Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
DAVLAT XIZMATCHILARINING MEHNATINI RAGʻBATLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Boshqaruv organlari tizimida malakali xodimlarni tanlash va biriktirish hamda Davlat xizmatchilari mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida:
1. 1997-yil 1-iyuldan boshlab budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va sudlarning davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadlariga muvofiq, ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyent sifatida 20 foizli ustama haq belgilansin, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa.
2. 20 foizli ustamani joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror tayyorlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 13-may,
1778-son