O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“DAVLAT BOJI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 2-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 1-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 30-noyabrda ma’qullangan
2006-yil 1-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 30-noyabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi 740-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413, 418-moddalar) 2-moddasining o‘n ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-dekabr,
O‘RQ-72-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 500-modda)