Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1997-YIL 16-APRELDAGI 199-SON QARORIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 16-apreldagi 199-son qarorining 9-bandiga quyidagi tahrirda oʻzgartirish kiritilsin:
“Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari—boʻlim boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtirilsin”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-aprel,
143-son