O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGAShINING QARORLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
“Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrda qabul qilingan Qarori;
“Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrda qabul qilingan Qarori;
“Mintaqaviy muammolarni umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda hal etishning huquqiy mexanizmlari va taomillari to‘g‘risida” 2005-yil 21-noyabrda qabul qilingan Qarori;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari bilan hamkorlik harakatlari to‘g‘risida” 2005-yil 21-noyabrda qabul qilingan Qarori;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-noyabrda qabul qilingan Qarori.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi o‘rinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 3-dekabr,
112–I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 12-son, 459-modda)