O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSINING 71-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 21-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 1-dekabrda ma’qullangan
2006-yil 21-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 1-dekabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 310, 311, 312, 313-moddalar, № 12, 415, 416-moddalar; 2006-yil, № 6, 259, 260-moddalar, № 10, 536-modda) 71-moddasi birinchi qismining 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-yanvar,
O‘RQ-75-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 1-modda)