Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.04.2004 yildagi 195-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ONA VA BOLA SKRININGI” DAVLAT TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarining maqsadli dasturi bajarilishini ta’minlash, shuningdek “Ona va bola skriningi” chaqaloqlar va homilador ayollardagi tug‘ma va avloddan avlodga o‘tuvchi patologiyani erta aniqlash davlat tizimini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining “Pribori oy” firmasidan (Finlyandiya) skrining tadqiqotlari uchun diagnostika to‘plamlarini sotib olish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998—2001-yillar davrida “Ona va bola skriningi” dasturi doirasida tashkil etilgan skrining markazlari “Wallas Oy” kompaniyasining (Finlyandiya) diagnostika apparatlari, tashkiliy texnika va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yilda “Wallas Oy” kompaniyasining (Finlyandiya) rasmiy eksklyuziv vakili hisoblanadigan “Pribori oy” firmasi (Finlyandiya) bilan “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi o‘rtasida skrining tadqiqotlari o‘tkazish uchun reaktivlar yetkazib berish yuzasidan kontrakt tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pribori oy” firmasi bilan tuzilgan 1,1 mln. AQSH dollari summasi miqdoridagi kontraktni moliyalashtirish “Pribori oy” firmasi tomonidan 1 yil muddatga beriladigan foizsiz tovar krediti hisobiga amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi yuqorida ko‘rsatilgan kontraktni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining ko‘rsatib o‘tilgan tovar krediti bo‘yicha “Pribori oy” firmasi oldidagi majburiyatlari yuzasidan kafolatni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.T. Inomova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-son