Sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini yanada shakllantirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy turlarini rivojlantirish va sifatini oshirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini ko‘paytirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning mintaqaviy tarmoqlarini kengaytirish, shuningdek sug‘urtalashni tartibga solish usullarini takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007 — 2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin, unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:
sug‘urtalash, sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini xalqaro amaliyotga muvofiq yanada takomillashtirish;
ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari, ayniqsa tadbirkorlik faoliyatini, import-eksport operatsiyalarini sug‘urtalash, hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash, shu jumladan sug‘urtaning jamg‘arma turlari sohasida sug‘urta xizmatlari hajmini, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish;
sug‘urtalash sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar, idoralar va bajaruvchilar — sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda so‘zsiz va sifatli bajarilishini ta’minlasin.
2. Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari (sug‘urtalovchilar) 2008-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda ustav kapitali miqdorining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlangan Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risidagi nizom talablariga javob bermaydigan sug‘urta tashkilotlari faoliyatini 2008-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda to‘xtatish va litsenziyalarini bekor qilish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mamlakat iqtisodiyot oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etish, sug‘urta bozori professional qatnashchilarining yuqori malakali mutaxassislari tayyorlash kontingentini kengaytirish va sifatini oshirish, ularning malakasini muntazam ravishda oshirish bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va respublika sug‘urta kompaniyalarining quyidagilar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lgan O‘zbekiston sug‘urta bozori professional qatnashchilari uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
sug‘urta bozori konyunkturasini o‘rganish, uning yuqori darajada ochiq-oydinligini ta’minlash, raqobatni rivojlantirish, sug‘urta xizmatlari hajmlarini ko‘paytirish, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
potensial xorijiy investorlarga mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta sohasiga investitsiyalashda ko‘maklashish;
respublika aholisi o‘rtasida sug‘urtalash masalalari bo‘yicha faol tushuntirish ishlarini olib borish;
sug‘urtalash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, sug‘urta bozori professional qatnashchilari uchun professional etika normalarini ishlab chiqish.
6. Sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtalashda keng qatnashishini rag‘batlantirish uchun belgilab qo‘yilsinki, mol-mulkni va hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari soliqqa tortilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
2007—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi
T/r | Tadbirlar | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Mas’ul bajaruvchilar |
I. Sug‘urtalash, sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik va normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish | ||||
1. | “Transport vositalari egalarining javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2007-yil II chorak | Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari |
2. | “Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2007-yil IV chorak | Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari |
3. | “Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2007-yil IV chorak | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari |
1.2. Amaldagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | ||||
4. | “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda sug‘urta bozorining professional qatnashchilari tarkibini aniqlashtirish va kengaytirish, ularning huquq va majburiyatlarini, faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilash. | Qonun loyihasi | 2007-yil II chorak | Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari |
5. | “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda sug‘urta qilinmagan transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar javobgarligini belgilash. | Qonun loyihasi | 2007-yil II chorak | Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sug‘urta kompaniyalari |
1.3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish | ||||
6. | Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining hisob raqamlari rejasini va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. | His�b raqamlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi |
7. | Sug‘urtalovchilar moliyaviy hisoboti shakllari va ularni to‘ldirish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi |
8. | Umumiy sug‘urta va hayotni sug‘urtalash sohasida sug‘urta tariflarini hisoblab chiqarish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Metodik ko‘rsatmalar | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
9. | Sug‘urta kompaniyalarini reyting jihatdan baholash bo‘yicha metodik tavsiyalarni tayyorlash. | Metodik tavsiyalar | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
10. | Aktuar malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Nizom | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi |
11. | Adjaster, aktuar, syurveyer va assistans xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. | Metodik tavsiyalar | 2007-yil III chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
12. | Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lovga qodirligi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Nizom | 2007-yil IV chorak | Moliya vazirligi |
