O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Shon-sharaf” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda ko‘rsatgan fidoyilik va mardlik uchun, O‘zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta’minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar.
Mustasno hollarda “Shon-sharaf” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
Ordenning oliy darajasi I darajadir. Mukofotlash, qoida tariqasida, kamida uch yil oralatib: II darajali va I darajali navbatida amalga oshiriladi.
3. “Shon-sharaf” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti mukofotlaydi. Orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
4. “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Shon-sharaf” ordeni va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi, shunga vakil qilingan boshqa shaxslar topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining yigirma karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam ish haqining qirq karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
II darajali yoki II va I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Shon-sharaf” ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
I darajali “Shon-sharaf” ordeni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Ordenning asosi xiyol bo‘rtma shakldagi sakkiz qirrali yulduz ko‘rinishida bo‘lib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlari orasi 48 millimetr.
Ordenning markazida zumrad rang emal qoplangan kumush hoshiyali qalqon va orden asosining rangidagi qilichlar tasvirlangan. Qalqonning bo‘yi 20 millimetr, eni 18 millimetr. Qalqon o‘rtasida kumush rangli yarim oy va sakkiz qirrali yulduz aylana diametri 8 millimetrli sathga jo bo‘lgan. Qalqonning pastida balandligi 3 millimetrli kumush rang “I” raqami bor. Qalqon orden asosining rangidagi tol shoxlari bilan hoshiyalangan.
Ordenning chap va o‘ng qismlarida simmetrik tarzda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida to‘q qizil rang fonda kumush rang “SNON-SNARAF” degan yozuv va hoshiya bor. Harflarning balandligi 3 millimetr.
Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shrift bilan ordenning tartib raqami yozilgan.
Orden eni 24 millimetrli rangdor yo‘l-yo‘l shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadag‘ich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning o‘rtasidan eni 5 millimetrli och yashil rangli yo‘l, keyin esa eni 1,5 millimetrli ikkita oq, eni 4 millimetrli ikkita qizil va eni 3 millimetrli ikkita havo rang yo‘llar o‘tgan. Matoning chetlariga eni 1 millimetrli qizil hoshiya chiqarilgan.
II darajali “Shon-sharaf” ordeni kumushdan tayyorlanadi. Ordenning asosi xiyol bo‘rtma shakldagi sakkiz qirrali yulduz ko‘rinishida bo‘lib, uning markazidan uchi tugal nurlar taralib turadi. Yulduzning qarama-qarshi joylashgan uchlari orasi 48 millimetr.
Ordenning markazida zumrad rang emal qoplangan zarhal hoshiyali qalqon va orden asosining rangidagi qilichlar tasvirlangan. Qalqonning bo‘yi 20 millimetr, eni 18 millimetr. Qalqon o‘rtasida zarhal rangli yarim oy va sakkiz qirrali yulduz aylana diametri 8 millimetrli sathga jo bo‘lgan. Qalqonning pastida balandligi 3 millimetrli zarhal rang “II” raqami bor. Qalqon orden asosining rangidagi tol shoxlari bilan hoshiyalangan.
Ordenning chap va o‘ng qismlarida simmetrik tarzda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida to‘q qizil rang fonda zarhal rang “SNON-SNARAF” degan yozuv va hoshiya bor. Harflarning balandligi 3 millimetr.
Ordenning orqa tomoni botiq shaklda. Pastda 1 millimetr kattalikdagi shrift bilan ordenning tartib raqami yozilgan.
Orden eni 24 millimetrli rangdor yo‘l-yo‘l shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadag‘ich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning o‘rtasidan biri-biridan eni 1 millimetrli oq yo‘l bilan ajralib turadigan eni 2 millimetrli ikkita och yashil rangli yo‘l o‘tgan. Keyin esa ikki tomondan eni 1,5 millimetrli ikkita oq, eni 4 millimetrli ikkita qizil va eni 3 millimetrli ikkita havo rang yo‘llar o‘tgan. Matoning chetlariga eni 1 millimetrli qizil hoshiya chiqarilgan.