Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2024 01.05.2006 yildagi PQ-338-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PF-83-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida qabul qilingan futbolni rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston futbol jamoalariga xalqaro maydonda sezilarli yutuqlarga erishish imkonini berdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi, “Paxtakor” (Toshkent), “Neftchi” (Farg‘ona), “Nasaf” (Qarshi) klublari shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga Sport inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturining amalga oshirilishi tufayli respublikada har yili zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan stadionlar soni ko‘paymoqda. Eng qobiliyatli yosh sportchilarni aniqlash va kelgusida ulardan yuqori malakali futbolchilar tarbiyalash imkonini beradigan iqtidorli sportchi yoshlarni qidirib topish va tayyorlash tizimi tobora takomillashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, keyingi yillarda milliy chempionat nufuzini va maqomini oshirish, yuqori klassli futbolchilarni va sport zaxirasini tayyorlashni tashkil etish va ta’minot ishlari susaydi, O‘zbekiston futbol jamoalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatimiz homiylari va donorlarining faolligi pasaydi. “Do‘stlik” (Toshkent viloyati) va MHSK (Toshkent) futbol klublari faoliyatini to‘xtatdi. Ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan “Qo‘qon-1912”, “Surxon” (Termiz), “Zarafshon” (Navoiy) futbol jamoalari mashhurligini yo‘qotmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kamchiliklar hozirgi vaqtda yetarli moddiy-texnika bazasiga, mablag‘ bilan ta’minlash manbalariga, shuningdek, malakali xodimlarga ega bo‘lmagan bir qator viloyat futbol federatsiyalari ishlarining sustligi oqibatidir. Viloyatlarda bolalar-o‘smirlar jamoalari o‘rtasida o‘quv mashg‘ulotlari jarayonining va musobaqalarning past saviyada tashkil etilayotganligi tegishli futbol federatsiyalari ishlarining sustligi, ayrim mintaqalarda esa — ularning ishdan o‘zini chetga olishlari hamda bunga viloyat, shahar hokimliklari tomonidan e’tibor berilmayotgani bilan bevosita bog‘liqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbolni rivojlantirish uchun yordam ko‘rsatish va zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan futbol klublarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, stadionlarni FIFA talablariga muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Futbol federatsiyasini va futbol klublarini o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga o‘tkazish, jahon va Osiyo qit’asi chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan yuqori klassli futbolchilar tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, mamlakatimiz futbolining ommaviylik darajasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ko‘rsatayotgan futbol klublarini qayta tashkil etish yo‘li bilan mulkchilikning turli shakllaridagi professional futbol klublarini tashkil etish to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira tayyorlash uchun professional futbol klublarining o‘z tuzilmasiga bolalar-o‘smirlar futbol maktablarini kiritishni majburiy deb hisoblash haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar respublika maktabini tashkil etish, shuningdek Toshkent shahrida Rossiya trenerlar oliy maktabi filialini ochish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari bilan birga tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, professional futbol klublari tomonidan tashkil etilishi va u quyidagilarni ta’minlashi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz ommaviy va professional futbolini rivojlantirishga, professional futbol klublarini tashkil etish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har tomonlama ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol jamoalarining alohida namuna ko‘rsatgan iqtidorli o‘yinchilarini moddiy rag‘batlantirish va taqdirlash tizimini yaratish, qobiliyatli yoshlarni futbolga jalb etish, futbolchilar yangi avlodining ishonchli zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba almashishda hamda O‘zbekiston futbolchilari, trenerlar va hakamlar tarkibining professional mahoratlarini oshirishda chet el futbol klublari va federatsiyalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori klassli futbolchilar va sport zaxirasini tayyorlashning samarali metodlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar o‘tkazishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz futbolini rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy homiylarni, manfaatdor korxonalar va jamoat tashkilotlarini hamkorlik qilishga jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, professional futbol klubini tashkil qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari, sport tashkilotlari, shuningdek, tijorat tuzilmalari, yuridik va jismoniy shaxslardan iborat muassislar tomonidan ularning shakllantirilayotgan klublar tashkiliy va moliyaviy masalalarini hal etishdagi imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol bo‘yicha oliy sport mahorati respublika maktabini, uni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi tasarrufiga o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga bolalar-o‘smirlar futbol maktablarining ishlarini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini yaxshilash yuzasidan takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar respublika maktabini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Paxtakor” OAJning erkin sotish uchun mo‘ljallangan aksiyalarining 49 foizini “Paxtakor” Futbol klubi” qo‘shma korxonasiga uning tomonidan stadionni hamda kompleksning boshqa sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha aniq investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda belgilangan tartibda topshirish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Professional futbol klublari hamda Futbol federatsiyasi va uning hududiy bo‘linmalari 2006-yil 1-apreldan boshlab uch yil muddatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, stadionlarni rekonstruksiya qilish va futbol klublarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan chetdan keltiriladigan jihozlar, asbob-uskunalar hamda materiallar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va yig‘imlarning barcha turlarini to‘lashdan (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) bo‘shaydigan mablag‘larni futbolni rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirgan holda ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda mamlakatda ommaviy futbol harakati rivojlanishini, eng yaxshi futbol klublari, sport maktablari, jismoniy tarbiya jamoalari, mutaxassislar va trenerlar faoliyatini muntazam ravishda va keng yoritsin, rasmiy futbol o‘yinlari o‘tkazilishini targ‘ib etsin va reklama qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston chempionati hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinlarini translyatsiya qilish uchun televizion huquqlarga ega bo‘lish yuzasidan shartnoma tuzish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-338-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 148-modda; 2017-y., 20-son, 354-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)