13. | Sug‘urta kompaniyalarini auditorlar tomonidan tekshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. | Metodik tavsiyalar | 2007-yil IV chorak | Moliya vazirligi |
14. | Sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratini tartibga soluvchi xalqaro standartlar ayrim normalarini qayta ko‘rib chiqish va normativ-huquqiy bazaga joriy etish. | Normativ-huquqiy bazaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar | 2007-2008-yillar | Moliya vazirligi |
15. | Tadbirkorlik tavakkalchiliklarini (foydani boy berishdan, loyihalashdagi xatoliklardan, bankrotlikdan sug‘urtalash va h. k.) sug‘urtalashning namunaviy qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Namunaviy qoidalar | 2008-yil I chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
16. | Biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash. | Nizom | 2008-yil I chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
17. | Sug‘urtalovchilarning sug‘urta vositachilari bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi namunaviy qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Namunaviy qoidalar | 2008-yil I chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
18. | Qayta sug‘urtalash xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilash. | Nizom | 2008-yil I chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
19. | Da’vo ishlarining yagona texnologiyasini joriy etish. | Metodik tavsiyalar | 2008-yil III chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
20. | Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Nizom | 2009-yil I chorak | Moliya vazirligi |
II. Ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari hajmini, ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish | ||||
21. | 2007—2010-yillarda sug‘urta xizmatlari hajmini 3 baravar, sug‘urtalovchilar sug‘urta zaxirasini 2,5 baravardan ortiq, sug‘urta kompaniyalari yalpi kapitalini 2 �aravardan ortiq ko‘paytirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | Ishlab chiqish — 2007-yil II chorak Amalga oshirish — 2007—2010-yillar | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
22. | Aholi va yuridik shaxslarni, ayniqsa biznesni sug‘urtalash sohasida, shuningdek qishloq joylarda sug‘urtalovchi alohida bo‘linmalar va sug‘urta agentlari sonini ko‘paytirish hisobiga sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish. | 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasi va servisni rivojlantirish dasturiga muvofiq chora-tadbirlar kompleksi | 2007—2010-yillar | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
23. | Eksport kreditlar va eksport-import operatsiyalarining samarali sug‘urta himoyasini ta’minlovchi eksportni sug‘urtalash bo‘yicha yangi kompleks sug‘urta xizmatlari turlarini, shu jumladan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urtalash, to‘lov muddatini kechiktirish shartlarini sug‘urtalash, “yetkazib beruvchi krediti” tipi bo‘yicha sug‘urtalash, “xaridorga kredit” tipi bo‘yicha sug‘urtalash, eksport-import kontraktlarini bajarish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni sug‘urtalash, eksport-import yuklarini tashishni sug‘urtalash, xorijiy sherikning iqtisodiy nochorligidan (bankrotligidan) sug‘urtalash va boshqa sug‘urta xizmatlari turlarini ishlab chiqish va joriy etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | Ishlab chiqish —2007-yil II chorak amalga oshirish — 2007—2010-yillar | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
24. | Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalashni, shu jumladan sug‘urtaning jamg‘arma turlarini (hayotni aralash sug‘urtalash, nikohdan o‘tishni sug‘urtalash, annuitetlarni sug‘urtalash, qo‘shimcha pensiyani sug‘urtalash, ta’lim olish xarajatlarini sug‘urtalash, davolanishni, shu jumladan chet elda davolanishni sug‘urtalash, balog‘at yoshiga yetganlikni sug‘urtalash va boshqalar) kengaytirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | Ishlab chiqish — 2007-yil IV chorak Amalga oshirish — 2008—2010-yillar | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
25. | Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sug‘urtalashni jadal rivojlantirish, biznesni sug‘urtalash sohasida (bankrotlikdan, foydani boy berishdan, ko‘zda tutilmagan xarajatlardan, sud xarajatlaridan, professional javobgarlikdan va shu kabilardan sug‘urtalash) sug‘urtaning yangi turlarini joriy etish, ularning aniq manzilliligi, tabaqalashtirilganligi, sifati va samaradorligini oshirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | Ishlab chiqish — 2008-yil I chorak Amalga oshirish — 2008—2010-yillar | Moliya vazirligi, sug‘urta tashkilotlari |
26. | Sug‘urta xizmatlariga talabni baholash bo‘yicha marketing tadqiqotlarini, sug‘urta bozorini rivojlantirish bo‘yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish. | Marketing va boshqa tahliliy tadqiqotlar | 2007-yil III chorakdan boshlab doimo | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi |
27. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasida ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish. | Avtomatlashtirilgan tizim | 2008-yil II chorak | Moliya vazirligi |
28. | Tavakkalchiliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha test o‘tkazishning tavakkalchiliklarni baholash tizimiga asoslangan mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2008-yil IV chorakdan boshlab | Moliya vazirligi |
29. | O‘zbekistonning Sug‘urta nazorati organlari xalqaro uyushmasiga kirishi bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2008-yil mobaynida | Moliya vazirligi |
30. | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari va ularning birlashmalari bilan birgalikda aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy va tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | Seminarlar, radio va televideniyeda eshittirishlar, ko‘rsatuvlar va reklama kompaniyalari, ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilish | doimo | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
