Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2021 20.07.2007 yildagi PF-3897-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQTISODIYOTNING STRATEGIK TARMOQLARI KORXONALARINI XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNLARINI ChUQURLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq savdolarda xususiy mulk etib sotiladigan korxonalar va obyektlar roʻyxatini kengaytirish, bunda xalqaro amaliyotda qabul qilingan normalarga rioya etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2007-yilning 1-avgustidan boshlab mamlakat iqtisodiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan strategik tarmoqlarning xususiylashtiriladigan ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus cheklangan huquqi (keyingi oʻrinlarda — “oltin aksiya”) joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtiriladigan ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (“oltin aksiya”) har bir alohida holatda strategik ahamiyatga ega boʻlgan hamda respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydigan davlat korxonalarini xususiylashtirish yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlarini xususiy mulk etib sotishda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oltin aksiya” ustav kapitalida davlat ulushi boʻlmagan yoki bu ulush 25 foizdan oshmaydigan aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oltin aksiya” qiymatga ega emas, birovning ixtiyoriga oʻtkazilmaydi va garovga topshirilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilashda va dividendlarni qoʻshishda hisobga olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlarida “oltin aksiya”ni joriy etishda belgilangan tartibda davlat vakillari tayinlanadi, ular aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga kiradi va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida qatnashishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “oltin aksiya”ga egalik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakil qilingan organ (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi)ga, zarur hollarda aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlarining quyidagi qarorlariga “veto” qoʻyish huquqini beradi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatining ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida yoki aksiyadorlik jamiyatining ustavini yangi tahrirda tasdiqlash haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat yoʻnalishlarini oʻzgartirish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyati tomonidan yirik bitimlar va zamirida manfaatdorlik yotgan bitimlar tuzish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatining boshqa xoʻjalik jamiyatlarida qatnashuvi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish yoki tugatish, tugatish boʻyicha komissiya tayinlash toʻgʻrisida hamda oraliq va uzil-kesil tugatish balanslari toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3897-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 299-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda)