20.09.2006 yildagi O‘RQ-53-son
Hujjat 19.04.2017 sanasi holatiga
Hujjat 21.04.2021 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
MIKROKREDIT TASHKILOTLARI TOʻGʻRISIDA
MIKROKREDIT TASHKILOTLARI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 28-iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda maʼqullangan

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi mikrokredit tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
2-modda. Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Mikrokredit tashkiloti
3-modda. Mikrokredit tashkiloti
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.

Mikrokredit tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli.

Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sugʻurta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shugʻullanishga haqli emas.

4-modda. Mikrokredit tashkilotlarini tashkil etish

Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikka muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, boshqa mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.

5-modda. Mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlari

Mikrokredit tashkiloti taʼsis hujjatlari asosida faoliyat koʻrsatadi.

Mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Mikrokredit tashkilotining taʼsis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyat toʻgʻrisidagi;

boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari toʻgʻrisidagi;

mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun mablagʻlarni shakllantirish manbalari toʻgʻrisidagi;

mikrokredit tashkilotida audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi.

6-modda. Mikrokredit tashkilotining ustav fondi

Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablagʻlaridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi.

Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablagʻlardan va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablagʻlaridan shakllantirilgan boʻlishi kerak.

7-modda. Mikrokredit tashkilotining firma nomi va muhri

Mikrokredit tashkilotining firma nomida “mikrokredit tashkiloti” soʻz birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga oʻxshash boʻlmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs oʻz nomida “mikrokredit tashkiloti” soʻz birikmasidan foydalanishga haqli emas.

Mikrokredit tashkiloti oʻzining firma nomi davlat tilida toʻliq yozilgan hamda joylashgan yeri koʻrsatilgan muhriga ega boʻlishi kerak. Muhrda ayni vaqtning oʻzida firma nomi boshqa tilda ham koʻrsatilishi mumkin.

Mikrokredit tashkiloti oʻz nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va oʻz emblemasiga ega boʻlishga haqlidir.

8-modda. Mikrokredit tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Mikrokredit tashkilotlari qonunchilikka muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
9-modda. Mikrokredit tashkiloti faoliyatini litsenziyalash

Mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi.

Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida qabul qilinadi.

10-modda. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

litsenziya berish haqidagi ariza;
litsenziya berish haqidagi ariza;
mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati.

11-modda. Litsenziya berishni rad etish
11-modda. Litsenziya berishni rad etish
Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan va ularda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.
Taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan va ularda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.

Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.

Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
12-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish

Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:

mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;
mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;
mikrokredit tashkiloti tomonidan uning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganda.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:

mikrokredit tashkiloti toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolganda;

mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining, belgilangan iqtisodiy normativlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot maʼlumotlari buzib koʻrsatilganda;
mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning, belgilangan iqtisodiy normativlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot maʼlumotlari buzib koʻrsatilganda;
mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan eʼtiboran olti oydan ortiq kechikkanda.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror qonunga muvofiq boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mikrokredit tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan hollarda amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda mikrokredit tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan hollarda amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishga yangidan vujudga kelgan mikrokredit tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida litsenziyasi mavjud boʻlgan mikrokredit tashkilotlari qoʻshib yuborilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, litsenziya bekor qilinadi.

Litsenziyaning bekor qilinishi mikrokredit tashkilotining ilgari amalga oshirgan operatsiyalari haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmaydi.

121-modda. Mikrokredit tashkilotining huquqlari

Mikrokredit tashkiloti:
Mikrokredit tashkiloti:
qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini taʼminlash sharti bilan yoki bunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga;

buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmat koʻrsatishni asoslantirilgan holda rad etishga;

mikromoliyaviy xizmat koʻrsatish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan soʻrab olishga;

maqsadli mikrokredit oʻz vaqtida toʻlanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga;

maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatishga;

mikrokredit tashkilotining qarz oluvchilari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga;

mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun ushbu Qonunga muvofiq mablagʻlar jalb etishga haqli.

Mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
122-modda. Mikrokredit tashkilotining majburiyatlari
122-modda. Mikrokredit tashkilotining majburiyatlari
Mikrokredit tashkiloti:
Mikrokredit tashkiloti:
buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻgʻrisida, shuningdek koʻrsatiladigan mikromoliyaviy xizmat boʻyicha foiz stavkasi haqida toʻgʻri hamda toʻliq axborotni yozma shaklda xabar qilishi;

shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishi;

shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida qarz oluvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi;

belgilangan eng kam miqdordan past boʻlmagan ustav fondiga ega boʻlishi;

moliyaviy va kassa operatsiyalari oʻtkazish qoidalariga, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi;

qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa hujjatlarni yuritishi;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa hujjatlarni yuritishi;
hisobotni belgilangan tartibda oʻz vaqtida taqdim etishi;

tekshirish oʻtkazish uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi shart.

Mikrokredit tashkilotining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Mikrokredit tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
13-modda. Mikrokredit tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar

Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishi mumkin:

mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;

qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);

mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi);

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan isteʼmol kreditlari berish.
qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan isteʼmol kreditlari berish.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti:
Mikrokredit tashkiloti:
qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga;

jismoniy shaxslardan qarz mablagʻlarini jalb qilishga, bundan oʻz muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno;

mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblashga, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirishga, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllashga;
oʻz muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari boʻyicha kafil boʻlishga yoki kafolat beruvchi boʻlishga, shuningdek ularga oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas.

14-modda. Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun mablagʻlarning manbalari

Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatadi:

oʻz mablagʻlari, shu jumladan olgan daromadlari;

investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablagʻlar;

banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari;

xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablagʻlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga doir vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda:
mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari oʻtkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek iqtisodiy normativlarni belgilaydi;

koʻrsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar uchun foizlarni hisoblash tartibini tasdiqlaydi;

mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
mikrokredit tashkilotining faoliyatini auditdan oʻtkazishga doir talablarni belgilaydi;

mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;

mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari va belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha jarima undiradi;
mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari va belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha jarima undiradi;
mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar oʻtkazishni uch oygacha boʻlgan muddatga cheklaydi;

mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turadi yoki tugatadi yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtiradi va bekor qiladi.

151-modda. Ichki audit xizmati
151-modda. Ichki audit xizmati
Aktivlarining balans qiymati bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan mikrokredit tashkilotida mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining qarori bilan ichki audit xizmati tashkil etiladi.

Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining faqat yuqori boshqaruv organiga hisobdordir. Ichki audit xizmatining rahbari va boshqa xodimlari mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tayinlanadi.

Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va filiallari ishini ular tomonidan qonun hujjatlariga, taʼsis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida maʼlumotlar toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanishini, moliya-xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarni, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish va monitoring qilish yoʻli bilan nazorat qilishni hamda baholashni amalga oshiradi.
Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va filiallari ishini ular tomonidan qonunchilikka, taʼsis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida maʼlumotlar toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanishini, moliya-xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarni, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish va monitoring qilish yoʻli bilan nazorat qilishni hamda baholashni amalga oshiradi.
Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.

16-modda. Mikrokredit tashkilotining filiallari

Mikrokredit tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli.

Mikrokredit tashkilotining filiali oʻz faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.

161-modda. Mikrokredit tashkilotlarida axborotning maxfiyligi

Mikrokredit tashkilotlari oʻz qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy operatsiyalari hamda hisobvaraqlari boʻyicha axborotning maxfiyligini kafolatlaydi. Mikrokredit tashkilotining boshqaruv organlari aʼzolari, ichki audit xizmati va ijro etuvchi organi xodimlari mikrokredit tashkilotining, uning qarz oluvchilarining operatsiyalari va hisobvaraqlari boʻyicha, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalar boʻyicha sirni saqlashi shart.

Maxfiy axborot oʻziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan bu axborot oʻziga maʼlum boʻlib qolgan shaxslar uni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Mikrokredit tashkilotlariga nisbatan bank siri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
Mikrokredit tashkilotlariga nisbatan bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
17-modda. Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish

Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
18-modda. Nizolarni hal etish
18-modda. Nizolarni hal etish
Mikrokredit tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Mikrokredit tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
19-modda. Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
19-modda. Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
20-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.

21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2006-yil 20-sentabr,
2006-yil 20-sentabr,
OʻRQ-53-son
OʻRQ-53-son