31. | Aholini sug‘urta bozoridagi, shu jumladan sug‘urta agentlarining noqonuniy yoxud qonunga xilof faoliyati to‘g‘risida xabardor qilish. | Ommaviy axborot vositalarida axborotlar berish | doimo | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
III. Mamlakat sug‘urta bozorining ochiq-oydinligini va ishonchliligini ta’minlash, sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va to‘lovga qodirligini mustahkamlash | ||||
32. | Faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitallarini sug‘urta faoliyatining amalga oshirilayotgan turlaridan kelib chiqqan holda belgilangan eng kam miqdorlargacha ko‘paytirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2008-yil 1-yanvargacha | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
33. | Ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilangan muddatlarda shakllantirishni ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan sug‘urtalovchilarni aniqlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, ularga sug‘urta faoliyati sohasini o‘zgartirishda va qayta tashkil etishda (qo‘shilish, birlashishda) ko‘maklashish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2007-yil II chorak | Moliya vazirligi |
34. | “O‘zagrosug‘urta”, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari va aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilayotgan “O‘zbekinvest” kompaniyasi ustav fondlaridagi davlat ulushlarini sotish. | Tadbirlar | Hukumatning tegishli qarorlarida belgilangan muddatlarda | Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zagrosug‘urta”, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari, “O‘zbekinvest” kompaniyasi |
35. | Xorijiy kapital ishtirokida sug‘urta kompaniyalari tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va �malga oshirish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2007-yil II chorak | Moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari |
IV. Sug‘urta sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish | ||||
36. | Bank-moliya akademiyasi huzurida sug‘urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ixtisoslashtirilgan kurslar tashkil etish. | Ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslari | 2007-yil III chorak | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi |
37. | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari uchun sug‘urtalash va sug‘urta faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish. | Konferensiyalar va seminarlar | muntazam ravishda | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari |
38. | Ko‘rsatib o‘tilgan tuzilmalarning qo‘shadigan ulushi hisobiga sug‘urta bozorining professional qatnashchilari xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash o‘quv markazini tashkil etish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2008-yil I chorak | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari |
39. | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uchun professional etika normalarini ishlab chiqish. | Professional etika normalari | 2008-yil II chorak | Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmasi, sug‘urta kompaniyalari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari |
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va sug‘urta bozorining professional qatnashchilari faoliyati xususiyatlarini belgilaydi.
2. Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari (sug‘urta brokeri, qayta sug‘urtalovchi broker, sug‘urta agenti), aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari, shuningdek assistans xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urta bozorining professional qatnashchilari hisoblanadi.
3. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarini davlat ro‘yxatiga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilarini davlat ro‘yxatiga olish esa — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiriladi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish, ularning amal qilishini to‘xtatish va bekor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
5. Aktuar, adjaster, syurveyer xizmatlari hamda assistans xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shaxslar:
6. Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy manfaatlarni himoya qilish va ifodalash hamda umumiy vazifalarni hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda notijorat tashkilotlar hisoblangan o‘z uyushmalari va ittifoqlarini tuzishga haqlidir.
Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari uyushmalari va ittifoqlaridan sug‘urta bozorini monopoliya qilishga yo‘naltirilgan bitimlarga erishish uchun foydalanilishi mumkin emas.
7. Sug‘urtalovchi — bu tijorat tashkiloti hisoblanadigan, tegishli turdagi sug‘urtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta to‘lovi (sug‘urta puli) to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan yuridik shaxs.
8. Sug‘urtalovchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladi.
Davlat sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida tashkil etiladi.
9. Sug‘urtalovchi ustav kapitalining kamida to‘qson foizi muassislar (qatnashchilar)ning pul mablag‘laridan shakllantiriladi.
Sug‘urtalovchining ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga olingan, garovga qo‘yilgan mablag‘lardan va jalb etilgan boshqa mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urtalovchining boshlang‘ich ustav kapitali litsenziya olinishi paytida qatnashchilar tomonidan shakllantirilishi va mazkur Nizomda belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun — 500 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani;
hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun — 750 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani;
majburiy sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun — 1000 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani;
faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun — 3000 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani tashkil etadi.
11. Hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan umumiy sug‘urtalash tarmog‘ining ayrim turlari (darajalari) bundan mustasno. Umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni mo‘ljallayotgan sug‘urta turlari (darajalari) ko‘rsatiladi.
qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomalarini tuzish va bajarish;
o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urtalash;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish;
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshirilayotgan sug‘urta turlari bo‘yicha qoidalar (shartlar)ni belgilash;
huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlaridan va boshqa tashkilotlardan sug‘urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
sug‘urta agentlari, sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
qonun hujjatlarida va yoki sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasida belgilangan hollarda va tartibda sug‘urta tovonini tiklashni rad etish, sug‘urta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish;
sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda sug‘urtalanuvchi tomonidan ma’lum qilingan axborotni tekshirish, sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasi talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga berilgan mol-mulkni sotish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va xorijiy reyting tashkilotlari reytingini olish;
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
qonun hujjatlari talablariga muvofiq sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining talabi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan axborotni taqdim etish;
sug‘urta hodisasi yuz berganda qonun hujjatlarida yoki sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirish va sug‘urta tovoni to‘lash;
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan joyi o‘zgargan taqdirda bu haqdagi axborotni ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urtalanuvchilar e’tiboriga yetkazish, o‘zi bajarayotgan bir yildan ortiq muddatli sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasi bo‘yicha esa — yozma shaklda yetkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va joylashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tekshiruvdan o‘tish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy, statistik, soliq axborotini va boshqa axborotni tuzish.
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
14. Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas, qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
15. Sug‘urtalash brokeri — sug‘urtalanuvchining nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzish va uni bajarishni tashkil etish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxs. Sug‘urtalash brokeri faoliyati sug‘urta sohasidagi faoliyatning boshqa turlari bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug‘urtalash brokerining faoliyati bundan mustasno.
Qayta sug‘urtalash brokeri — o‘z nomidan va sug‘urtalovchining topshirig‘i bo‘yicha qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzish va bajarishni tashkil etish faoliyatini amalga oshiradigan, qayta sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxs.
Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari sug‘urtalovchilarning ustav kapitallarida qatnashishga haqli emas.
o‘z vakolatlari doirasida sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash)ning har qanday turi bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtalovchidan litsenziya mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek uning to‘lovga qodirligi va moliyaviy barqarorligining boshqa ko‘rsatkichlarini olish;
mijozlarning so‘rovlari bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzish va bajarish bo‘yicha to‘liq, ishonchli va xolisona axborotni taqdim etish;
18. Sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) brokeri o‘zi bilan sug‘urtalanuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.
Sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) brokerlari xizmatlariga haq to‘lash vositachilik taqdirlash puli shaklida amalga oshiriladi, uning miqdori shartnomada belgilanadi.
19. Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari sug‘urta turlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boradilar, sug‘urtalovchilar tomonidan taklif etilgan dasturlar va sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartlarini ularning samaradorligi yuzasidan tekshiradilar va ulardan eng maqbul variantni tanlab oladilar.
20. Sug‘urta agenti — sug‘urtalovchining nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzish va uni bajarishni tashkil etish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik yoki jismoniy shaxs.
sug‘urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida, shu jumladan sug‘urtaning majburiy turlari bo‘yicha sug‘urtaning har qanday turi bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtaga qabul qilinayotgan sug‘urta tavakkalchiligini baholashda, sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovini to‘lashda va shuningdek sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta mukofoti to‘liq hajmda va sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatlarda to‘lanishida zarur yordam berish;
sug‘urtalovchidan litsenziya mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek uning to‘lovga qodirligi va moliyaviy barqarorligining boshqa ko‘rsatkichlarini olish;
sug‘urta shartnomasini tuzish uchun zarur hujjatlarni (sug‘urta polisini) tayyorlash va rasmiylashtirish;
sug‘urtalanuvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar to‘g‘risida sug‘urtalovchiga to‘liqroq axborot berish maqsadida sug‘urtalanuvchining shaxsiy hayotiga xalaqit qilmasdan umumiy ma’lum bo‘lgan manbalardan tavakkalchilik va sug‘urtalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash;
sug‘urta shartnomasi tuzishda va sug‘urta tovonini to‘lashda hujjatlarni, shuningdek sug‘urtaga oid boshqa hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirishga ko‘maklashishga;
sug‘urta tariflari, sug‘urtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sug‘urtalash shartlari, litsenziya mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek uning to‘lovga qodirligi va moliyaviy barqarorligining boshqa ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lish;
sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishda sug‘urtalanuvchi to‘g‘risidagi imkoni bo‘lgan axborotlarga ega bo‘lish, unga sug‘urta tavakkalchiligini pasaytirishga va sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishni taklif etish;
sug‘urtalanuvchilarga ularning so‘rovlari bo‘yicha sug‘urtalashning amaldagi shartlari to‘g‘risida batafsil va to‘g‘ri axborot berish;
sug‘urta hujjatlarida nazarda tutilgan rekvizitlarni o‘chirib yozishga, tozalashga va tuzatishlarga yo‘l qo‘ymasdan tartibli va aniq to‘ldirgan holda sug‘urta shartnomalarini yangi muddatga to‘g‘ri tuzish va o‘z vaqtida qayta rasmiylashtirish;
belgilangan shakllar bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari va olingan sug‘urta mukofoti summalari hisobini yuritish;
sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta shartnomasi mobaynida tavakkalchilik shart-sharoitlari jiddiy ravishda o‘zgarishiga tegishli har qanday axborot o‘z vaqtida olinishini, shuningdek sug‘urta e’tirozlari paydo bo‘lganda va ularni tartibga solish jarayonida sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida axborotlarning o‘z vaqtida va sifatli ayirboshlanishini ta’minlash;
tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda sug‘urtalovchining topshirig‘i bo‘yicha va uning hisobidan sug‘urta to‘lovlari to‘lanishini tashkil etish;
