30.10.2006 yildagi PQ-500-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V.P. Chkalov nomidagi toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati salohiyatidan yanada samarali foydalanish, zamonaviy raqobatbardosh aviatsiya texnikasini barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ta’kidlansinki, so‘nggi yillarda V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (“Chkalov nomidagi TAICHB” DAJ) tomonidan shovqin, emissiya va aniq navigatsiya bo‘yicha IKAO talablariga to‘liq javob beradigan transport hamda yo‘lovchi tashuvchi yangi avlod samolyotlarini muntazam ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Chkalov nomidagi TAICHB” DAJning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishi etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikamizda aviatsiya va boshqa raqobatbardosh texnika ishlab chiqarishni rivojlantirish, jumladan ichki havo yo‘nalishlaridagi eskirgan samolyotlar parkini almashtirish maqsadida uzoq istiqbolni nazarda tutgan holda Il-114 turkumdagi samolyotlar ishlab chiqarishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashmaning eksport salohiyatini oshirish va moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya sanoatida muhandislar va boshqaruvchi kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tizimli asosda tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 9-iyuldagi PQ-668-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 27-28-son, 282-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi 2010-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatgacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha rivojlanish prognozlari rejasiga muvofiq samolyotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan import qilinadigan butlovchi buyum va materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital ta’mirlash uchun respublika hududiga olib kelinadigan hamda xorijiy pudratchilar kuchi bilan ta’mirlash va ishlov berishni tugatish maqsadida respublikadan tashqariga vaqtincha olib chiqiladigan samolyotlar tarkibidagi butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
An-24 va Yak-40 samolyotlari parkini almashtirish maqsadida “Pratt Uitni” dvigatelli va “Kollinz” avionikali Il-114-100 samolyotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishni uzoq muddatli imtiyozli kreditlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chkalov nomidagi TAICHB” DAJda Il-114 samolyotlari uchun trenajer majmuasini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “Chkalov nomidagi TAICHB” DAJ Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda birlashma Nizomiga tegishli o‘zgartishlar kiritish va amaldagi qonun hujjatlari hamda mazkur qaror talablariga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari E.R. Shoismatov va R.S. Azimov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-500-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 45-son, 439-modda; 2007-y., 27-28-son, 282-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)