O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-sonli Farmoniga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi Farmon va qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
PF-3767-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon va fermer xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 18-martdagiPF–1737-sonli Farmoni 5-bandining uchinchi xatboshisidagi birinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF–1987-sonli Farmoni 8-bandidagi “Tadbirkorbank” so‘zi “Mikrokreditbank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF–2107-sonli Farmoni13-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘ztadbirkorbank”ka” so‘zi “Mikrokreditbank” ATBga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 23-dekabrdagi PF–3367-sonli Farmoni 2-bandining:
birinchi xatboshisidagi “Tadbirkor” ATBga topshiriladigan mablag‘lar” so‘zlari “Tadbirkorbank” ATB negizida tashkil etilgan “Mikrokreditbank” ATBga topshirilgan mablag‘lar” deb o‘zgartirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Tadbirkor” ATB” so‘zlari “Mikrokreditbank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 16-noyabrdagi PF–3680-sonli Farmoni ilovasining 22-bandidagi “O‘ztadbirkorbank” so‘zi “Mikrokreditbank” so‘zi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 11-maydagi PF-3876-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 19-20-son, 191-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ–255-sonli qarori 5-ilovasining 28-bandidagi “Tadbirkor” so‘zi “Mikrokreditbank” so‘zi bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 246-modda; 2007-y., 19-20-son, 191-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)