|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini taʼminlash, shuningdek, ularning tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvarda PQ-3487-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarining roʻyxati quyidagi mazmunda 13 — 18-bandlar bilan toʻldirilsin:
“13. “Oʻzpaxtasanoat” AJ
14. “Oʻzneftmahsulot” AJ
15. “Oʻzburgʻuneftgaz” AJ
16. “Oʻztransgaz” AJ
17. “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ
18. “Oʻzbekgeofizika” AJ.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-mart,
PQ-3625-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 07/18/3625/0943-son)