|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“MAHALLIY SOLIQLAR VA YIGʻIMLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qarorOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 24-apreldagi 397-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni eʼlon qilinishi bilanoq amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1993-yil 26-maydagi 101(606)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonunga muvofiq 1993-yilning oxirigacha qonun hujjatlarining loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga kiritsin.
uch oy muddat ichida zarur qarorlar qabul qilsin hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga zid keladigan hukumat va idoraviy meʼyoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqilishi va bekor qilinishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
844-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 228-modda)