Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 19.12.2006 yildagi PF-3831-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIJORAT BANKLARINING KAPITALLAShISh DARAJASINI OShIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tizimining barqaror rivojlanishini, tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni, ularning investitsiya va iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarida faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab 2010-yilning 1-yanvarigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning tijorat banklari aksiyalari bo‘yicha dividend sifatida olingan daromadlari soliq solishdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliqqa tortish bazasi birlamchi va qo‘shimcha ravishda chiqarilgan tijorat banklari aksiyalarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga teng miqdorda kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlar tijorat banklarining 2007-yil 1-yanvardan boshlab sotib olingan aksiyalariga, shuningdek 2009-yilning 31-dekabriga qadar to‘lanadigan aksiyalar bo‘yicha dividendlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2007-yilning 1-yanvariga qadar tijorat banklarining aksiyalarini xarid qilish va ular bo‘yicha dividendlar olishda soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklariga aholining bo‘sh mablag‘larini, tadbirkorlik subyektlarini, institutsional investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni tijorat banklarining aksiyadorlik kapitaliga jalb etish borasidagi faoliyatni kuchaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning idoraviy normativ hujjatlari mazkur Farmon talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3831-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 503-modda)