23. Sug‘urta agentlari o‘z faoliyatini sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradilar.
Sug‘urta agenti o‘z faoliyatini faqat o‘zi shartnoma (agent bitimi) tuzgan sug‘urtalovchining reyestriga kiritilgandan keyin amalga oshirishi mumkin.
Sug‘urta agentlari xizmatlariga haq to‘lash sug‘urta agenti bilan tuzilgan sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari (to‘lovlar)dan vositachilik taqdirlash puli shaklida amalga oshiriladi.
sug‘urta agentlari tomonidan tegishli litsenziyalarni olmagan sug‘urtalovchilar nomidan sug‘urta shartnomalari tuzilishiga;
agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan xorijiy sug‘urta tashkilotlari nomidan sug‘urta shartnomalari tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta bo‘yicha sug‘urta agentlarining vositachilik faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. Sug‘urta agentlari — jismoniy shaxslar sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z nomlariga, to‘lovlar amalga oshirilganda esa yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, xotini, eri, o‘g‘li, qizi, opa-singillari va aka-ukalari) nomiga hujjatlarni yozishga, shuningdek o‘z foydasiga sug‘urta shartnomasi tuzishga va bunda ushbu sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta agenti sifatida ish ko‘rishga haqli emas.
26. Adjaster yoki adjaster tashkiloti — bu sug‘urtalovchining topshirig‘i bo‘yicha quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadigan tegishli ravishda jismoniy yoki yuridik shaxs:
sug‘urta hodisasi mavjud bo‘lgan taqdirda sug‘urta hodisasi oqibatida paydo bo‘lgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini aniqlash;
sug‘urtalovchining majburiyatlaridan kelib chiqib to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasini aniqlash;
Adjaster (adjaster tashkiloti) o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
sug‘urta voqeasi (sug‘urta hodisasi)ni o‘rganish uchun sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi)dan zarur axborotni so‘rash va olish;
o‘zi obyektni sirtdan ko‘zdan kechirganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirish (zaruriyat bo‘lganda texnik vositalarni qo‘llagan holda);
faoliyati sug‘urta obyektlariga daxldor bo‘lgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
tegishli bilimlarga ega bo‘lish yoki o‘z shtatida tegishli professional bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lish;
maxsus o‘rganishni talab etadigan ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tahlil qilish uchun mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rish;
29. Adjaster xizmati ko‘rsatilishi natijalari ekspert hisobot shaklida rasmiylashtiriladi, undan sug‘urtalovchi tomonidan zararlarni to‘lashda va sud nizolarini hal etishda foydalanilishi mumkin.
Adjaster (adjaster tashkiloti)ning ekspert hisobotidagi xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
30. Aktuariy yoki aktuar tashkilot — bu tegishli ravishda quyidagilarni o‘z ichiga oladigan aktuar xizmatlar ko‘rsatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs:
sug‘urta hodisasi yuz berishining matematik jihatdan muqarrarligi hisobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman jami sug‘urta bo‘yicha zarar yetkazish oqibatlari og‘irligi chastotalari va darajasini aniqlash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) zarur sug‘urta zaxiralari va fondlarini matematik asoslash va hisoblash, ularni shakllantirish metodlarini ishlab chiqish;
sug‘urtalovchi tomonidan investitsiyalar sifatida yig‘ilgan badallardan foydalanishda kapital qo‘yish normasi va netto-stavka miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni belgilash, bu tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga ko‘maklashadi;
sug‘urtalash jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslash va sug‘urta xizmatlari tannarxini hisoblash;
sug‘urtalashning (qayta sug‘urtalashning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini sug‘urtalovchilar uchun ularni o‘tkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xarakterini hisobga olgan holda belgilash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisoblashdan foydalangan holda baholash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) daromadlarini sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash)ning har xil turlari bo‘yicha rejalashtirish.
