Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2011
Hujjat 11.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 8-son, 39-modda) va 2005-yil 23-sentabrdagi PF-3662-sonli “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 283-modda) farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda) va 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-sonli “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ular uchun o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilinishi uchun iste’molchilarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda) qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qarorlari to‘plami, 1999-y., 2-son, 9-modda), 2000-yil 21-sentabrdagi 364-sonli “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qarorlari to‘plami, 2000-y., 9-son, 61-modda), 2001-yil 18-apreldagi 178-sonli “Aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qarorlari to‘plami, 2001-y., 4-son, 23-modda), 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda) qarorlariga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish bo‘yicha nizom” (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi