Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
ADVOKATLIK FAOLIYATINING KAFOLATLARI VA ADVOKATLARNING IJTIMOIY HIMOYASI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlik faoliyati bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, shugʻullanishga haqlidir.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-sonli “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya beriladi.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilangan.
2-modda. Advokatlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Advokatlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
advokatning mustaqilligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga qatʼiy rioya etish;
(2-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida” Qonunining 9-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda man qilinmagan usullar va vositalarni qoʻllash.
(2-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 141-moddasining ikkinchi qismi.
3-modda. Advokat qasamyodi
Advokat tegishli malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:
“Oʻz kasbiy burchimni halol va vijdonan bajarishga, inson huquqlari va erkinliklarini hamisha himoya qilishga, advokatlik sirini saqlashga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.
4-modda. Advokatning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida, shuningdek, agar olingan topshiriqni bajarish zaruriyati taqozo etsa va tegishli davlatlarning qonunchilikka zid boʻlmasa, respublika tashqarisida ham advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muayyan ishni olib borishga advokatning vakolatli ekanligi order bilan tasdiqlanadi.
Advokat, taraf sifatida, sud ishlarini yuritishning hamma bosqichida protsessning barcha ishtirokchilari bilan teng huquqlarga ega.
Advokat quyidagi huquqlarga ega:
qonunda belgilangan tartibda ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni koʻchirib olish;
 LexUZ sharhi
Jumladan, jinoyat ishlari boʻyicha himoyachi sifatida advokat Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 375 — 378-moddalarida belgilangan tartibda jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi barcha materiallar bilan tanishib chiqish va ushbu ishdagi hujjatlardan koʻchirmalar yozib olishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz himoyasidagi shaxs bilan u ushlangan paytdan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda miqdori va muddati cheklanmagan xoli uchrashuvlar oʻtkazish;
(4-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 230-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza oʻtkazilishini soʻrash;
ekspertiza xulosasi ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish;
(4-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning toʻrtinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ish materiallari bilan tanishish hamda ishni sudda va boshqa organlarda koʻrish chogʻida ovoz yozish qurilmalari hamda boshqa texnika vositalaridan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish;
(4-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga muvofiq, sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga, kinoga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
agar jinoyat ishini yuritishda, shuningdek fuqarolik ishini, iqtisodiy ishni yoki maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish va hal etishda himoyani yoki vakillikni amalga oshirish zaruriyati taqozo etsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sir hisoblangan maʼlumot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tanishish.
(4-modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 89-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
(4-modda beshinchi qismidagi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Advokat:
yuridik yordam soʻrab murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida maslahat berishi;
yuridik yordam soʻrab murojaat qilgan shaxsning ishiga uning holatini ogʻirlashtiradigan kasbiy nuqtai nazar bilan yondashmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishonch bildiruvchi shaxsning (oʻz himoyasi ostidagi shaxsning) nuqtai nazariga koʻra noqonuniy qaror chiqarilgan taqdirda, bu qaror ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishi shart.
(4-moddaning oltinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
(4-modda yettinchi qismidagi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Advokatning boshqa huquq va majburiyatlari “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonun (6 va 7-moddalari)da, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda nazarda tutilgan.
5-modda. Advokatning mustaqilligini taʼminlash
Advokatning mustaqilligi:
unga qonunda belgilangan tartibda advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijozat berish, bu faoliyatni toʻxtatib turish va tugatish;
 LexUZ sharhi
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani toʻxtatib turish va tugatish tartibi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunning 14 — 16-moddalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobida nazarda tutilgan.
advokatning daxlsizligi;
advokatlik sirini oshkor etishni talab qilishni man etish;
advokat olib borayotgan ishlarga aralashganlik yoxud advokatning daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
davlat tomonidan unga advokatlik faoliyati kafolatlari berilishi hamda ijtimoiy himoyalanishi orqali taʼminlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida” Qonunining 12-moddasi.
6-modda. Advokatning daxlsizligi
Advokatning shaxsi daxlsiz. Advokatning daxlsizligi uning uy-joyiga, xizmat xonasiga, foydalanishidagi transporti va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham taalluqlidir.
Advokatga nisbatan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatning uy-joyi yoki xizmat xonasiga, shaxsiy yoki foydalanishidagi transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, tintuv oʻtkazish yoki olib qoʻyish, uning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, advokatni koʻzdan kechirish va shaxsiy tintuvdan oʻtkazish, xuddi shuningdek uning pochta-telegraf joʻnatmalarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish yoki olib qoʻyish, advokatni majburiy keltirish, ushlab turish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-651-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi advokatga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyat prokurorlari, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga koʻra jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllanilishi mumkin.
