“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son hamda “Tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik sohasidagi qonun buzilishlari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 24-iyundagi PF-3622-son farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 547-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning 2-bandi chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishdagi buzilishlar uchun iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risida nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda):
“z” kichik bandidagi “smeta hajmi qiymatining 50 foizini” so‘zlari “smeta hajmi qiymatining 10 foizini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandidagi “1 baravari miqdorida” va “5 baravar” so‘zlari tegishli ravishda “30 foiz miqdorida” va “50 foiz miqdorida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik bandidagi “10 baravar miqdorda” so‘zlari “3 baravar miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“e”, “j”, “z”, “i” kichik bandlaridagi “5 baravar miqdorida” so‘zlari “50 foiz miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar sud tartibida qo‘llanadi, ular tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olingan va iqtisodiy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan hollar bundan mustasno”;
“6. Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan iqtisodiy sanksiyalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi”;
6. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-apreldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish Davlat xizmati to‘g‘risida nizomning 19-bandi 2-kichik bandidagi “to‘xtab qo‘yish” so‘zlari o‘rniga “o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish yoki sudga o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida murojaat qilish” so‘zlari qo‘shilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risida nizomda:
“ularning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin bir yil mobaynida standartlarning majburiy talablari takroriy buzilganligi uchun xo‘jalik faoliyati subyektlariga nisbatan sotilgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida jarimalar qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish”;
o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “sotishni taqiqlash to‘g‘risida” so‘zlari “sotishni taqiqlash yoki to‘xtatib turish to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Jarima solish sud tomonidan, xo‘jalik faoliyati subyekti sodir etilgan qonun buzilishi aybini tan olganda va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘laganda esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat bosh inspektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat bosh inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi”;
“9. Xo‘jalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
9. Import kontraktni hisobga olish va uning harakatini nazorat qilish sxemasida (Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-martdagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Import operatsiyalar bo‘yicha kontraktlarni hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish to‘g‘risida nizomga ilova):
“9. Soliq organlari kontrakt shartlarining bajarilmaganligi sabablarini tekshiradilar va, zarurat bo‘lganda, belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash choralarini ko‘radilar yoki ishni tegishli organlarga topshiradilar.
10. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalar ular tomonidan jarima sanksiyalari to‘langungacha to‘xtatib turiladi. Operatsiyalarni to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni ligalizatsiya qilish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risida nizomning 7-bandida:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma’muriy qonun buzilishi to‘g‘risida protokollar tuzish va ularni sudga jo‘natish”;
oltinchi—yigirma beshinchi xatboshi tegishli ravishda yettinchi—yigirma oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
“emitentlar, investitsiya institutlari va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa qatnashchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risida sudga murojaat qilish, ko‘rsatib o‘tilgan sanksiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari tomonidan qonun buzilishlari sodir etilganligi aybi tan olinganda va ular ixtiyoriy ravishda to‘langanda qo‘llash, ushbu to‘lovlarning 10 foizi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining ijtimoiy rivojlantirish hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi, qolgan qismi esa davlat budjeti daromadiga yo‘naltiriladi”;
v) o‘n beshinchi xatboshidagi “zarur hollarda depozitariyda, ishonchli va boshqaruvchi kompaniyalarda qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni qonun hujjatlariga muvofiq tegishli qaror qabul qilingungacha oldi-sotdi bo‘yicha bitishuvlarni, ishonchli boshqaruvga, saqlashga berishni, qonun hujjatlari buzilgan holda tuzilgan qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq boshqa bitishuvlarning amal qilishini ayni bir vaqtda to‘xtatib turgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) o‘n to‘qqizinchi xatboshidagi “emissiyani va muomalada bo‘lishini to‘xtatib turish yoki cheklash” so‘zlari “o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida yoki emissiyani va muomalada bo‘lishini cheklash to‘g‘risida sudga murojaat qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) yigirmanchi xatboshidagi “qaror qabul qilish” so‘zlari “sudga murojaat qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“birjalar ish qoidalari va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish qoidalari buzilgan taqdirda fond birjasidagi operatsiyalarni, shu jumladan kliring operatsiyalari hamda ular bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish, o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida esa sudga murojaat qilish”.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning o‘zida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomning 4-bandidagi “soliq organlari qarorlari asosida musodara qilish” so‘zlari “ularni keyinchalik sud tartibida davlat daromadiga o‘tkazish uchun soliq xizmati organlari tomonidan belgilangan tartibda vaqtinchalik olib qo‘yish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
13. Vazirlar Mahkamasining “Budjetga to‘lovlar mexanizmini takomillashtirish va to‘lov intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 5-dekabrdagi 431-son qarorining 10-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “korxonalar va tashkilotlar” so‘zlaridan keyin “(tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shilsin;
“soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochilganda bank muassasalari rahbarlariga;”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
15. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida nizomning 9-bandida:
a) sakkizinchi xatboshidagi “musodara qilish to‘g‘risida” so‘zlaridan keyin “(xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan sud tartibida)” so‘zlari qo‘shilsin;
b) o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshidagi “va (yoki) jazo jarimalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) yigirma birinchi xatboshidagi “va tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish” so‘zlari “va ushbu tovarlarga taalluqli hujjatlarni tekshirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda):
uchinchi xatboshidagi “ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi olib qo‘yiladi” va “esa” so‘zlari chiqarib tashlansin;
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 15-maydagi 213-son qarorining 2-bandidagi “spirtni davlat foydasiga musodara qilsinlar” so‘zlari “spirtni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rsinlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid nizomning “Umumiy qoidalar” bo‘limi oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining ruxsatisiz keltirilgan chet el oziq-ovqat spirtidan alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Chet el oziq-ovqat spirti mavjudligi, shuningdek bunday spirtni keltirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish hollari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari spirtni va ushbu spirtdan ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘radilar”.
19. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi to‘g‘risida nizom 3-bandining o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini ko‘pi bilan o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish yoxud sug‘urtaning ayrim turlari (klasslari)ga nisbatan to‘liq to‘xtatish, huquqiy ta’sir ko‘rsatish chorasi sifatida ko‘rsatib o‘tilgan litsenziyalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish va to‘xtatish to‘g‘risida sudga murojaat qilish”.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qarorining 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga — xomashyo resurslari, spirt va alkogolli mahsulotni sarflash va saqlanishini ta’minlash, ularni hisobga olish va nazorat qilishning belgilangan tartibini buzganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;
alkogolli mahsulotni aksiz markalarisiz ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga eng kam oylik ish haqining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;
aksiz markalarisiz yoki soxta aksiz markalari bilan noqonuniy ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni sotuvchi yuridik shaxslarga eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solinadi va ular alkogolli mahsulot bilan savdo qilish huquqidan mahrum etiladi.
Jarima sanksiyalari sud tartibida qo‘llanadi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etilgan qonunni buzish aybi tan olingan va jarima sanksiyalari summasi ixtiyoriy ravishda to‘langan hollarda esa soliq organlari tomonidan qo‘llanadi va ular davlat budjetiga tushadi.
Xo‘jalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi”.
21. Vazirlar Mahkamasining “Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 26-martdagi 136-son qarorining 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 16-modda) chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
23. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida nizomda:
“1.2. Mazkur Nizomda “moliya-xo‘jalik faoliyati” atamasi ostida korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish hamda buxgalteriya-moliya, hisob-kitob va tovarga ilova hujjatlarini yuritish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish faoliyati tushuniladi”;
“2.1. Savdo va savdo-vositachi korxonalar tomonidan uch oy mobaynida, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar tomonidan esa — olti oy mobaynida bank hisob raqamlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazgan holda moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan hollarda tijorat banklari uch kun muddatda u hisobga qo‘yilgan joydagi soliq xizmati organiga axborot taqdim etadi, axborotda quyidagilar ko‘rsatiladi:
mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarning, kreditorlar ro‘yxati ko‘rsatilgan holdagi 2-kartotekaning mavjudligi;
Bank hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida sudning tegishli qarori taqdim etilgan taqdirda banklar keyingi ish kunidan kechikmay xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlarini yopadilar.
Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yopilayotgan hisob raqamlaridagi mablag‘lar qoldiqlari foydalanish huquqisiz tijorat banklari tomonidan maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi, xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa ko‘zda tutilmagan holatlar alohida hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar nomiga tushgan mablag‘lar ularning bankdagi hisob raqamlari yopilgandan keyin foydalanish huquqisiz maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Foydalanish huquqisiz maxsus hisob raqamlarida jamlangan mablag‘lar tijorat banklari tomonidan birinchi navbatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjetdan va budjetdan tashqari fondlardan qarzini to‘lashga, qolgan summa esa — to‘lovlarning kalendar navbati bo‘yicha ularning kreditorlik qarzini to‘lashga yo‘naltiriladi”;
v) 2.7-bandning ikkinchi xatboshidagi “shuningdek bankka xo‘jalik yurituvchi subyektning yopilgan hisob raqamlarini tiklash to‘g‘risida tegishli xat yuboriladi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qarorining 7-bandi beshinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 58-modda) chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 929-modda)
26. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
“ushbu qarorda belgilangan jarima sanksiyalari qo‘llangan taqdirda, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzlarni undirish muddatlaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar-rezidentlarga nisbatan aynan o‘sha kontraktlar bo‘yicha takroriy sanksiyalar qo‘llanmaydi”;
“6. Yuridik shaxs-rezidentning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarima sanksiyalarini undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/185/0864-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
29. Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 62-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
“auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish, ko‘rsatib o‘tilgan litsenziyalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish, to‘xtatish va ularni bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilish”;
“Majburiy auditorlik tekshirishni o‘tkazishdan bo‘yin tovlash sababi yuzasidan auditorlik xulosasi mavjud bo‘lmaganda xo‘jalik yurituvchi subyektga jarima sud tartibida, uning tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi aybi tan olinganda va jarima ixtiyoriy ravishda to‘langanda esa — soliq organi tomonidan solinadi”;
“10. Soliq organlarining mansabdor shaxslari majburiy auditorlik tekshirishini o‘tkazmagan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni qo‘llamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”;
Keyingi tahrirga qarang.
“3. Litsenziyalovchi organning auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish, berishni rad etish, uning amal qilishini to‘xtatish, uni bekor qilish, amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish yoki litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi qarori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi”;
“28. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga yoxud o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish yoki to‘xtatish to‘g‘risida sudga murojaat qilishga haqlidir”;
“29. Litsenziyaning amal qilishi auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlarining buzilganligi aniqlangan, shuningdek litsenziyalovchi organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmagan taqdirda to‘xtatib turilishi mumkin.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori u qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yozma shaklda auditorlik tashkilotiga yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilaydi. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etish uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas”;
“31. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etishda litsenziyalovchi organ yoki litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud ko‘rsatib o‘tilgan holatlarning bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart”;
32-banddagi “amal qilishini to‘xtatadi” so‘zlari “amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
auditorlik tashkilotining faoliyati qayta tashkil etish natijasida to‘xtatilganda, u qayta o‘zgartirilgan hollardan tashqari;
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzilganda;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etilmaganda;
Litsenziyaning amal qilishini ushbu bandning beshinchi—yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatish sud qaroriga ko‘ra, boshqa hollarda esa — litsenziyalovchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, asosli sababi ko‘rsatilgan holda, u qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Litsenziya uning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida litsenziyalovchi organga va yo‘q qilish uchun qaytariladi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab to‘xtatiladi”.