Aktuariy (aktuar tashkilot) o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
ishonchli aktuar xulosa tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlar sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda aktuar tekshirish o‘tkazishni rad etish;
aktuar tekshirish o‘tkazishda qatnashishga boshqa aktuariylar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
aktuar xulosada aktuar hisoblashlarning kamchiliklarini va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni aks ettirish;
33. Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan bo‘lsa yoki uning bilan aktuar tashkilot o‘rtasida fuqarolik — huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan bo‘lsa aktuar tekshirishni o‘tkazishga jalb etilishi mumkin.
Aktuariy aktuar tashkilot oldida sifatsiz aktuar tekshiruvni o‘tkazish, tijorat sirini oshkora qilish va aktuar tashkilot uchun zarar yetkazgan boshqa xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar yuzasidan javob beradi.
34. Aktuarlar aktuar xizmatlari ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olishi shart.
Aktuar tashkilotlar o‘z shtatida aktuariy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida 1 aktuarga ega bo‘lishi kerak.
35. Aktuar tashkilot (aktuariy) faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi. Aktuar tashkilot (aktuariy) hisobotidagi xulosalar mustaqil ekspertiza davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
36. Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urtalash shartnomasi doirasida sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga, foyda ko‘ruvchilarga) hamda sug‘urtalovchilarga texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar, shuningdek ularga moliyaviy yordam ko‘rsatadilar.
Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradilar.
Assistans xizmatlariga faqat sug‘urtalovchilar tomonidan, sug‘urtalanuvchilar (sug‘urtalangan shaxslar)ning ishtirokisiz haq to‘lanadi.
sug‘urtalovchilar bilan assistans xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil ravishda shartnoma tuzish;
sug‘urtalovchi tomonidan assistans xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlar taqdim etilmagan taqdirda assitans xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;
assistans xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnomaga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;
sug‘urtalanuvchilardan (sug‘urtalangan shaxslardan) sug‘urta hodisalari (holatlari) to‘g‘risidagi xabarlarning kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etish va sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) sug‘urta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida zarur yordam ko‘rsatish;
sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) chaqiruv qabul qilingan vaqtdan boshlab imkoni boricha eng qisqa muddatlarda zudlik bilan zarur yordam va xizmatlar ko‘rsatishning tashkil etilishini ta’minlash;
barcha faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, sug‘urta shartnomasi tuzilgungacha tavakkalchilik darajasini aniqlash;
Sug‘urta ekspertizasi o‘tkazishga vakolatli sug‘urta syurveyeri mutaxassislari (ekspertlari)ning ish tartibi sug‘urta syurveyerining ichki hujjatlarida belgilanadi.
Sug‘urta syurveyeri o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
sug‘urta obyektini o‘rganish uchun sug‘urtalanuvchidan (sug‘urtalovchidan) zarur axborotlarni so‘rash va olish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sug‘urta obyektlariga taalluqli bo‘lgan boshqa tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
tegishli bilimlarga ega bo‘lish yoki o‘z shtatida tegishli professional bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lish;
syurveyer tomonidan o‘tkaziladigan ekspertizaga daxldor bo‘lgan barcha shaxslarning huquqlariga rioya qilinishini ta’minlash;
42. Sug‘urta syurveyeri faoliyati natijalari ekspert hisoboti tarzida rasmiylashtiriladi, undan sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi) tomonidan sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasini tuzishda foydalanilishi mumkin.
Sug‘urta syurveyerining ekspert hisobotidagi xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
43. Sug‘urta bozorining professional qatnashchilari o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
44. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, tavsiya etilayotgan sug‘urta bitishuvlari va operatsiyalari ro‘yxati, sug‘urta tariflari, sug‘urtalash turlari va muddatlari ochiq axborot hisoblanadi hamda sug‘urtalash siri va tijorat siri predmeti bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ruxsati bilan hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilarini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.