Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TARKIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi 8-qismiga muvofiq yangi saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qarori bilan Sh.M.Mirziyoyev Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 98-moddasining 2-qismiga muvofiq quyidagilar Vazirlar Mahkamasining aʼzolari etib tasdiqlansin:
| Mirziyoyev Shavkat Miromonovich | — Bosh vazir, agrosanoat kompleksi rahbari |
| Azimov Rustam Sodiqovich | — Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot vaziri, iqtisodiyot kompleksi hamda isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi rahbari |
| Toʻxtayev Abduqahhor Hasanovich | — Bosh vazir oʻrinbosari, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari |
| Sultonov Oʻtkir Toʻxtamurodovich | — Bosh vazir oʻrinbosari, yoqilgʻi-energetika, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari kompleksi rahbari |
| Aripov Abdulla Nigmatovich | — Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori, axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari kompleksi rahbari |
| Qosimov Rustam Sobirovich | — Bosh vazir oʻrinbosari — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari |
| Gʻaniyev Elyor Majidovich | — Bosh vazir oʻrinbosari — tashqi ishlar vaziri, tashqi aloqalar masalalari kompleksi rahbari |
| Inomova Svetlana Tursunovna | — Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
|
| |
| Abidov Oqiljon | — mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri |
| Azizxoʻjayev Alisher Abbosovich | — madaniyat va sport ishlari vaziri |
| Almatov Zokirjon | — ichki ishlar vaziri |
| Gʻulomov Qodir Gʻafurovich | — mudofaa vaziri |
| Joʻrayev Turobjon Ikromovich | — xalq taʼlimi vaziri |
| Ismoilov Sayfiddin Umarovich | — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri |
| Mustafoyev Boʻritosh | — adliya vaziri |
| Nazirov Feruz Gʻafurovich | — sogʻliqni saqlash vaziri |
| Rahimov Saidahmad Boriyevich | — moliya vaziri |
| Subanov Baxtiyor Jumaboyevich | — favqulodda vaziyatlar vaziri |
|
| |
| Asqarov Mahmudjon Axmatovich | — Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi |
| Ahmedov Nurmuhammad | — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi |
| Qudratov Gʻofurjon Sobirovich | — Davlat statistika qoʻmitasi raisi |
| Matlyubov Bahodir Ahmedovich | — Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
| Parpiyev Botir Rahmatovich | — Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
| Sayfiddinov Jamshid Badriddinovich | — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
| Toʻxtayev Azamat Ramzitdinovich | — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi |
| Abduazizov Abduvali | — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-fevral,
PF–3568-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 2-son, 68-modda)