Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, moddiy va protsessual huquq normalarini bir xil qoʻllash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining umumiy masalalar boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud hokimiyati toʻgʻrisida” 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli qarori:
2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasiga muvofiq, birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid boʻlishi mumkin emas”;
13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Sudlar ishlarni va materiallarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga koʻra, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlashi prinsipiga ogʻishmay rioya etishlari shart. Shuni nazarda tutish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi, xususiy mulk daxlsizdir. Shuning uchun sudlar ishlarni koʻrishda davlat organlari va mansabdor shaxslar mulkdorning huquqlarini qanchalik himoya qilayotganligi va ularga rioya etayotganligini aniqlashlari, asossiz tekshirishlar, taftishlar va hokazo faktlarga tegishli munosabat bildirishlari hamda bunday noqonuniy harakatlar natijasida mulkdorga yetkazilgan zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish choralarini koʻrishlari lozim”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash toʻgʻrisida” 2020-yil 21-fevraldagi 04-sonli qarori:
4-bandidagi “sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar” degan soʻzlar “sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga boʻysunadilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Davlat sirini, tijorat sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida ishning yopiq sud majlisida muhokama qilinishiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”, “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishda davlat siri, tijorat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga oid maʼlumotlar mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi”;
19-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat sirlariga doir, (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasi)”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish toʻgʻrisida”gi 2020-yil 3-iyuldagi 11-sonli qarori:
5-bandining uchinchi xatboshisidagi “kassatsiya shikoyati” degan soʻzlar “apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va taftish tartibidagi shikoyat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qoʻshma masalalar boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qarori:
10-bandi quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu qoida kredit qarzdorligini undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻi berilgan hollarga ham tatbiq etiladi”;
30.1-bandi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli qarori:
1-bandi quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlarga tadbirkorlik faoliyati subyektlari, yaʼni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar taalluqlidir”;
birinchi xatboshi tegishlicha ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 26-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 25-moddasi mazmunidan kelib chiqib sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlmagan fuqaro ishtirokidagi nizolar, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga taalluqli. Qonun boʻyicha bunday nizolarni hal etish maʼmuriy sudlar vakolatiga oʻtkazilgan hollar bundan mustasno”;
7-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tekshirish oʻtkazishga asos boʻlgan hujjat bekor qilinganida yoki haqiqiy emas deb topilganida yohud tekshirish qonunda belgilangan asoslar mavjud boʻlmasdan oʻtkazilgan holda, u noqonuniy hisoblanadi va FPK 71-moddasining ikkinchi qismi, IPK 66-moddasining ikkinchi qismi va MSIYUtK 65-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar dalil sifatida qabul qilinmaydi”;
13-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasi birinchi qismining 1-bandiga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat (ariza) bilan murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi. Ushbu qoida mazkur toifadagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinganda ham tatbiq etiladi”;
14-bandi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2023-yil 20-noyabrdagi 28-sonli qarori:
quyidagi mazmundagi 251-band bilan toʻldirilsin:
“251. Fuqarolik kodeksi 382-moddasining birinchi qismida, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Shu munosabat bilan sudlar inobatga olishlari lozimki, prokuror yer uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilish talabi bilan faqat shartnoma taraflari manfaatida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Bunda nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini eʼtiborga olish lozim.
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisidagi qoida yer ijara shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi talabga nisbatan tatbiq etilmasligiga eʼtibor qaratilsin”.
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli qarori:
14-bandining oʻn yettinchi xatboshisidagi “gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini bunday xarajatlardan toʻliq yoki qisman ozod etish” degan soʻzlar “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
31-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Jinoyat-protsessual kodeksi 50-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash chorasini koʻradi.
