|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2021-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Mamlakatlar oʻrtasida madaniy, ilm-fan, taʼlim almashinuviga, investitsion iqlimni yaxshilashga va mamlakatimiz turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. 2020-yil 1-yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun tashuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga yoʻlovchilar toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim qilgan holda qaytish aviachiptasi mavjud boʻlgan shartlarda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan koʻp boʻlmagan muddatga Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi belgilansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-sentabr,
PF-5819-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 08/19/5819/3735-son)