“Litsenziyani ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda bekor qilish sud tartibida, boshqa hollarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi”;
“Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi”;
“37. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, yangilash, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak”.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizomda:
g) 41-bandning ikkinchi xatboshidagi “litsenziyani olish bilan bir vaqtda” so‘zlaridan keyin “yoxud har yili teng ulushlarda” so‘zlari qo‘shilsin;
birinchi xatboshidagi “to‘xtatib turishi” so‘zlaridan oldin “o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga” so‘zlari qo‘shilsin;
“Litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi”;
e) 46-banddagi “to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror” so‘zlaridan oldin “o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga yoki litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi” so‘zlari qo‘shilsin;
“47. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yozma shaklda, asosli sababi ko‘rsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi”;
“Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak”;
“Litsenziyaning amal qilishi ushbu bandning to‘rtinchi—oltinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga ko‘ra, boshqa hollarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga ko‘ra to‘xtatiladi”;
“50. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yozma shaklda, asosli sababi ko‘rsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi”;
“Litsenziya ushbu bandning to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga ko‘ra, boshqa hollarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi”;
“Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yozma shaklda, asosli sababi ko‘rsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror litsenziat tomonidan olingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida litsenziya litsenziyalovchi organga va yo‘q qilish uchun qaytariladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
31. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarorining 3-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda):
“belgilangan savdo qoidalari buzilgan, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanilmagan va naqd pul mablag‘lari bank kassalariga o‘z vaqtida topshirilmagan hollarda shaharlar va tumanlar hokimliklari soliq organlarining taqdimnomasiga ko‘ra chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish uchun berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yadi yoxud o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki ruxsatnomalarni bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi”.
32. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarorining 6-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 24-modda):
a) birinchi xatboshidan “va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi xatboshidagi “musodara qilinadi” so‘zlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkaziladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda):
ikkinchi xatboshidan “va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalarning amal qilishini to‘xtatishgacha bo‘lgan” so‘zlari “shu jumladan chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish uchun berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatish bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-banddan “Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidan “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
5-bandning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidan “tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6-bandning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidan “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
10-bandning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidan “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari chiqarib tashlansin.
34. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 69-modda):
a) 1-ilovada “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini taftish qilish bo‘limi” ustuni “Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi” ustuni bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
35. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“29. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi hafta mobaynida savdo aylanmasi mavjud bo‘lmagan yoki naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilgan taqdirda xizmat ko‘rsatuvchi bank axboroti asosida davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga ko‘ra o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin. Ruxsatnomani bergan tuman (shahar) hokimligi ruxsat guvohnomasining amal qilishini tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tovarlar olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan taqdirda tiklashi mumkin. Ruxsat guvohnomasining amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi”.
36. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 31-bandi yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
Keyingi tahrirga qarang.
38. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarining 26-bandi to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ruxsat guvohnomasini olib qo‘yish va bekor qilish, shuningdek uning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yish va to‘xtatish ularni berish vakolatiga ega bo‘lgan organning murojaati bo‘yicha sud tartibida, o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish esa — ularni berishga vakolatli bo‘lgan organning qarori bo‘yicha amalga oshiriladi. Mazkur Qoidalarga rioya qilinishini tekshirish dalolatnomalari yoki vakolatli davlat organlarining taqdimnomalari sudga murojaat qilish uchun asos hisoblanadi. Ayni bir qonun buzilishi uchun bir necha sanksiya qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.
39. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
42. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomda:
43. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
b) 39-bandning birinchi xatboshidan “litsenziyalovchi organ tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
44. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
45. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 191-modda)
48. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 97-modda) 1-ilovaning 13-bandi chiqarib tashlansin.
49. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 27-oktabrdagi 467-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 101-modda) ilovaning 4-bandi chiqarib tashlansin.
50. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 31-oktabrdagi 477-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 106-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(50-bandining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
51. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
54. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 124-modda):
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
“litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
49-bandning birinchi xatboshidan “litsenziyalovchi organning qaroriga ko‘ra” so‘zlari chiqarib tashlansin;
50-bandning birinchi xatboshidan va 51-bandning birinchi xatboshidan “litsenziyalovchi organning qaroriga ko‘ra” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) “100 foizi miqdorida” so‘zlari “50 foizi miqdorida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 880-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/880/2124-son)
57. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“huquqiy ta’sir ko‘rsatish chorasi sifatida akkreditatsiya qilish va attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish, ko‘rsatib o‘tilgan guvohnomalarni bekor qilish yoki o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sudga murojaat qilish”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
59. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi “b” kichik bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘llash tartibini tasdiqlash haqida” 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 19-martdagi 123-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 31-yanvardagi 53-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 27-oktabrdagi 467-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 101-modda).