Bunday hollarda advokat mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 774-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilanadigan tartibda davlat hisobidan qoplanadi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlari boʻyicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti toʻgʻrisida” 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli qarori:
10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Protsessual chiqimlarni undirish masalasini hal etish chogʻida sudlar protsessual qonunchilik bilan bir qatorda “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2023-yil 28-oktabrdagi 570-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga rioya etishlari lozim”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli qarori:
3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “(Qonunning 12-moddasi)” degan soʻzlar “(Qonunning 40-moddasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi toʻgʻrisida” 2014-yil 23-maydagi 07-sonli qarori:
1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “26-moddasi” degan soʻzlar “28-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli qarori:
11-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 4-iyul kuni 3239-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan mol-mulkni baholash milliy standartlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-dekabrda 3487-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini ijro etishga oid qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi 27-sonli qarori:
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Sudlar, mahkum jazoni oʻtashiga monelik qiladigan darajada ogʻir kasal boʻlib qolganida, — u sogʻayguniga qadar kechiktirilgan hukm ijrosi yuzasidan har olti oyda kamida bir marta ekspertiza tayinlagan holda mahkumning sogʻligʻini aniqlash choralarini koʻrishlari lozim”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli qarori:
rus tilidagi matni 21-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari birlashtirilib, yaxlit uchinchi xatboshi shaklida bayon etilsin;
beshinchi xatboshi tegishlicha toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli qarori:
10-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “oqibatida” degan soʻz chiqarib tashlansin;
10-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “undirtirib” degan soʻz “undirib” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida” 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli qarori:
7-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. FK 100-moddasining ikkinchi qismiga asosan manfaatdor shaxs badnom qiluvchi maʼlumotlar uning vafot etgan oila aʼzolari yoki qarindoshlariga nisbatan tarqatilganda ham ularning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini sud orqali himoya qilish huquqiga ega”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda ularga boʻlgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yurgizish) haqidagi arizalarning sudlar tomonidan koʻrilishi toʻgʻrisida” 1992-yil 13-noyabrdagi 5-sonli qarori:
rus tilidagi matni 1-bandi quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“V etom je poryadke podlejat rassmotreniyu zayavleniya o vosstanovlenii prav po ukazannim v nastoyashem punkte dokumentam na predʼyavitelya, vidannim inimi bankami, deystvuyushimi na territorii Respubliki Uzbekistan”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida” 1992-yil 13-noyabrdagi 5-sonli qarori:
qaror raqamidagi “5” raqami “5a” raqami bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 8-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanishi toʻgʻrisida” 1993-yil 16-apreldagi 13-sonli qarori:
5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdor (mahkum)ning voyaga yetmagan farzandlarining mulkiy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar qarzdor boʻlmagan otasi (onasi), vasiy (homiy), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) yoxud prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 1997-yil 2-maydagi 3-sonli qarori:
11-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Turar joyni egalikka, shu jumladan foydalanuvchilardan birining egaligiga berish toʻgʻrisidagi shartnomaning qonuniyligi xususida nizo vujudga kelgan holda, bu shartnoma, shuningdek egalik huquqini beruvchi davlat orderi manfaatdor shaxslarning daʼvo arizalari boʻyicha sud tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi fuqarolik qonunchiligi bilan belgilangan asoslarga muvofiq haqiqiy emas deb topilishi mumkin”;
25-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar daʼvogar davlat boji toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa, daʼvoning qanoatlantirilgan qismidan kelib chiqib uning belgilangan miqdori javobgardan davlat foydasiga undiriladi”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida” 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli qarori:
21-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shunga koʻra bir taraf pul yoki ashyoni qarz uchun berganini daʼvo qilib, ikkinchi taraf uni olganini inkor qilmasdan bu pul yoki ashyo qarzga emas, balki hadya tariqasida bergan deb vaj keltirsa, sud pul yoki ashyoni olgan tarafdan bitim qarz emas, balki hadya bitimi ekanligini tasdiqlovchi dalillarni talab qilishi va shu asosga koʻra nizoni hal qilishi lozim”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli qarori:
10-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsga nisbatan qonunga xilof tarzda maʼmuriy jazo qoʻllanishi hollarida ham maʼnaviy ziyonni undirishni talab qilish huquqi vujudga keladi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli qarori:
