Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 27.07.2006 yildagi PQ-427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMTA’LIM MAKTABLARI BITIRUVChILARINI AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA O‘QITIShNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini izchil amalga oshirish, 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini maqbul ravishda rivojlantirish va joylashtirishni ta’minlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Iste’dod” jamg‘armasi bilan birgalikda bir oy muddatda yuqori sinf o‘qituvchilarining keyinchalik o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi tizimida ishlashlari uchun qayta ixtisoslashuvini nazarda tutgan holda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha maqsadli kurslar tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablaridagi yuqori sinflarning tugatilishi munosabati bilan, ishidan bo‘shaydigan o‘qituvchilarni, jumladan, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga eng malakali o‘qituvchilarni qabul qilish hisobiga ish bilan ta’minlash masalalarini hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda respublikaning oliy ta’lim muassasalari qoshida qo‘shimcha akademik litseylar tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asosli takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markaziga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda hududlarning real talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2007-yil va keyingi yillardagi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qarorida belgilangan 9-sinflarni bitiruvchilarini keyinchalik akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga qamrab olish ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda aholini ish bilan ta’minlash maqsadli hududiy dasturlarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini to‘liq ravishda ishga joylashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda 2006-yilning 1-sentabrigacha bo‘lgan muddatda yosh mutaxassislar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlaridagi real talablarni hisobga olgan holda lavozim va kasblar ro‘yxatini ishlab chiqib tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-427-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 7-son, 407-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)