Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKChILIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, № 31—33, 371-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli.”;
uchinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
ikkinchi bandining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mulkdor oʻziga tegishli mol-mulkka oʻz ixtiyoriga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi”;
ikkinchi bandining ikkinchi qismi “qonun” degan soʻzdan keyin “hujjatlari” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos boʻlgan mulkning qay shaklda ekanligidan qati nazar, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan taʼminlanadi”;
beshinchi bandi “zarar yetkazmasligi” degan soʻzlardan keyin “jismoniy, yuridik shaxslarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin; “fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. Qonun quyidagi mazmundagi 2-modda bilan toʻldirilsin:
“2-modda. Mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunlar
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi”.
4. 2, 3, 4 va 5-moddalar tegishincha 3, 4, 5 va 6-moddalar deb hisoblansin.
birinchi bandi “inshootlar” degan soʻzdan keyin “mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin: unumli va ijodiy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-modda. Mulkiy huquq subyektlari
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va oʻzga birlashmalari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha boʻgʻindagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar aynan bitta mulkning subyektlari boʻlishi mumkin”.
7. 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Mulk shakllari
1. Oʻzbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda boʻladi:
xususiy mulk;
shirkat (jamoa) mulki;
maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki;
aralash mulk;
boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.
2. Oʻzbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi”.
birinchi va ikkinchi bandlaridan tegishincha “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” va “Qoraqalpogʻiston Respublikasining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi bandidagi “fuqarolar”, “fuqarolarning”, degan soʻzlar tegishincha “jismoniy shaxslar”, “jismoniy shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. II boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
II BOʻLIM. XUSUSIY MULK
7-modda. Xususiy mulk
1. Xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qoʻllashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor oʻz mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qoʻygan mablagʻlaridan, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlardan kelgan daromadlardan, meros boʻyicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan oʻzga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega boʻlishlari hisobiga hosil etiladi va koʻpayib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yoʻl qoʻyiladi.
4. Fuqaro oʻzining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi.
5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning aʼzosi foydalanish uchun oʻziga berib qoʻyilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom toʻlagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qoʻlga kiritadi.
Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila aʼzolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir.
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga – sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
6. Xususiy mulk oʻz mol-mulkini sarmoya sifatida oʻrtaga qoʻyish, davlat, kooperativ va oʻzga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yoʻl qoʻyiladigan oʻzga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi.
7. Xususiy mulk boʻlishi mumkin boʻlmagan obyektlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.
10. 9, 10, 11, 12, 13 va 14-moddalar tegishincha 8, 9, 10, 11, 12 va 13-moddalar deb hisoblansin.
11. III boʻlimning nomi va 8-moddaning birinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III BOʻLIM. ShIRKAT (JAMOA) MULKI
8-modda. Umumiy qoidalar
1. Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek kooperativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini oʻz ichiga oladi”.
8-moddaning ikkinchi bandidan “aksiyadorlar jamiyati” degan soʻzlar chiqarib tashlanadi.
8-moddaning uchinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi”.
12. 9-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oila aʼzolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila aʼzolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-roʻzgʻor va yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, oʻzga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va isteʼmol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni oʻz ichiga olishi mumkin”;
ikkinchi qismidan “shaxsiy va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
birinchi bandidagi “korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ixtiyoriy toʻlovlari va moddiy yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moliyaviy mablagʻlar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat” degan soʻzlar “yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yoʻsinidagi yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
uchinchi bandi “oʻrtasida” degan soʻzdan keyin “ustavda nazarda tutilgan tartibda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
birinchi bandidagi “kollektivining” degan soʻz “kollektivi aʼzolarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 14-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14-modda. Xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki
1. Yuridik shaxs hisoblangan xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qoʻshgan hissasi hisobidan, xoʻjalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qoʻlga kiritilgan mol-mulkdan hosil boʻladi.
2. Xoʻjalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qoʻshgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar, oʻzga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, xoʻjalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari boʻlishi mumkin.
4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil boʻlgan, shuningdek oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkning egasidir.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiya egalari boʻlishlari mumkin.
Davlat korxonasi vakolat berilgan davlat idorasining qaroriga asosan korxonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aksiya chiqarib, aksiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aksiyalarni sotishdan olingan mablagʻ davlat korxonasining qoplanganidan keyin tegishli budjetga tushadi.
17. 15 va 16-modda chiqarib tashlansin; 17, 18, 19, 20, 21, 22 va 23-moddalar tegishincha 15, 16, 17, 18, 19, 20 va 21-modda deb hisoblansin.
birinchi qismidan “aksiyalar, boshqa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidan “agar ularni toʻlash ustavlarda koʻzda tutilgan boʻlsa;”, “ustavga muvofiq” va “leksiyalar, koʻrgazmalar, sport va boshqa tadbirlardan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismida “davlat va jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan” degan soʻzlar “milliy xavfsizlik manfaatlarini koʻzlab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismida “chet eldan” degan soʻzlar “oʻzga davlatlardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismida “xorijiy tashkilotlar va fuqarolardan” degan soʻzlar “oʻzga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi qismida “koʻzda tutilgan” degan soʻzlar “man etilmagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismida “chet eldan keladigan va chet elda boʻlgan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkiga maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (maʼmuriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar”;
ikkinchi va uchinchi bandlaridagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining” va “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmunda boʻlgan toʻrtinchi band bilan toʻldirilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xoʻjalik faoliyati natijalariga har bir davlatning maʼlum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin.
Davlatlararo manfaatlarga daxldor boʻlgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi”.
21. 19-modda:
nomidagi “Jumhuriyat” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi bandining uchinchi qismidagi “hokimiyat va” degan soʻzlar “davlat hokimiyati va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi bandining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy oʻquv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi boshqa mol-mulklari kiradi”;
ikkinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Davlat talab-ehtiyojlarini taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi”.
22. 20 va 21-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20-modda. Davlat mulkining subyekti
Oʻzbekiston Respublikasi xalqi davlat mulkining subyektidir. Mulkiy huquqni xalq nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi subyektlarining respublika sarhadlaridan tashqaridagi mulki
Oʻzbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan boʻlsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek xalqaro huquq meʼyorlari bilan tartibga solib turiladi”.
23. 24, 25 va 26-moddalar chiqarib tashlansin;
27, 28, 29, 30, 31 va 32-moddalar tegishincha 22, 23, 24, 25, 26 va 27-moddalar deb hisoblansin.
24. 22-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilma mulki (kommunal mulk) obyektlari
Mahalliy budjet hisobidan vujudga keltirilgan hamda sotib olingan, shuningdek davlat mulkidan oʻtkazilgan va mahalliy ahamiyatga molik boʻlgan mol-mulk viloyat, tuman, shahar yoki boshqa maʼmuriy-hududiy tuzilma mulkining obyektidir. Davlatning mutlaq mulkiga taalluqli obyektlar kommunal mulk hisoblanmaydi”.
birinchi gapdagi “maʼmuriy-territorial tuzilma” degan atama “maʼmuriy-hududiy tuzilma” degan atama bilan almashtirilsin;
ikkinchi gap quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mulkiy huquqni roʻyobga chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar”.
26. 24-moddaning ikkinchi va uchinchi bandlari chiqarib tashlansin.
birinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Soliqlar va boshqa budjetga toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin davlat korxonasida qoladigan foydaning (daromadning) bir qismi (sof foyda) korxona mehnat jamoasi aʼzolarining mulkiga aylanib, undan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga va korxona ustaviga muvofiq foydalaniladi”;
ikkinchi bandi “foyda” degan soʻzdan keyin “daromad” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aralash mulkning oʻz mablagʻlarini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi”.
29. V boʻlim quyidagi mazmundagi 28-modda bilan toʻldirilsin:
“28-modda. Qoʻshma korxonalar mol-mulki
“Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslari ishtirokidagi qoʻshma korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari shaklida barpo etilib, ular taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishlari mumkin”.
30. VI boʻlimning nomidagi “Qoʻshma korxonalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
31. 33-modda chiqarib tashlansin.
32. 34, 35, 36, 37, 38, 39 va 40-moddalar tegishincha 29, 30, 31, 32, 33, 34 va 35-moddalar deb hisoblansin.
33. 29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29-modda. Chet el fuqarolarining mulki
Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin oʻtkazilishini kafolatlaydi”.
34. 30-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30-modda. Chet el yuridik shaxslarining mulki
Chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyatlarini va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan oʻz mulklariga ega boʻlishga haqlidirlar. Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. Mulkni koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish qonunan taʼminlanadi”.
“ijtimoiy-madaniy” degan soʻzlardan keyin “xayriya” degan soʻz bilan toʻldirilsin; “Ularning mol-mulkini asrash, koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish imkoniyatlari kafolatlanadi” degan jumla bilan tugatilsin.
36. 32-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32-modda. Mulkiy huquqning kafolati
1. Oʻzbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni koʻpaytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi”.
uchinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mulkiy huquqni himoya qilish sud yoki xoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi”.
birinchi bandning ikkinchi qismidagi “davlat hakamligi yoki boshqa betaraf sud” degan soʻzlar “yoki xoʻjalik sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi bandning uchinchi qismidagi “sudning, davlat hakamligining” degan soʻzlar “sudning yoki xoʻjalik sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
851-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)