2-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “davlat yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8-bandidagi “davlat yoki jamiyat” degan soʻzlar “jamoat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 8-bandidagi “gosudarstvennix ili” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Sud, ishni koʻrishda ishning haqiqiy holatini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama toʻliq va xolisona oʻrganib chiqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining tegishli moddalarida bayon etilgan harakatlarni amalga oshirishi zarur, xususan, taraflar yoki ularning vakillarini suhbatga taklif etishi, ularning mazkur daʼvoga oid barcha dalil hamda eʼtirozlarini va ishni kelishuv bitimi tuzish yoʻli bilan hal etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqishi, zarur hollarda, taraflarga ishni sudda koʻrishga tayyorlash va ish sudda koʻrilayotgan jarayonda ham kelishuv bitimi tuzish yoʻli bilan tugatishni taklif qilishi lozim.”;
24-bandi birinchi va ikkinchi xatboshisidagi “davlat yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
24-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Uy-joy kodeksi 71-moddasining toʻrtinchi — oltinchi qismlarida” degan soʻzlar “Uy-joy kodeksining 9-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli qarori:
rus tilidagi matni 1-bandidagi “soglasno prilojeniyu” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yakka tartibda qurilgan uyga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli qarori:
rus tilidagi matni 1-bandidagi “interesov i oxranyayemix zakonom interesov prav grajdan” degan soʻzlar “prav i oxranyayemix zakonom interesov grajdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli qarori:
22-bandidagi “2009-yil 24-noyabrdagi” degan soʻzlar “2024-yil 16-dekabrdagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida” 2006-yil 22-dekabrdagi 17-sonli qarori:
rus tilidagi matni 9-bandining beshinchi xatboshisidagi “chasti tretiy i chetvertiy stati 114 GK” degan soʻzlar “chasti tretya i chetvertaya stati 114 GK” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 14-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Obratit vnimaniye sudov, chto zakonom mojet bit predusmotreno, chto nedeystvitelnost chasti sdelki pri soxranenii ostalnix yeye usloviy ne vlechet nedeystvitelnosti sdelki v selom. Primerami mogut bit polojeniya GK ob obyazatelstvax, predusmatrivayushiye, chto nedeystvitelnost soglasheniya ob obespechenii obyazatelstva (kakovimi yavlyayutsya zalog, poruchitelstvo, garantiya) ne vlechet nedeystvitelnosti obyazatelstva (osnovnogo obyazatelstva)”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida” 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli qarori:
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tushuntirilsinki, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomasi yoki oʻzining tashabbusi bilan ish materiallarida mavjud boʻlgan yoki taraflar tomonidan qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlar asosida ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlgan holatlarda, shuningdek, ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasida koʻrilayotganda ekspert tekshiruvi oʻtkazish zaruriyati mavjudligi aniqlanib, lekin uni oʻtkazish yangi holat va dalillarni oʻrganishni talab qilgan holatlarda ham ekspertiza tayinlash huquqiga ega”;
rus tilidagi matni 13-bandi birinchi xatboshisidagi “v istechenii” degan soʻzlar “po istechenii” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 20-bandi ikkinchi xatboshisidagi “provedeniye issledovaniye” degan soʻzlar “provedeniye issledovaniya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2010-yil 14-maydagi 5-sonli qarori:
7-bandidagi “(kontrakt)” degan soʻz chiqarib tashlansin;
8-bandidagi “(kontrakt)” degan soʻz chiqarib tashlansin;
rus tilidagi matni 11-bandidagi “v opredelenii, vinesennomu” degan soʻzlar “v opredelenii, vinesennom” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-bandi quyidagi tahrirdagi beshinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
“yuridik shaxslarning xodimlari va notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari uchun — ularning ushbu tashkilotda ishlashini tasdiqlovchi hujjat (buyruq, mehnat daftarchasidan koʻchirma va h.k.)”;
13-bandi beshinchi xatboshisi tegishlicha oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli qarori:
8-bandi chiqarib tashlansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2011-yil 25-noyabrdagi 8-sonli qarori:
6-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonunda mazkur toifa ishlar boʻyicha daʼvo muddati nazarda tutilmagan boʻlib, otalik bola tugʻilganidan soʻng istalgan vaqtda belgilanishi mumkin. Bunda shuni eʼtiborga olish kerakki, Oila kodeksi 62-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan bolaga nisbatan otalik faqat uning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi, agar u muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, uning vasiysi yoki vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan belgilanilishiga yoʻl qoʻyiladi”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qarori:
rus tilidagi matni 9-bandining ikkinchi xatboshisidagi “roditelyami, ne dostigshimi vozrasta” degan soʻzlar “roditeley, ne dostigshix vozrasta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 9-bandining ikkinchi xatboshisidagi “za isklyucheniye sluchayev” degan soʻzlar “za isklyucheniyem sluchayev” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-bandidagi “Oila Kodeksi 157-moddasining 1-qismiga” degan soʻzlar “Oila kodeksi 157-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. V sootvetstvii s trebovaniyami stati 155 Semeynogo kodeksa na usinovleniye neobxodimo soglasiye rebenka, dostigshego vozrasta desyati let, nalichiye takogo soglasiya viyavlyayetsya organami opeki i popechitelstva ili sudom pri rassmotrenii dela ob usinovlenii. V takix sluchayax sud doljen obratit vnimaniye, bilo li rebenku v dostupnoy forme obʼyasneni pravovie posledstviya usinovleniya (obsheniye s rodstvennikami, imushestvennie i drugiye spori), izmeneniye yego familii, imeni, otchestva, zapisey v svidetelstve o rojdenii”;
