Hujjat 02.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatda tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning salohiyatidan toʻlaqonli foydalanish, strategik yoʻnalishlarda tizimli tadqiqotlarni oʻtkazish ishlarini yoʻlga qoʻyish, amalga oshirilayotgan islohotlarni ilmiy va axborot-tahliliy taʼminlash hamda ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishda ilmiy asoslangan tashabbuslarni ishlab chiqish amaliyotini joriy qilish maqsadida:
1. Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish boʻyicha uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish boʻyicha buyurtma berish tizimini joriy qilish;
yillik strategik yoʻnalishdagi tadqiqotlarni ishlab chiqish va belgilash, ularning natijalaridan mamlakatni yanada isloh qilishda ustuvor yoʻnalishlarni belgilash jarayonida foydalanish;
mamlakatning ichki siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha amaliy va obyektiv maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida sotsiologik tadqiqot ishlarini oʻtkazilishini rejalashtirish va tasdiqlash;
tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan, zaruriyatga koʻra yangi markazlarni tashkil qilish, amaldagilarni qayta oʻzgartirish va ixtisoslashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
tahliliy faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash, shu jumladan, xorijiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda tahliliy tuzilmalar xodimlarini malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish;
maqbul takliflar va koʻp variantlilik prinsipi asosida turli sohalarni rivojlantirish ssenariylarini ishlab chiqish maqsadida davlat tahlil markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining mustaqil va xorijiy tahliliy tuzilmalar va ekspertlari bilan kooperatsiyasini (hamkorligini) taʼminlovchi yagona platformani yaratish;
statistik maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishning yagona standartlarini ishlab chiqish, shuningdek, qator vazirlik va idoralarning har oy yangilanadigan ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan idoralararo integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
asosiy idoralarning tadqiqot markazlari va yigʻma axborot-tahlil boʻlinmalari faoliyatining har yillik rejalariga takliflar kiritilishi va ijrosini tashkil etish.
3. Belgilansinki:
Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari boʻyicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda ularni oʻtkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga masʼul boʻlgan maslahat organi hisoblanadi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan asosiy vazirlik va idoralar tahliliy boʻlinmalarining (departament, boshqarmalar) faoliyati muvofiqlashtiriladi;
respublikani rivojlantirish boʻyicha strategik tashabbuslar loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilingan asosiy vazirlik va idoralar rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlari tadqiqot markazlarini axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlash hamda Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan hamkorlik qilishga masʼul boʻladi;
Muvofiqlashtiruvchi kengashning yigʻilishlari har chorakda oraliq majlislar shaklida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilmasida quyidagi yoʻnalishlarga masʼul boʻlgan ishchi guruhlar 2 — 7-ilovalardagi tarkibga muvofiq tashkil qilinsin:
xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;
davlat va jamiyat qurilishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish;
tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik;
hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish;
ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim oʻzgarishi, suv taqchilligi masalalari.
Muvofiqlashtiruvchi kengashga ishchi guruhlar tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
5. Muvofiqlashtiruvchi kengash (S. Umurzakov) bir oy muddatda:
Muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisida nizomni hamda ishchi guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish, ularning Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin;
mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalarida strategik tahlil va tadqiqot qilishda yaxlit tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritsin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) Muvofiqlashtiruvchi kengashning tahliliy faoliyatini taʼminlash yoʻnalishida:
ishchi guruhlar oʻzlari masʼul boʻlgan yoʻnalishlarda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarni tahlil qiladi, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan xulosa va takliflarni har chorak yakuni bilan Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim qiladi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan maʼqullangan xulosa va takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim qilinadi;
b) ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish boʻyicha buyurtma berish tizimini joriy qilish yoʻnalishida:
Muvofiqlashtiruvchi kengashning takliflari asosida mamlakatning ichki rivojlanishi va tashqi siyosiy faoliyatining aniq masalalari boʻyicha ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish maqsadida ilmiy asoslangan va talabgir taklif va tashabbuslarni ishlab chiqqan holda buyurtma portfeli shakllantiriladi;
buyurtma portfeli asosida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish boʻyicha tadqiqot va tahliliy markazlar oʻrtasida tanlov oʻtkaziladi;
tadqiqot va tahlil ishlariga shartnoma asosida mustaqil ekspertlar va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, xorijiy olim-ekspertlarni (siyosatshunoslar, iqtisodchilar, huquqshunoslar, ekologlar va boshqalar) jalb etish uchun tadqiqot va tahliliy markazlarga grant mablagʻlari ajratiladi.
7. Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 31-dekabr,
PQ-467-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga
1-ILOVA
Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi

1.

S.U. Umurzakov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi, Kengash raisi

2.

E.T. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

M.X. Raxmankulov

—

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori

4.

O.A. Xakimov

—

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori

5.

B.B. Raxmatov

—

Strategik islohotlar agentligi direktori

6.

J.A. Vahobov

—

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori

7.

A.I. Neʼmatov

—

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari

8.

A.I. Toshpulatov

—

Parlament tadqiqotlari instituti direktori

9.

E.S. Tulyakov

—

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

10.

Sh.U. Turdikulova

—

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

11.

A.Sh. Bekmurodov

—

Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

12.

R.R. Mirzayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati shoʻba mudiri

13.

Lavozimi boʻyicha

—

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori

14.

S.A. Valiyev

—

Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi direktori

15.

N.N. Saydullayev

—

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

16.

I.I. Norqulov

—

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

17.

N.Q. Xolmurodov

—

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

18.

B.J. Aʼloyev

—

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

19.

O.N. Qudratov

—

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari

20.

