O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2006-yil 30-noyabrdagi 256-I-son qaroriga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining, Respublika yo‘l jamg‘armasining, budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasining 2007-yilgi asosiy parametrlari 3—5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1—5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. 2007-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
respublika budjeti mablag‘larining 2007-yil boshidagi naqd pul kassa aylanmasining belgilangan normativdan ortiqcha bo‘sh qoldiqlari hisobidan;
2007-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalarining qoldiq mablag‘lari hisobidan;
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 7 va 8-ilovalarga* muvofiq;
* 7 va 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
ro‘yxat bo‘yicha respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tovarlardan aksiz solig‘i stavkalari 9-1 va 9-2-ilovalarga* muvofiq;
* 9-1 va 9-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
katodli (tozalangan) mis ishlab chiqarishdan olingan ortiqcha foydadan soliq stavkalari 12-ilovaga* muvofiq;
* 12-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 13 va 14-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
* 15-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
* 16 va 17-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
* 18-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar stavkalari 19 va 20-ilovalarga* muvofiq;
* 19 va 20-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
21-ilovaga* muvofiq belgilangan soliqqa tortish obyektlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 0,7 foizi miqdorida hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga — 1,0 foizi miqdorida majburiy ajratmalar stavkalari tasdiqlansin.
* 21-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. 2007-yil 1-yanvardan boshlab yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari, mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasida 22-ilovada* keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda, 25 foizdan 24 foizgacha pasaytirilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab vaqtinchalik ishga layoqatsizlarga nafaqa to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan — foyda solig‘ini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
* 22-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan dividendlar va foizlar tarzida olinadigan daromadlardan soliq stavkalari 10 foiz miqdorida;
fuqarolarning ish haqidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida saqlab qolinsin.
6. 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab ilgari to‘lanadigan soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar o‘rniga:
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
tayyorlov, ta’minot-sotish, brokerlik faoliyati, shuningdek komission shartnomalar (topshiriqlar) bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi joriy etilsin.
* 23—25-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda yangi tahrirdagi Yagona soliqni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliqlar va majburiy to‘lovlar stavkalarini pasaytirish natijasida bo‘shaydigan mablag‘larni xodimlarning ish haqini oshirishga yo‘naltirish tavsiya etilsin.
8. 2007-yil 1-yanvardan boshlab Navoiy, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqish tatbiq etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini yagona yer solig‘ini hisoblab chiqish uchun Navoiy, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarining barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga belgilangan tartibda yetkazsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarori 4-ilovasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari mikrokreditlash bo‘yicha xizmatlarga joriy etilsin.
17. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajadagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlariga belgilab qo‘yiladigan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar to‘liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliq tushumlaridan ajratmalar normativlari 27-ilovaga* muvofiq;
respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
tegishli budjetlarga dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek Davlat budjetining birinchi navbatdagi xarajatlarini (hisoblab yozilgan ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtiriladigan to‘lovlarni) so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish;
respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va Andijon, Samarqand hamda Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan miqdorlariga ushbu hududlarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olgan holda o‘zaro hisob-kitob qilish orqali daromadlar va xarajatlar o‘rtasida vujudga keladigan kassa bo‘yicha tafovutlarni tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.
