|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTON HAVO YOʻLLARI” MILLIY AVIAKOMPANIYASI USTAVIGA OʻZGARTIRIShLAR VA UNING XODIMLARI INTIZOMI TOʻGʻRISIDAGI USTAVGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimi toʻgʻrisida” 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Ustaviga oʻzgartirish kiritib, 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Aviakompaniya aviakompaniyaning amaldagi tuzilmasiga faqat aviakompaniya Kengashi qaroriga koʻra uni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlash bilan yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan yangi tarkibiy birliklarni tashkil etish, mavjud korxonalarni tugatish va qayta tashkil etish masalalari yuzasidan oʻzgartirishlar kiritish huquqiga egadir.
Aviakompaniya komplekslari; aeroportlari va korxonalari aviakompaniya direksiyasi bilan kelishgan holda tuzilmani mustaqil aniqlaydilar va shtatlarni belgilaydilar”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qaroriga ilovani qisman oʻzgartirib “Toshkent” aeroporti “Tarkibiy birliklar” guruhidan “Korxonalar” guruhiga oʻtkazilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi 56-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-iyun,
232-son