B.R. Mamatkarimov

—

energetika vazirning birinchi oʻrinbosari

21.

M.A. Omarov

—

transport vazirining birinchi oʻrinbosari

22.

T.N. Butunbayev

—

suv xoʻjaligi vazirning birinchi oʻrinbosari

23.

O.A. Pekos

—

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

24.

Sh.X. Daliyev

—

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

25.

A.M. Qosimov

—

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

26.

A.N. Karimov

—

adliya vaziri oʻrinbosari

27.

A.U. Qayumov

—

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

28.

N.D. Xusanov

—

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

29.

M.M. Kamilov

—

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori

30.

S.S. Safoyev

—

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori

31.

B.S. Mirzayev

—

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori

32.

J.Sh. Salixov

—

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) rektori

33.

B.M. Bekmurodov

—

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

34.

N.X. Raximova

—

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

35.

F.F. Kaimbayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi kotibiyati mudiri, Kengash kotibi

Izoh:
1. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Kengash raisiga zarur hollarda Kengash ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga
2-ILOVA
Xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi

1.

E.T. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

R.R. Mirzayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati shoʻba mudiri

3.

B.A. Begalov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori

4.

J.A. Vahobov

—

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori

5.

B.M. Bekmurodov

—

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

6.

S.R. Irgashev

—

Afgʻoniston boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus vakili

7.

B.J. Aʼloyev

—

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

B.R. Mustafayev

—

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining oʻrinbosari

9.

Sh.N. Rahmonov

—

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

I.I. Norqulov

—

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

O.N. Qudratov

—

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari

12.

Lavozimi boʻyicha

—

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari

13.

O.A. Pekos

—

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

14.

D.T. Sultanov

—

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi

15.

M.A. Omarov

—

transport vazirining birinchi oʻrinbosari

16.

B.R. Mamatkarimov

—

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

17.

M.I. Atayev

—

Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi boshligʻi

18.

M.F. Aslanov

—

Progressiv islohotlar markazi direktori

19.

N.X. Raximova

—

“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

20.

Lavozimi boʻyicha

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari

Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat va jamiyat qurilishi boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi

1.

M.X. Raxmankulov

—

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, Ishchi guruh rahbari

2.

A.N. Karimov

—

adliya vaziri oʻrinbosari

3.

A.Z. Saʼdullayev

—

Yoshlar ishlari agentligi direktori

4.

A.Sh. Bekmurodov

—

Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

5.

M.M. Kamilov

—

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori

6.

A.I. Toshpulatov

—

Parlament tadqiqotlari instituti direktori

7.

Lavozimi boʻyicha

—

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori

8.

X.S. Asadov

—

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori oʻrinbosari

9.

E.S. Tulyakov

—

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga
4-ILOVA
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi

1.

O.A. Xakimov

—

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori, Ishchi guruh rahbari

2.

N.N. Saydullayev

—

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

3.

I.I. Norqulov

—

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

N.Q. Xolmurodov

—

investitsiya, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

M.A. Omarov

—

transport vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

B.R. Mamatkarimov

—

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

O.Z. Nasritdinxodjayev

—

togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

Lavozimi boʻyicha

—

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

D.T. Sultanov

—

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi

10.

Sh.A. Karimov

—

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

Sh.X. Daliyev

—

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

12.

A.B. Tadjixanov

—

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

13.

M.M. Mirzayev

—

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

14.

I.M. Muxtorov

—

Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

15.

A.U. Qayumov

—

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

16.

N.D. Xusanov

—

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

17.

T.Z. Teshabayev

—

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga
5-ILOVA
Tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi

1.

S.A. Valiyev

—

Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi direktori, Ishchi guruh rahbari

2.

A.I. Neʼmatov

—

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari

3.

N.Q. Xolmurodov

—

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

M.M. Kamilov

—

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori

5.

V.Yo. Ergashev

—

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori oʻrinbosari

6.

Sh.M. Fayziyev

—

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori oʻrinbosari

7.

A.A. Umarov

—

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birinchi prorektori

8.

Sh.M. Abdullayev

—

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori

9.

B.M. Bekmurodov

—

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga
6-ILOVA
Hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi

1.

B.B. Raxmatov

—

Strategik islohotlar agentligi direktori, Ishchi guruh rahbari

2.

I.I. Norqulov

—

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

N.Q. Xolmurodov

—

investitsiya, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

M.A. Omarov

—

transport vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

B.R. Mamatkarimov

—

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

O.Z. Nasritdinxodjayev

—

togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

O.A. Pekos

—

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

A.M. Qosimov

—

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

9.

T.N. Butunbayev

—

suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

A.N. Karimov

—

adliya vaziri oʻrinbosari

11.

N.D. Xusanov

—

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

12.

F.J. Pulatov

—

Kadastr agentligi direktori

13.

A.X. Suvankulov

—

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ raisi v.b.

14.

D.A. Vaxobov

—

Savdo-sanoat palatasi raisi

15.

Lavozimi boʻyicha

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari

Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-467-son qaroriga
7-ILOVA
Ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim oʻzgarishi, suv taqchilligi masalalari boʻyicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi

1.

J.Sh. Salixov

—

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) rektori, Ishchi guruh rahbari

2.

O.N. Qudratov

—

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

B.R. Mamatkarimov

—

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

O.Z. Nasritdinxodjayev

—

togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

D.T. Sultanov

—

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi

6.

T.N. Butunbayev

—

suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

A.M. Qosimov

—

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

8.

B.S. Mirzayev

—

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori

Izoh:
1. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruhi ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.01.2025-y., 07/25/467/0001-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son; 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)