ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Yoshlarning bandligiga koʻmaklashish hamda ularni doimiy ish bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.04.2023 yildagi PF-61-son

Farmonga muvofiq:

1) 2023 yil 1 maydan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to‘liq qoplab berilishi belgilab qo‘yildi.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi;

2) Ish beruvchilarga ijtimoiy soliq summasining qoplab berilishi 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan transfertlar hisobidan amalga oshirilishi belgilandi;