20. 2007-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
21. Belgilab qo‘yilsinki, 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hajmi 2006-yildagi xorijiy kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni to‘lash hajmidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
23. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda sog‘liqni saqlash muassasalari tarmog‘ini tarkibiy qayta qurish va maqbullashtirish, kasalxonalardagi samarasiz foydalanilayotgan o‘rinlar fondini o‘rta hisobda 20 foizga qisqartirish, bo‘shaydigan mablag‘larni ambulatoriya-poliklinika shoxobchalarini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirish ishlarini yakunlasin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2007-yil 1-yanvardan boshlab kinofilmlar ko‘rsatuvchi sayyor punktlarni tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
respublikaning ayrim tumanlari va shaharlaridagi birinchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish muassasalari, umumta’lim maktablari, maktab-internatlar va kasb-hunar kollejlarini moliyalashtirishning joriy tartibini ko‘rsatilayotgan xizmatlarning amaldagi hajmlariga muvofiq chuqur tahlil etsin, 1 ta odam (1 ta o‘quvchi)ga normativ xarajatlardan kelib chiqqan holda moliyalashtirish mexanizmini maromiga yetkazsin;
2008-yilgi budjet loyihasi bilan bir vaqtda Sog‘liqni saqlash va ta’lim budjet tashkilotlarini 1 ta odam (1 ta o‘quvchi)ga normativ xarajatlardan kelib chiqib moliyalashtirishga o‘tish bo‘yicha respublikaning ayrim tumanlari va shaharlarida tajriba o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflarni kiritsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagilarni nazarda tutgan holda 2007-yilda Davlat budjetining g‘azna ijrosi mexanizmlarini yanada kengroq tatbiq etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasin:
2007-yilning 1-iyuligacha Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan budjet tashkilotlari uchun budjetning g‘azna ijrosini bosqichma-bosqich joriy etish;
budjet tashkilotlari xarajatlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida hududiy g‘azna hisobvaraqlaridan to‘lash mexanizmini respublikaning barcha mintaqalarida 2007-yilning oxirigacha tatbiq etish;
Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘ida jamlash va u orqali Davlat budjeti xarajatlari to‘lovini amalga oshirish, shuningdek Davlat budjetining yagona hisobvaraqlar rejasi asosidagi ijrosi to‘g‘risida buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotini tashkil etish yagonaligini ta’minlash imkonini beruvchi g‘aznachilik axborot tizimining funksional va texnikaviy tuzilmasi (ISUGF)ni ishlab chiqish uchun Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining qarz mablag‘larini jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
a) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlarini aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin va:
Davlat budjeti daromadlarini 4263,8 mlrd. so‘m, xarajatlarini — 4332,6 mlrd. so‘m miqdorida hamda budjet taqchilligi hajmini yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,4 foizgacha kamaytirgan holda;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini daromadlar bo‘yicha 1357,3 mlrd. so‘m va xarajatlar bo‘yicha — 1329,0 mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlansin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2007-yil yanvar oyida 2006-yil uchun barcha darajalardagi budjetlar bilan yakuniy aylanmalar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solishga doir operatsiyalarni, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda o‘tkazilgan operatsiyalarni aks ettirgan holda, o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi bajarilishini va O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti ijrosini tahlil etish natijalari bo‘yicha, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti asosiy parametrlarini budjetning belgilangan taqchilligi doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.
29. 2007-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2007-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
30. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
31. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-bandining “b” va “g” kichik bandlari.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Jumhuriyat o‘quvchi-yoshlariga va mutaxassislariga chet tillarni keng ko‘lamda o‘qitish tizimini takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” 1991-yil 29-iyuldagi 197-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshi*.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qo‘shma korxonalar tashkil etishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 11-oktabrdagi 393-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 66-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalarini o‘tkazishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) 6-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2003-yil 2-iyuldagi 300-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 56-modda) 1-bandi va 3-bandining uchinchi xatboshi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori) 2006-yil 22-fevraldagi 28-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 12-modda) ilovaning 3-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“v) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan — qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirgan holda vositachilik haqi summasidan, tayyorlov va ta’minot — sotish tashkilotlari uchun — qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirgan holda tovar aylanmasi mablag‘laridan majburiy ajratmalar”;
“e) tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, videosalonlar (videoko‘rsatuv punktlari), kimoshdi savdolari, video- va audio manbalarini ko‘paytirishdan, prokatga berishdan, shuningdek ommaviy konsert-tomosha tadbirlaridan daromad oladigan korxonalar tomonidan — daromad mablag‘laridan majburiy ajratmalar;
b) 34-bandning oltinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar tariflaridagi farqlarni budjetdan qoplash tartibida:
a) 4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshiga “aholi tomonidan markaziy isitishga va issiq suv ta’minotiga normativ bo‘yicha iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasini hisobga olgan holda” so‘zlari qo‘shilsin;
