Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.01.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYaTNI ChEKLASh VA RAQOBAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi OʻRQ-319-sonli “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1997-yil 8-yanvardagi 5 (1522)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralarning ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Quyidagi qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 392-modda);
1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining XII boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 11-12, 285-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
356-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 55-modda)