|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.10.2013
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“QURILISh SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN YuRIDIK ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 8-MODDASIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 11-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 2-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2005-yil 2-dekabrda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi 173-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 21-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda) 8-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“arxitektura va qurilish hududiy bosh boshqarmalarining boshliqlari hamda davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari egadirlar”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2005-yil 16-dekabrdagi 246 (3791)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-dekabr,
OʻRQ-12-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 366-modda)