22-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Tushuntirilsinki, alohida holatlar natijasida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻysa (masalan farzandlikka olinayotgan bola zudlik bilan davolash kursini oʻtashi lozimligi), FPK 267-moddasi birinchi qismining 3-bandiga koʻra sud hal qiluv qarorini darhol ijro etilishiga yoʻl qoʻyishga haqli”.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2015-yil 18-sentabrdagi 14-sonli qarori:
rus tilidagi matni 1-bandidagi “odnoy ix pravovix garantiy” degan soʻzlar “odnoy iz pravovix garantiy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 12-bandining birinchi xatboshisidagi “rassmotrenii zayavleniy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14-bandidagi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni 28-moddasida” degan soʻzlar “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni 34 va 36-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar taʼminoti uchun aliment undirishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarori:
rus tilidagi matni kirish qismining uchinchi xatboshisidagi “chetko” degan soʻz “konkretno” degan soʻz bilan almashtirilsin;
kirish qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy taʼminot olish huquqini taʼminlash va bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi normalarini toʻgʻri va aniq tatbiq etilishi boʻyicha bir xil sud amaliyotini shakllantirish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:”;
9-bandining ikkinchi xatboshisidagi “TMEK” qisqartmasi “TIEK” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida” 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli qarori:
20-bandidagi “sud tomonidan” degan soʻzlar “sudya tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2019-yil 24-maydagi 12-sonli qarori:
25-bandining uchinchi xatboshisidagi “FPK 106-moddasi” degan soʻzlar “FPK 267-moddasining uchinchi qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida” 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli qarori:
3-bandining oʻttiz sakkizinchi xatboshisidagi “ajrim chiqarishga majbur” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3-bandining qirqinchi xatboshisi “ajrim chiqarishga majbur” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
rus tilidagi matni 12-bandining birinchi xatboshisidagi “dlya otkaze v prinyatii” degan soʻzlar “dlya otkaza v prinyatii” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 13-bandining birinchi xatboshisidagi “po voprosu, kotoroye” degan soʻzlar “po voprosu, kotoriy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 15-bandining yigirma toʻrtinchi xatboshisidagi “i drugiye” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qoʻllash toʻgʻrisida” 2019-yil 24-dekabrdagi 25-sonli qarori:
rus tilidagi matni 12-bandining birinchi xatboshisidagi “(stati 443 GPK)” degan soʻzlar “(statya 443 GPK)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlari apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarining ajrimlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan tegishli yuqori instansiya sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Birinchi instansiya sudining sud hujjatini yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani rad qilish haqidagi ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) qanoatlantirilganda, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi FPKning 47-bobi tartibida ushbu ajrimni, shuningdek, arizachi tomonidan qayta koʻrish masalasi qoʻyilgan sud hujjatini, agar ushbu sud hujjatini qayta koʻrish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, bekor qiladi. Bunday holda ish tegishli instansiya sudiga mazmunan koʻrish uchun yuboriladi”.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2023-yil 20-fevraldagi 3-sonli qarori:
rus tilidagi matni 1-bandining uchinchi xatboshisidagi “mojet bit zayavlen” degan soʻzlar “mojet bit zayavleno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini taftish tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-iyundagi 20-sonli qarori:
rus tilidagi matni 8-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Istecheniye etogo sroka yavlyayetsya osnovaniyem dlya otkaza v xodataystve o vosstanovlenii sroka, a jaloba (protest) rassmotreniyu ne podlejit” jumlasi yangi xatboshidan boshlanib, beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida” 2024-yil 16-dekabrdagi 37-sonli qarori:
29-bandi quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati, taftish tartibidagi shikoyatni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, sud “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 8-moddasining ikkinchi qismi talablaridan kelib chiqib, davlat boji masalasini hal qilishi lozim”;
29-bandining ikkinchi xatboshisi tegishlicha uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining iqtisodiy ishlarga oid quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Qishloq xoʻjaligida qonuniylikni taʼminlash va yerdan foydalanishdagi suiisteʼmolchiliklarning oldini olishda iqtisodiy sudlarning rolini oshirish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-martdagi 115-sonli qarori:
2-bandidagi “Qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Iqtisodiy sudlar shu holatni eʼtiborga olsinlarki, fermer xoʻjaligi bilan yer ijarasi shartnomasini tuzgan qishloq xoʻjalik kooperativi tugatilgan hollarda yer ijarasi shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 6-moddasiga muvofiq, tuman hokimliklari daʼvogar sifatida qatnashishlari mumkin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida” 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli qarori:
24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha kelishuv bitimini tuzish va uni sud tomonidan tasdiqlash tartibi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan belgilanadi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qoʻllanilishining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli qarori:
2-bandidagi “54-moddasi” degan soʻzlar “66-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2011-yil 1-dekabrdagi 234-sonli qarori:
5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar nazarda tutishlari kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq davlat mulki faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari orqali ijaraga beriladi”;
12-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini mulk ijarasi shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat belgilangan boʻlmasa, shartnomaning amal qilishi tamom boʻlguncha oqilona muddatda bunday shartnomani tuzish istagi haqida yozma ravishda ogohlantirgan holdagina yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishda sharoitlar teng boʻlgan hollarda ijaraga oluvchi boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi”;
toʻrtinchi xatboshi tegishlicha beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
17.1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Biroq, nazarda tutish lozimki, bir yildan kam muddatga tuzilgan bino va inshootni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha taraflarning huquqiy munosabatlari bir yildan ortiq muddatda davom etsa, bunday shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2013-yil 5-dekabrdagi 254-son qarori:
2.2-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
20-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlar inobatga olishlari lozimki, huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud buyrugʻi chiqarilgan shaxslar uchun sud buyrugʻini bekor qilish uchun ariza berishning oʻn kunlik muddati ularga sud buyrugʻi chiqarilganligi maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblanadi”;
ikkinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli qarori:
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Ekspertiza muassasasida ekspertizaning quyidagi turlari oʻtkaziladi:
sud-ekologik ekspertizasi, sud-avtotexnika ekspertizasi, transport vositalarini va ularning qismlarini baholash ekspertizasi, yongʻin-texnikaviy ekspertiza, sud-iqtisodiy ekspertiza, sud-tovarshunoslik ekspertizasi, sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi, oziq-ovqat mahsulotlarining ekspertizasi va ixtisosligidan kelib chiqib, boshqa turdagi ekspertizalar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy boʻlimlarida;
shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida;
sud-xatshunoslik ekspertizasi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy boʻlimlarida.
Boshqa ekspertiza muassasalarida ekspertiza ularning ixtisosligidan kelib chiqib, oʻtkazilishi mumkin”;
22-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Ekspertiza qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oʻtkazilishi lozim.
Namunaviy nizomning 8-bandiga koʻra, ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ning qarori (ajrimi) asosida tadqiqotlarni oʻtkazish muddatlari sud ekspertizalarining hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga koʻra 30 kun doirasida belgilanadi. Sud ekspertizasi turlarining murakkablik darajasi ekspertiza tashkilotining yuqori turuvchi idorasi, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari uchun Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Tadqiqotlarni oʻtkazishni 30 kun mobaynida bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda, ekspertiza tashkiloti rahbari muddat oʻtishidan 3 ish kuni oldin asoslangan holda ekspertiza tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga yozma yoki elektron ravishda xabar qiladi hamda ular bilan kelishgan holda qoʻshimcha muddatni belgilaydi.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, Namunaviy nizomning 9-bandiga koʻra, ekspertiza tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ning qarori (ajrimi) boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish muddatlari ish materiallari ekspertiza tashkilotiga tushgan kundan keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi va sud eksperti xulosasi ekspertiza tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga yuborilgan kunda tugaydi”;
24-bandidagi “8-bandining uchinchi xatboshisiga” degan soʻzlar “10-bandining oltinchi xatboshisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli qarori:
2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishni koʻrayotgan iqtisodiy sud deganda, iqtisodiy ish ish yurituvida boʻlgan iqtisodiy sud tushuniladi. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan sud deganda, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazish uchun texnik va boshqa sharoitlarni taʼminlayotgan va ishni koʻrayotgan iqtisodiy sud hududidan tashqarida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi sudi tushuniladi”;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun koʻrsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi boʻyicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni koʻrayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalaniladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi birinchi instansiya sudidagi kabi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sud majlislarida ham amalga oshirilishi mumkin.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar sud majlisida IPKning 167-moddasida belgilangan tartibga rioya etmaganlarida raislik qiluvchi sud majlisi vaqtida sud tartibni buzgan shaxsni ogohlantirishga, tartibni takroran buzgan shaxsni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 180-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda sud mansabdor shaxs yoki fuqaroni sudga hurmatsizlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortishga haqli (IPK 200-moddasining oltinchi qismi)”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli qarori:
8.1-bandining beshinchi xatboshisidagi “305-1-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “310-moddasining beshinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Bankrotlik” degan soʻz “Toʻlovga qobiliyatsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2016-yil 23-dekabrdagi 306-sonli qarori:
1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-sonli, “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli qarorlari va boshqalar shunday hujjatlar sirasiga kiradi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2.3-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu qoida davlat xaridi tartib-taomillariga zid tuzilgan shartnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
3-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi 13-sonli qarori:
3-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi tegishlicha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
13-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Daʼvogar IPK 157-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan daʼvo asosini yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish huquqidan birinchi instansiya sudida hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar foydalanishi mumkin. Mazkur norma ish boshqa instansiyalarda koʻrilayotganida qoʻllanilmaydi. Qayd etilgan huquqdan hal qiluv qarori yuqori instansiya sudi tomonidan bekor qilinib, ish birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrilayotganida, shuningdek sud hujjati yangi ochilgan holat boʻyicha bekor qilinib, ish yangidan birinchi instansiya sudida koʻrilayotganda foydalanilishi mumkin”;
17-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar inobatga olishlari lozimki, ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrim (qaror) yoki jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqidagi qaror yoxud shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror, ular (ajrim, qaror) bilan aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishda, dalil sifatida qabul qilinishi mumkin”;
29-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda nazarda tutish kerakki, IPK 160-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shartlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, qarshi daʼvo ish yuritishga qabul qilinishi mumkin. Agar qarshi daʼvo protsessual qonun hujjatlari tartibiga rioya qilingan holda taqdim etilgan boʻlib, ammo yuqorida koʻrsatilgan moddadagi shartlardan birortasi mavjud boʻlmasa, qarshi daʼvo qaytarilishi lozim.
Qarshi daʼvo daʼvo arizasini taqdim etishning umumiy qoidalariga rioya etgan holda taqdim etilgan boʻlsa, sudlovga tegishlilik toʻgʻrisidagi qoidalardan qatʼi nazar, sud tomonidan ish yuritishga qabul qilinadi”;
quyidagi mazmundagi 322-band bilan toʻldirilsin:
“322. Sudlarga tushuntirilsinki, “Mediatsiya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining amal qilishi mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin boʻlgan, shuningdek, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrishda qonunchilik hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2023-yil 20-noyabrdagi 27-sonli qarori:
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Chet davlat hududida tuzilgan va iqtisodiy sudga taqdim qilingan rasmiy hujjatlarni legallashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-martdagi 10-sonli qarori:
5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar IPKning 189-moddasiga muvofiq qabul qilingan qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan ham apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa qonunda nazarda tutilgan hollarda protest keltirishga haqlidirlar”;
12-bandining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, apellyatsiya tartibida ishni koʻrish jarayonida, aynan shu sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan kassatsiya shikoyati (protesti) taqdim etilgan taqdirda, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish IPK 291-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi va shikoyat (protest) bergan shaxsga apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilish huquqi tushuntiriladi”;
24-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
32-bandining yigirma toʻqqizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oʻttizinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar tegishlicha yigirma toʻqqizinchi — oʻttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
32-bandining oʻttizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ijro ishini yuritishni tiklash (IPKning 346-moddasi) haqidagi ajrimlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin emas”.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni taftish tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-iyundagi 21-sonli qarori:
8-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat boji toʻlashni kechiktirish haqidagi iltimosnoma sudya tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni ish yuritishga qabul qilishda hal qilinadi”;
