|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “TABIIY GAZ YETKAZIB BERISh VA UNING UChUN HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2002 YIL 20-MARTDAGI 90-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqadigan ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 20-martdagi 90-son qaroriga 1-ilovaning “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining magistral gaz quvurlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqadigan ulgurji isteʼmolchilar” ustuniga “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernining Navoiy kon-metallurgiya kombinati” soʻzlari qoʻshilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 2-oktabr,
339-son