LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 62-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
2. Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risida nizomda (2-ilova):
“Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanishiga olib keladi. Xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin kalendar yil oxirigacha majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan miqdorda jarima undirilishiga olib keladi. Bunda majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlangan taqdirda xo‘jalik subyektiga jarima sud tartibida solinadi, xo‘jalik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikda aybini tan olgan hamda jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa — jarima soliq organi tomonidan solinadi”;
“6. Jarima qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi. Bunda xo‘jalik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlarining yigirma foizidan ortiq bo‘lgan yalpi jarima xo‘jalik subyektiga jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab undiriladigan summani olti oy mobaynida har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilgan holda undirib olinadi”;
v) 7-banddagi jadvalning “Jarima miqdori” ustunidagi “100 baravari”, “300 baravari” va “500 baravari” so‘zlari tegishli ravishda “50 baravari”, “75 baravari” va “100 baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida nizomda (3-ilova):
“Auditorlik tashkilotining arizasiga ko‘ra litsenziya auditorlik tekshiruvlarining quyidagi turlarini amalga oshirish uchun beriladi:
xo‘jalik subyektlarini o‘z tashabbusiga ko‘ra va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga, ustav kapitali 500 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug‘urta tashkilotlari bundan mustasno;
“shtatdagi auditorlarning, shu jumladan buxgalterlik xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning, ularning ushbu Nizomda belgilangan eng kam soniga muvofiq bo‘lgan shtatdagi auditor malaka sertifikatlari hamda buxgalter xalqaro sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning tegishli turi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav kapitalining to‘liq shakllantirilganligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi”;
“10. Litsenziyaning asl nusxasi reyestrga imzo qo‘ydirgan holda auditorlik tashkiloti rahbariga yoxud boshqa shaxsga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida beriladi. Litsenziya nusxasi litsenziyalovchi organda belgilangan tartibda saqlanadi”;
g) 23-bandning ikkinchi xatboshidagi “yoki yaroqsiz holga kelib qolgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“26. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, Auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
litsenziya olinayotganda mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda to‘liq shakllantirilgan ustav kapitaliga ega bo‘lish;
auditorlik tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba litsenziyalovchi organda attestatsiyadan o‘tishi;
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yarim yilda bir marta belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish, shuningdek auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa axborotlarni litsenziyalovchi organ talabi bo‘yicha taqdim etish”;
faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega bo‘lishi;
ustav kapitali 500 mln. so‘mdan ko‘proqni tashkil etgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 3000 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 4 nafar auditorga, ularning kamida bittasi buxgalter xalqaro sertifikatiga ega bo‘lishi;
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazuvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 5000 ming baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 6 nafar auditorga, ularning ikkitasi buxgalter xalqaro sertifikatiga ega bo‘lishi kerak”;
“Litsenziyalovchi organ tomonidan auditorlik tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishini tekshirish har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi”;
“auditorlik tekshiruvlarni o‘tkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklanishlarga rioya qilmaslik;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organning tekshiruvlaridan bo‘yin tovlash”;
beshinchi xatboshidagi “uchinchi va to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda” so‘zlari “uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
______ “_______________________________ ni o‘tkazish bo‘yicha auditorlik __________(auditorlik tekshiruvining turi) | ||
faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun ariza”; | ||
“(pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va auditorlik tashkilotining boshqa rekvizitlari)” so‘zlari “(auditorlik tashkilotining pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
____“O‘zbekiston Respublikasi hududida” so‘zlaridan keyin “_________________________ ni o‘tkazish bo‘yicha” so‘zlari qo‘shilsin. | ||
______(auditorlik tekshiruvining turi) | ||
Keyingi tahrirga qarang.