Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli “Energetika sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-avgustdagi PQ-446-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006—2008-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 10-iyuldagi PQ-407-sonli qarorining 3-ilovasidagi 46-pozitsiyasi quyidagi mazmundagi 46-1 va 46-2-pozitsiyalarga almashtirilsin:
| 46-1 | 3-1 | “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AK | Toshkent sh. | 51,00 | - | 44,62 |
| 46-2 | 3-2 | “Oʻzgeoburgʻuneftgaz” AK | Qarshi sh. | 51,00 | - | 44,62 |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (F.X. Otaxonov) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-noyabr,
PQ-506-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)