Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 14.12.2006 yildagi PQ-530-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA VOLFRAM KONLARINING MINERAL-XOM AShYo BAZASINI YaNADA RIVOJLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika volfram konlarini qazish ishlarini davom ettirish hamda “O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinati” OAJni eksportga mo‘ljallangan ko‘p turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun mineral-xomashyo resurslari bilan ta’minlash, shuningdek kombinatning amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini yanada to‘liq yuklash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Olmaliq KMK” OAJ hamda “O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinati” OAJ tomonidan “O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinati” OAJni istiqbolli rivojlantirish va volfram-molibden mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning quyidagilarni nazarda tutuvchi prognoz yo‘nalishlari ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatidagi Yaxton konining “Shimoliy” uchastkasini 2009-yildan boshlab o‘zlashtirish va yillik volfram konsentrati ishlab chiqarish hajmini 870,0 tonnaga yetkazishni nazarda tutgan holda 2007-2008-yillarda kon-boyitish kompleksini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010—2012-yillarda Navoiy viloyatidagi Sautboy konini ishga tushirish, 2013-yildan boshlab yiliga 1260,0 tonna hajmda qo‘shimcha volfram konsentrati ishlab chiqarish va 2014-yildan boshlab volfram mahsulotlari ishlab chiqaruvchi texnologik liniyalar quvvatlarini to‘liq yuklashni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yildan boshlab “O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinati” OAJning yiliga 60,0 tonnagacha hajmdagi texnogen chiqindilarini jalb etish, 2011-yildan boshlab esa “Ingichki metals” qo‘shma korxonasi tomonidan yiliga 560 tonnagacha volfram konsentrati yetkazib berish hisobiga volfram xomashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yildan boshlab 2011-yilga qadar “Olmaliq KMK” OAJdan yetkazib beriladigan molibden sanoat mahsulotini qayta ishlash hajmlarini bosqichma-bosqich yiliga 162,0 tonnadan 650,0 tonnagacha oshirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti “O‘zGEOTEXLITI” institutini jalb etgan holda quyidagi loyihalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilning 20-martigacha bo‘lgan muddatda — Yaxton koni (“Shimoliy” uchastkasi) volfram rudalarini qazib chiqarish va boyitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan muddatda — “Sautboy” koni volfram rudalarini qazib chiqarish va boyitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi o‘n kun muddatda Yaxton va Sautboy konlarining volfram rudalari zaxiralarini mazkur konlardagi volfram rudalarini qazib chiqarish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan holda belgilangan tartibda “O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinati” OAJ balansiga o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan birgalikda o‘n kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini tayyorlashni Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish masalalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lariga bo‘lgan talab-ehtiyojni, shuningdek ushbu loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun boshqa manbalarni ularning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashni hisobga olgan holda aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinati” OAJ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hamda “Olmaliq KMK” OAJ bilan birgalikda, “Yaxton koni(“Shimoliy” uchastkasi) volfram rudalarini qazib chiqarish va boyitish” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangandan so‘ng, ikki oy muddatda asosiy texnologik uskunalarni yetkazib beruvchini tanlash bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqsin va tender o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi “Yaxton koni(“Shimoliy” uchastkasi) volfram rudalarini qazib chiqarish va boyitish” loyihasini O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli metallar kombinati” OAJ Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha Yaxton koni volfram rudalarini sanoat miqyosida qazib chiqarish va boyitishni ta’minlash uchun olib kelinadigan import qilinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan materiallar, uskunalar va ular uchun ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar 2009-yilning 31-dekabrigacha bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shoismatov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-530-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 505-modda)