Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “ARXIV IShI BOʻYIChA MEʼYORIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 1999 YIL 30 OKTYABRDAGI 482-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga quyidagi tahrirdagi birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni”;
birinchi—oʻn uchinchi xatboshi tegishli ravishda ikkinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
131-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 251-modda)