Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi |
67. | Paxta mahsulotlari tashqi ko‘rinishi standart namunalariga buyurtmalar qabul qilish to‘g‘risida axborot berish. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi |
68. | Aeroportlarda havo tashuvlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha axborot taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
68.1 | O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini sertifikatlash bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
68.2 | O‘zbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
68.3 | O‘zbekiston Respublikasining havo kemalari ekspluatantlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
68.4 | Aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini sertifikatlash bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
68.5 | O‘zbekiston Respublikasiga muntazam ravishda parvozlarni bajarish uchun xorijiy aviatashuvchilarga foydalanish ruxsatnomalarini berish bo‘yicha axborot�ar taqdim etish. | |
69. | Ichki va xalqaro yo‘nalishlarda temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
70. | Yuridik shaxslarga obyektlarni, mahsulotlar va texnologiyalarni ularning belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari bo‘yicha axborot berish. | |
71. | G‘allani, dukkakli donlarni, yog‘li ekinlar hosilini va ularni qayta ishlash mahsulotlarini sertifikatlash, g‘allani va uni qayta ishlash mahsulotlarini tekshirish tartibi, ushbu tarmoqda sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida axborot berish. | Davlat don inspeksiyasi |
72. | Iste’mol obyektlarining energiya ta’minoti loyihalarini kelishib olish bo‘yicha axborot berish. | Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi |
74. | Davlat kinostudiyalari tomonidan tayyorlangan audiovizual asarlar to‘g‘risida axborot berish. | “O‘zbekkino” milliy agentligi |
75. | Kino, videomahsulotlarni ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish. | |
76. | Elektron katalogdan, milliy va xorijiy elektron resurslardan foydalanishga ruxsat berish, adabiyotlarga buyurtma berish. | O‘zbekiston milliy kutubxonasi |
77. | Shahar transporti yo‘nalishlari to‘g‘risida axborot berish. | “Toshshahartrans-xizmat” uyushmasi |
77.1 | Shahar yo‘lovchi transportida yurish uchun oylik yo‘l kartochkalari turlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
78. | Elektron temir yo‘l chiptalarini band qilish va sotish xizmatlari ko‘rsatish, poyezdlarda yo‘l haqi narxi to‘g‘risida axborot berish. | “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
79. | O‘zbekiston Respublikasi hududida temir yo‘lda yurishda imtiyozlar to‘g‘risida axborot berish. | |
80. | Aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun tabiiy gazdan foydalanish tariflari hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash tarmoqlariga servis xizmati ko‘rsatish uchun arizalarning elektron shakllari to‘g‘risida axborot berish. | “O‘zbekneftgaz” MXK |
81. | “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi zavodlarida ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari ro‘yxatini taqdim etish. | |
82. | Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, shu jumladan iste’mol tovarlari, shartnomalarning namunaviy shakllari, iste’mol tovarlarining doimiy yangilab boriladigan prays-varaqlari to‘g‘risida axborot berish. | “Olmaliq KMK” AJ |
83. | Rux va qo‘rg‘oshin konsentratini qayta ishlash xizmatlari ko‘rsatish, yetkazib beriladigan konsentrat sifatiga, namunaviy kontrakt shakliga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida axborot berish. | |
84. | Lizing xizmatlari to‘g‘risida axborot berish. | “O‘zqishloqxo‘jalik-mashlizing” kompaniyasi |
85. | Sug‘urtachilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek litsenziya olish uchun tegishli blankalar va arizalarning elektron shakllari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
86. | Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek litsenziya olish uchun tegishli blankalar va arizalarning elektron shakllari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
87. | Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
88. | Monopolistik korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni deklaratsiyalash (tasdiqlash) uchun arizalar qabul qilish. | |
89. | Maktablarning 9-sinflari bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida o‘qishga qamrab olish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi |
90. | Bank xizmatlari olish uchun zarur bo‘lgan maxsus arizalar va boshqa shablonlar shakllarini elektron shaklda taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari |
91. | Bank schyotlarini masofadan xizmat ko‘rsatish tizimiga ulash shartlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
92. | Bank schyotlarining masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali shaxsiy schyotlar bo‘yicha qoldiql�ri va mablag‘lar aylanishi, berilgan kreditlarni qaytarish hamda mijozlarning omonatlari bo‘yicha hisoblangan foizlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
93. | Jismoniy va yuridik shaxslarning baholash, birja va rieltorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Davlat raqobat qo‘mitasi |
94. | Nizoli vaziyatlarda sud so‘rovnomalari bo‘yicha materiallarni baholashni ekspertizadan o‘tkazish ekspert komissiyalari va ekspertlar tarkibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
95. | Davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda (ustav kapitali 500 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari) tashqi auditni o‘tkazishiga ruxsat berilgan auditorlik tashkilotlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
96. | Baholash tashkilotlari va birjalar, rieltorlik faoliyati uchun litsenziyalar berish uchun ariza blankalari, shuningdek baholovchining malaka imtihonidan o‘tish hamda jismoniy shaxslarning birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqiga attestatsiyadan o‘tish uchun to‘ldiriladigan anketalar taqdim etish. | |
97. | O‘zbekiston Respublikasida baholovchilar va birja savdolarining professional ishtirokchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanadigan mavjud o‘quv markazlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
98. | Jismoniy shaxslarni birja savdolari ishtirokchilari sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini olish uchun attestatsiyadan o‘tkazish tartibi va jadvali hamda o‘tkazilgan test natijalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
99. | Baholovchilarni malaka imtihonidan o‘tkazish tartibi va jadvali hamda o‘tkazilgan test natij�lari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
100. | Yuridik shaxslarga sanoat alpinizmi usuli bilan balandliklarda ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berishga axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish va ularning reyestrini yuritish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi |
101. | Yuridik shaxslarga xavfi yuqori bo‘lgan obyektlar va potensial xavfli ishlab chiqarishlarda ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berishga axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish. | |