28-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
31-bandidagi “umumlashtirib” degan soʻz “zaruratga qarab umumlashtirib” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining maʼmuriy ishlar boʻyicha quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2017-yil 29-noyabrdagi 44-sonli qarori:
rus tilidagi matni 15-bandining ikkinchi xatboshisidagi “trebovaniyami” degan soʻzdan keyin “Polojeniya “O poryadke naznacheniya i viplati gosudarstvennix pensiy”, utverjdennogo” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
rus tilidagi matni 15-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Postanovleniya” degan soʻz “Postanovleniyem” degan soʻz bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 19-bandining birinchi xatboshisidagi “utverjdayemim” degan soʻz “utverjdennim” degan soʻz bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 20-bandining uchinchi xatboshisi “otsutstviye” va “nalichiye” degan soʻzlardan keyin “zaklyucheniya” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy ishlarni koʻrishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 15-sonli qarori:
rus tilidagi matni 11-bandidagi “prinyatiya zayavleniya (jalobi)” degan soʻzlardan keyin “k proizvodstvu” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15-bandidagi “uning ustidan” degan soʻzlar “ularning ustidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18-bandidagi “qabul qilinishi” degan soʻzlar “koʻrilishi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
25-bandidagi “koʻrmasdan qoldirish” degan soʻzlardan keyin “tugatish” degan soʻz bilan, “qaytarish” degan soʻzdan keyin “qabul qilishni rad etish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
26-bandidagi “Sudlarga” degan soʻz “Sudlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
27-bandidagi “imkon bergan sabab va sharoitlarni” degan soʻzlar “sabab boʻlgan shart-sharoitlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida” 2019-yil 25-oktabrdagi 20-sonli qarori:
21-bandi quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati, taftish tartibidagi shikoyatni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, sud “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 10-moddasining ikkinchi qismi talablaridan kelib chiqib, davlat boji masalasini hal qilishi lozim”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli qarori:
rus tilidagi matni 2-bandidagi “ispolnitelnoy vlasti” degan soʻzlar “gosudarstvennogo upravleniya” degan soʻzlar bilan, “v sootvetstvii s” degan soʻzlar “utverjdennie” degan soʻz bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 5-bandidagi “pismennoy” degan soʻz “ustanovlennoy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
16-bandining ikkinchi xatboshidagi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasi” degan soʻzlar “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasining uchinchi qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23-bandi uchinchi xatboshidagi “choralar koʻrilganligi” degan soʻzlar “choralar koʻrilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “majburiyati yuklatilganligi” degan soʻzlar “majburiyati yuklatilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24-bandi chiqarib tashlansin;
25-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Sudlarga tushuntirilsinki, MSIYUtK 276-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq sud qarorining javobgar zimmasiga arizachining huquqlari va erkinliklarini tiklash yoki ularni amalga oshirishdagi toʻsqinliklarni bartaraf etishga oid majburiyat yuklangan qismining ijrosi maʼmuriy organga ijro muddati koʻrsatilgan holda yuboriladigan sudning hal qiluv qarori (qarori) asosida amalga oshiriladi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-martdagi 11-sonli qarori:
5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “237-moddasining ikkinchi qismiga” degan soʻzlar “237-moddasining birinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-bandining ikkinchi xatboshisi “qabul qilingan” degan soʻzlardan keyin “yoki qonuniy kuchga kirgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
rus tilidagi matni 8-bandining birinchi xatboshisi “odnovremenno s” degan soʻzlardan keyin “apellyatsionnoy” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
rus tilidagi matni 15-bandining birinchi xatboshisidagi “vozvrasheniya” degan soʻz “ostavleniya jalobi bez rassmotreniya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18-bandining uchinchi xatboshisi “moddiy va protsessual” degan soʻzlardan keyin “huquq” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
19-bandining birinchi xatboshisidagi “215, 239” raqamlari “220, 244” raqamlari bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 22-bandining ikkinchi xatboshisidagi “jalobi” degan soʻz “jalobe” degan soʻz bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 22-bandining ikkinchi xatboshisidagi “rassmatrivayushey delo” degan soʻzlardan keyin “putyom vineseniya opredeleniya” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
rus tilidagi matni 28-bandining ikkinchi xatboshisidagi “izmenennix ili” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
28-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunday holatda sud hujjatining qonuniyligiga ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha baho beriladi”;
30-bandining uchinchi xatboshidagi “qaror qismini” degan soʻzlar “xulosa qismini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matni 31-bandining birinchi xatboshisidagi “dela” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV

Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Toshkent sh.,
2025-yil 29-aprel,
10-son