Hujjat 24.10.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-son qaroriga muvofiq, shuningdek ayrim respublika kengashlarining tarkibini yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 19-oktabr,
351-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 19-oktabrdagi 351-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti tanlovini tashkillashtirish ishlarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 3-noyabrdagi 295-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 471-modda) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti Respublika kengashining
TARKIBI

A. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika kengashi raisi

B. Axmedov

—

Madaniyat va sport ishlari vaziri, respublika kengashi raisining oʻrinbosari

(lavozimiga koʻra)

—

“Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

X. Rahimov

—

Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi raisining oʻrinbosari

I. Mirzaliyev

(Iqbol Mirzo)

—

Oʻzbekiston xalq shoiri

M. Yoʻlchiyeva

—

Oʻzbekiston xalq artisti

O. Nazarbekov

—

Oʻzbekiston xalq artisti

R. Usmonov

—

Oʻzbekiston xalq artisti

A. Mullaxonov

—

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist

M. Nurmatov

—

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, bastakor

N. Qurbonova

—

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

J. Ibragimov

—

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, professor, R. Glier nomidagi RIMAL katta oʻqituvchisi

O. Abdullayeva

—

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, bastakor

G. Madrahimova

—

“Navbahor” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist

R. Abduazimov

—

V. Uspenskiy nomidagi RIMAL katta oʻqituvchisi

J. Uzoqov

—

Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, Kengashning masʼul kotibi

Izoh: kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga shu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Kengash tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari ham kiradi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 30-sentabrdagi 267-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 68-modda) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi
TARKIBI

A. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika kengashi raisi

J. Inogʻomov

—

“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

D. Allayev

—

“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, Respublika kengashi masʼul kotibi

A. Saidov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)

B. Matmuratov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)

O. Soliyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan ishlash shuʼbasi mudiri (kelishuv asosida)

M. Aliyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori (kelishuv asosida)

J. Qoʻchqorov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

D. Turdiyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari

Y. Tursunov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

M. Saliyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari

B. Nizamov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirining oʻrinbosari

U. Salimov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori

D. Kenjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari

L. Tuychiyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari

F. Djalalov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh. Xamrayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

A. Usmanov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari

O. Yusupov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

R. Aminov

—

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

R. Fayziyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

(lavozimiga koʻra)

—

“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari

I. Djurayev

—

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari

A. Xodjayev

—

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

M. Hazratqulov

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Bosh direktori

A. Abdullayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki boshqaruvi raisi

Gʻ. Abdukarimov

—

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori oʻrinbosari

O. Parpiboyeva

—

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

T. Narbayeva

—

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

S. Turdiyev

—

Oʻzbekiston Fermerlari kengashi raisi

B. Gʻaniyev

—

“Kamolot”YOIH Markaziy kengashi raisi

Sh.Usmonov

—

Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

A. Shayxov

—

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

R. Niyazov

—

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti raisi

N. Qosimov

—

Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi

T. Axmedov

—

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori

R. Ubaydullayeva

—

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi direktori

N. Muxammadiyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazi direktori

A. Mavrulov

—

Respublika Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari

H. Mamadaliyeva

—

“Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori

Izoh: kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ana shu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar Kengash tarkibiga kiritiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy kengashlarining raislari bir vaqtning oʻzida Kengash aʼzosi ham hisoblanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 42-son, 489-modda)