Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARINI
OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasining isteʼmol bozorini himoya qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 22-dekabrdagi 584-son qarori, 7-bandidan boshqa;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasining isteʼmol bozorini himoya qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 22-dekabrdagi 584-son qarorini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1993-yil 4-fevraldagi 54-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini tartibga solish va respublika isteʼmol bozorini himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-maydagi 204-son qarori 2-bandining tovarlarni kuponlar boʻyicha realizatsiya qilish qismi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1993-yilda kuponlar berishning yangi tabaqalashtirilgan shkalalarini belgilash toʻgʻrisida” 1993-yil 1-iyundagi 262-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-iyundagi 262-son qarorini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1993-yil 1-iyuldagi 329-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini va aholini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 8-iyuldagi 337-son qarorining 2, 3, 4 va 6-bandlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rossiya Markaziy Bankining 1961—1992-yillar namunasidagi SSSR Davlat xazina biletlarini, SSSR Davlat banki biletlarini va Rossiya banki banknotlarini muomaladan chiqarish hamda Rossiya Bankining 1993-yil namunasidagi banknotlarini joriy etish toʻgʻrisidagi qarori bilan bogʻliq chora-tadbirlar haqida” 1993-yil 26-iyuldagi 374-son qarorining 7-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida baravar toʻlov vositasi sifatida “Soʻm-Kuponlar”ni muomalaga kiritish toʻgʻrisida” 1993-yil 12-noyabrdagi 550-son qarorining 3, 4 va 8-bandlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada isteʼmol bozorini himoya qilish va pul muomalasini mustahkamlash borasidagi qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida” 1993-yil 22-noyabrdagi 570-son qarorining 4-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Soʻm-Kuponlar” muomalasi tartibini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 30-noyabrdagi 578-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 27-dekabr,
611-son