LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 19-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi tomonidan yoxud nazorat tartibida bekor qilingan bo‘lsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan ko‘rishda ishtirok eta olmaydi, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish hollari bundan mustasno.
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.
Ishni nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi”.
LexUZ sharhi