b) “Aholi foydalanadigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni budjetdan qoplash hisob-kitobi” jadvali quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“200___ yil _________________________ da (yil choragi, yarim yillik, 9 oy, yil) aholi foydalanadigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni budjetdan qoplash HISOB-KITOBI | |||
T/r | Ko‘rsatkichlar | O‘lchov birligi | Yilning 1 choragi (1-yarim yillik, 9 oy, yil) ko‘rsatkichlari |
1. | Jami issiqlik energiyasi shu jumladan: a) ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi b) chetdan olingan issiqlik energiyasi | Gkal | |
2. | Berilgan issiqlik energiyasi — hammasi (2a-band +2v-band) shu jumladan: a) aholiga — hammasi b) aholiga — tasdiqlangan iste’mol normalariga muvofiq v) boshqa iste’molchilarga | Gkal | |
3. | Foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun to‘lov taqdim etilgan (QQSsiz) — hammasi, shu jumladan: a) aholiga b) boshqa iste’molchilarga | ming so‘m | |
4. | Quyidagilarga beriladigan 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun shakllangan o‘rtacha tarif: a) aholiga (3a-band: 2a-band) b) boshqa iste’molchilarga (3b-band: 2v-band) | so‘m | |
5. | 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun tariflardagi farq (4b-band - 4a-band) | so‘m | |
6. | Tariflardagi farq: a) aholiga beriladigan issiqlik energiyasining barcha hajmi uchun (2a-band x5-band) b) aholiga beriladigan issiqlik energiyasining normativ hajmi uchun (2b-band x 5-band) | ming so‘m | |
7. | Aholi tomonidan normativ doirasida iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasi uchun budjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan tariflardagi farq (8-band+9a-band) yoki (8-band – 9a-band) | ming so‘m | |
8. | Budjetdan amalda qoplangani | ming so‘m | |
9. | Natija: a) budjetdan qo‘shimcha o‘tkazish (6b-band – 8-band) b) budjetga qaytarish yoki bo‘lajak xarajatlarni qoplashga o‘tkazish (8-band – 6b-band) v) aholi tomonidan normativdan ortiqcha issiqlik energiyasi iste’mol qilinganligi hisobiga vujudga kelgan xarajatlarni korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga o‘tkazish (6a-band – 6b-band) | ming so‘m | |
Rahbar Bosh buxgalter |
4. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-dekabrdagi 439-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Biznes-maktab to‘g‘risidagi nizomning VII bo‘limi 1-bandida:
“Biznes maktabni 2006/2007 o‘quv yiligacha (ushbu o‘quv yili ham kiradi) o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar bo‘yicha moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlari moliyalashtirish manbalari bo‘lishi mumkin, shu jumladan”;
“Biznes-maktablarda 2007/2008 o‘quv yilidan boshlab o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarni o‘qitish budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlaridagi davlat ulushi bo‘yicha dividendlar tarzidagi barcha daromadlarni hisobga olish va ularning monitoringi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“1.5.13. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha nafaqalar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar”;
“2.2.17. Ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va xo‘jalik anjomlari qiymatini hisobdan chiqarish bo‘yicha xarajatlar hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar”;
“2.3.21. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, boshqaruv xodimlarining, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha nafaqalar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar”;
7. Vazirlar Mahkamasining “Me’yorlanadigan ayrim xarajatlar normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 9-apreldagi 166-son qarorida:
“O‘zbekiston Respublikasining monopol birlashmalar (korxonalar) Davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopol korxonalar tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar)ni shakllantirishda xarajatlarning ayrim moddalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
“reklama uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum yillik hajmining 2,0 foizi miqdorida”;
“3. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tasdiqlangan normativlarni tabiiy monopoliyalar subyektlariga va monopol korxonalarga yetkazsin”;
8. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda):
“avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lashga”;
“avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lashga”;
27-bandning birinchi xatboshidagi “budjet tashkilotida” so‘zlaridan keyin “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar” so‘zlari qo‘shilsin, “ushbu qarzni” so‘zlari esa “ushbu qarzlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
29-bandning birinchi xatboshidagi “kreditorlik qarzlar mavjud bo‘lmasa yoxud ular” so‘zlari “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar va kreditorlik qarz mavjud bo‘lmasa yoxud ushbu qarzlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini sanitariya jihatidan tozalash tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 3-avgustdagi 302-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshidagi “obodonlashtirish ishlariga tushadigan yig‘imlar hisobiga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari o‘tkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) 7-bandi uchinchi xatboshidagi “yalpi tushumdan yagona soliq” so‘zlari “yagona soliq to‘lovi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
24-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshidagi “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
37-bandning uchinchi xatboshidagi “vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Salomatlik-2” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 27-yanvardagi 34-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, ular bo‘yicha vositachilik to‘lovlari” so‘zlari “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Salomatlik-1) va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (Salomatlik-2) kreditlari bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, ular bo‘yicha foizlar va vositachilik to‘lovlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“faqat tejalgan mablag‘lar mavjud bo‘lgandagina xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalarni moliyalashtirishga”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) 3-ilovasiga quyidagi mazmundagi izoh qo‘shilsin:
“Izoh. Tejalgan mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu mablag‘lar xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin”.