Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.08.1994
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON SSR PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1991-YIL 25 MARTDAGI 65-SON QARORIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 1994-yil 5-avgustdagi 403-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ish haqi va pensiyalar eng kam miqdorining 350 soʻmgacha koʻpayganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-martdagi 65-son qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
11-band “g” kichik bandining 3-xatboshi quyidagi oʻzgartishda bayon qilinsin:
“bir yarim yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga. Bunga nafaqa olish huquqini beruvchi oila aʼzosining jami daromadi chegarasi eng kam oylik ish haqining ikki baravar miqdorida — 700 soʻm qilib belgilansin”;
14-bandning ikkinchi xatboshi quyidagicha tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur qarorning 12 va 13-bandlari bilan belgilangan toʻlovlar oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan jami daromad eng kam ish haqining ikki baravar miqdori — 700 soʻmdan oshmaydigan bolali oilalarga berilsin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-mart,
105-son