|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat arxitektura-qurilish nazorati boshqarmasi toʻgʻrisidagi va Davlat idoradan tashqari ekspertiza boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 26-yanvardagi 19-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
SSSR Ministrlar Sovetining “Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) uchun tuzilgan loyihalar va smetalarning ekspertizasini yaxshilash toʻgʻrisida” 1973-yil 4-maydagi 291-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 21-maydagi 211-son qarori (OʻzSSR QT, 1973-y., 5-son, 33-modda);
SSSR Ministrlar Sovetining “Qurilishdagi loyiha-smeta ishini yanada takomillashtirish va ekspertiza hamda mualliflik nazorati rolini oshirish toʻgʻrisida” 1985-yil 28-yanvardagi 96-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 27-fevraldagi 113-son qarorining 4, 5, 7 — 9, 11 — 14, 16-bandlari;
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1986-yil 21-fevraldagi 82-f farmoyishi;
SSSR Ministrlar Sovetining “Respublika va mahalliy boshqaruv organlariga qarashli korxonalar, binolar va inshootlarni qurish uchun loyiha va smetalarni ekspertiza qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1987-yil 23-iyuldagi 841-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 10-sentabrdagi 373-son qarori (OʻzSSR QT, 1987-y., 9-son, 51-modda) 1-bandining oxirgi xatboshi, 4-bandi, oxirgi xatboshidan tashqari, 6, 8 — 10-bandlari;
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 20-noyabrdagi 478-son qarori (OʻzSSR QT, 1987-y., 12-son, 74-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Hukumatining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarning 1 va 2-bandlari.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 20-mart,
90-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 3-son, 9-modda)