Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida qatnashuvchi davlatlarning balogʻat yoshiga yetmaganlarni ular doimiy yashaydigan davlatlarga qaytarish masalalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida 2002-yil 7-oktabrda Kishinev shahrida imzolangan Bitim;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida qatnashuvchi davlatlarning Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida 2006-yil 25-mayda Dushanbe shahrida imzolangan Shartnoma.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-yanvar,
PQ-566-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 25-modda)