102. | Yuridik shaxslarga mudofaa obyektlarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berishga axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish. | |
103. | Yuridik shaxslarga ko‘priklar va tunnellar qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash | |
104. | Tanlov savdolari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, savdolarga elektron shaklda arizalar qabul qilish. | |
105. | Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi |
106. | Matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
107. | Noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
108. | Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar mutaxassisliklari nomenklaturalari va pasportlarini taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi |
109. | Himoya qilingan dissertatsiya ishlarining ilmiy va ilmiy-amaliy ahamiyati to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
110. | Dissertatsiya ishlarini himoya qilish uchun ruxsat berilgan mutaxassisliklar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
111. | Bajariladigan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari mavzulari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
112. | Ilmiy daraja va ilmiy unvon berilgan shaxslar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
113. | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash amalga oshiriladigan mutaxassisliklar bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi |
114. | Xalq va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida pedagogik kadrlarga berilgan malaka toifasi va egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi |
115. | Ta’lim muassasalariga berilgan akkreditatsiya guvohnomalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
116. | Nodavlat ta’lim muassasalariga berilgan litsenziyalar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
117. | O‘zbekiston Respublikasidagi narkotik vaziyat rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi |
118. | O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ob-havo ma’lumoti. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi |
119. | Neft, gaz va gaz kondensati qazib chiqarish, ularni qayta ishlash va sotish, neft mahsulotlarini sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
120. | Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish shoxobchalari orqali neft mahsulotlarini sotish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
121. | Sanoat mulkchiligi obyektlari, seleksiya yutuqlariga muhofaza hujjatlari, EHM, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari uchun dasturlarni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishga buyurtmanomalar berishga arizalar qabul qilish va axborotlar taqdim etish. | Intellektual mulk agentligi |
122. | Sanoat mulkchiligi obyektlaridan, seleksiya yutuqlaridan, EHM, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari uchun dasturlardan foydalanish uchun huquqlar berish bo‘yicha litsenziya shartnomalari, shuningdek ularn�ng to‘liq yoki qisman voz kechish to‘g‘risidagi shartnomalari haqida axborotlar taqdim etish. | |
123. | Transport xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha mavjud yo‘nalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul qilish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
124. | Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ochiq tanlovlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirish. | |
125. | Haj va Umra ziyoratiga borishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, ularni tashkil qilish bo‘yicha fuqarolar arizalarini qabul qilish. | |
126. | Alkogolli mahsulotlar savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
127. | Avtomobil yonilg‘isi savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
128. | Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazer disklari ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ularni ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
129. | Ulgurji savdolarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
130. | Yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish. | |
131. | Ishlab chiqariladigan tarmoq mahsulotlarining turlari ro‘yxati bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | “O‘zbekoziqovqatxolding” XK |
132. | O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston farmatsevtika sanoati davlat-aksiyadorlik konserni |
133. | Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqariladigan dori-darmon vositalari nomenklaturasi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
134. | Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ochiq tanlovlar asosida xaridlarni amalga oshirish. | “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi |
135. | Avtomobil tanlash va buyurtma berish bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
136. | Kompaniya korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari, ularning tavsiflari va xususiyatlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi |
137. | Zarur formulyarlarni, shartnomalarni elektron shaklda taqdim etish. | |
138. | Alkogolli mahsulotlarning haqiqiyligini avtomatlashtirilgan ravishda tekshirish imkoniyatini berish. | “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi |
139. | U yoki bu sug‘urta mahsuloti qiymatining avtomatlashtirilgan hisob-kitobini amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Sug‘urta kalkulyator” sug‘urta polisi �isob-kitobi bo‘yicha axborot. | “O‘zbekinvest” milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasi |
140. | Kompaniya mijozlaridan sug‘urta hodisalari to‘g‘risida arizalar qabul qilish. | |
141. | Kitoblar yoki boshqa badiiy adabiyotlar tayyorlash va nashr qilish tartibi to‘g‘risida, gazetalar, kitoblar va boshqa nashrlar turlarini, elektron shaklda faylning mazmunini tegishli ravishda himoya qilinishini ta’minlagan holda ishlab chiqarishga qabul qilish tarzidagi qo‘shimcha xizmatlar turlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi |
142. | Kitoblar va tayyorlashga imkoniyati bo‘lgan qog‘ozli toza tovarlar ro‘yxatini taqdim etish. | |
143. | Ishlar turlariga baholar, ishlab chiqarish shartlari, gazetalar va jurnallar (har oyda yangilash) haqidagi boshqa ma’lumotlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
144. | Gazetalarni tarqatish va kuzatib borish, bosma nashrlarni savdo mintaqasining manzili bilan tarqatish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
145. | Tomosha-konsert faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. |
|
147. | Konsertlar va tomosha tadbirlari o‘tkazishga tomosha-konsert guvohnomasini olish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
148. | Ishlab chiqariladigan xalq iste’mol tovarlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish hamda ularga Internet tarmog‘i orqali buyurtma�omalar qabul qilish. |
|
149. | “O‘zmetkombinat” OAJ tomonidan ishlab chiqariladigan rangli metallar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish hamda ularga Internet tarmog‘i orqali buyurtmanomalar qabul qilish. | |
150. | “O‘zmetkombinat” OAJda ishlab chiqariladigan elektrodlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. |