10.09.2004 yildagi 424-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT XAVFSIZLIK KENGASHI 1540-SON (2004) REZOLYUTSIYASINING BAJARILISHINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Xavfsizlik Kengashining davlatga qarashli boʻlmagan subyektlarning ommaviy qirgʻin qurollari va ularni yetkazib berish vositalarini olishining oldini olish, shuningdek ularning noqonuniy aylanishiga barham berish toʻgʻrisidagi 1540-son (2004) rezolyutsiyasini (keyingi oʻrinlarda Rezolyutsiya deb ataladi) bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy qirgʻin qurollari tarqalishining oldini olish masalalariga taalluqli barcha normativ-huquqiy hujjatlarni puxta xatlovdan oʻtkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda milliy qonun hujjatlariga Rezolyutsiyadan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga qarashli boʻlmagan subyektlarning ommaviy qirgʻin qurollari va ularning komponentlarini, shuningdek ularni yetkazib berish vositalarini olishi imkoniyatining har qanday yoʻllarini istisno etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatmaslik rejimini taʼminlashga doir ishlarning ahvolini chuqur tahlil qilsinlar. Zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatmaslik rejimini kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro quroli, kimyoviy qurollar va biologik qurollar hamda ularni yetkazib berish vositalari ishlab chiqarish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar va buyumlarning saqlanishi, tashilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan qoʻshma chora-tadbirlar kompleksini xalqaro qoidalar va talablarni hisobga olgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tegishli vazirliklari va idoralarining Rezolyutsiyani bajarish, shu jumladan ommaviy qirgʻin qurollari komponentlari va ularni yetkazib berish vositalari mavjud boʻlgan obyektlarni tabiiy muhofaza qilish rejimini hamda xavfsizlik tizimini kuchaytirishni tashkil etish, shuningdek ommaviy qirgʻin qurollarining har qanday turlari noqonuniy aylanishining oldini olish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Rezolyutsiya qoidalarining bajarilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy maʼruzalarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashiga taqdim etish uchun oʻz vaqtida tayyorlash yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
424-son