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Advokatning ish boʻyicha huquqiy nuqtai nazariga nisbatan surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.
Advokatni yuridik va jismoniy shaxslarga qonunga muvofiq yuridik yordam koʻrsatganligi munosabati bilan jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki unga shunday javobgarlikka tortish bilan tahdid qilish mumkin emas.
7-modda. Advokatlik faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi
Advokat yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganida uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatdan va uning yordamchisidan va stajyoridan advokatlik siri predmeti hisoblangan holatlar toʻgʻrisida biron-bir tushuntirish yoki koʻrsatuvlar berishni talab qilish, shuningdek ular haqida tezkor-qidiruv faoliyatida, jinoyat ishlari, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar va boshqa ishlarni yuritishda foydalanish uchun biron-bir material taqdim etishni talab qilish man etiladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda biron-bir maxsus ruxsatnoma (order va advokat guvohnomasidan tashqari) talab qilish yoki boshqa toʻsiqlar vujudga keltirish man etiladi;
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatning muayyan ishni oʻrganishiga toʻsqinlik qilish yoki ishonch bildiruvchi shaxsning (oʻz himoyasi ostidagi shaxsning) qonuniy manfaatlariga zid keluvchi nuqtai nazarni majburan egallashiga erishish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatish, shuningdek advokatga tahdid qilish, uni haqoratlash, unga nisbatan tuhmat qilish, kuch ishlatish yoki uning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 142-moddasi.
8-modda. Advokatlik faoliyati himoyalanishini taʼminlash
Advokat va uning kasbiy faoliyati davlat himoyasida boʻladi.
Advokatning oʻz himoyasidagi shaxs bilan xoli uchrashuvlar oʻtkazishini, jinoyat ishiga doir barcha materiallar bilan tashishib chiqishi va undan zarur maʼlumotlarni koʻchirib olishini rad etish man qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik yordam berish bilan bogʻliq axborotni talab qilib olish, olib qoʻyish, koʻzdan kechirish, tekshirish, undan nusxa koʻchirish, bunday axborotni toʻplash va undan foydalanishga faqat advokat ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortilgan taqdirda, boshqa hollarda — jinoyat, fuqarolik ishlari, iqtisodiy ishlar, intizomiy ishlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishda esa, faqat yuridik yordam soʻrab murojaat qilgan shaxsning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Davlat tomonidan advokatga quyidagilar taʼminlanadi:
kasbiy vazifalarini bajarish imkoniyati;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek uning tashqarisida yuridik yordam soʻrab murojaat qilgan shaxslarga maslahat berish imkoniyati;
oʻz kasbiy vazifalarini bajarishi tufayli hayoti va sogʻligʻi uchun xavf-xatar yuzaga kelganda zarur darajadagi himoya.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatning kasbga oid huquqlarining davlat organlari va boshqa organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan buzilishi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
(8-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1971-moddasi.
9-modda. Yuridik yordamni taʼminlash kafolatlari
Har kim oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun yuridik yordam soʻrab oʻzi xohlagan har qanday advokatga murojaat qilishga haqlidir.
Ushlab turilgan shaxsga, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkumga advokat bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda undan maslahat olish uchun zarur shart-sharoit taʼminlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10-modda. Advokatning hayotini va sogʻligʻini muhofaza qilish
Advokatning hayoti va sogʻligʻi davlat himoyasida boʻladi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
11-modda. Advokaturaning mablagʻlari
Advokatura notijorat tashkilotdir va faoliyatni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi.
Advokaturaning shtatlari, mansab okladlari va maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlarining smetalari moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilmasligi lozim. Advokaturaning ish haqi fondi banklar tomonidan nazorat qilinmaydi.
12-modda. Davlat bilan advokatura oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar
Davlat har bir fuqaroning teng va erkin yuridik yordam olish huquqini taʼminlash uchun advokatura bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatura manfaatlariga daxldor masalalar davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi ishtirokida belgilangan tartibda hal etiladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 27-maydagi 112-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Davlat advokaturani fuqarolar murojaat etishi uchun qulay boʻlgan joylarda zarur binolar bilan belgilangan tartibda taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokaturaga kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda boshqa imtiyozlar berilishi mumkin.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-dekabr,
721-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y.,1-son, 12-modda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 514-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)