Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.08.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA KOMITETINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 10-avgustdagi PF-451-son “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 118-4-moddasining 2, 4-bandlariga va “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” gi Qonunga, iqtisodiy hamjamiyat toʻgʻrisida 1991-yil 18-oktabrdagi shartnomaga muvofiq, shuningdek respublikalarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, bojxona xizmati faoliyati hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan bojxona muassasalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadigan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona komiteti tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida respublikada bojxona xizmatini tashkil etish va uning faoliyati boʻyicha tegishli qaror tayyorlasin va qabul qilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona toʻgʻrisidagi Qonuni qabul qilgungacha SSSR qonunining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan qismiga amal qilinadi.
3. Belgilab qoʻyilsinki, bojxona boji va bojxona faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi budjeti daromadiga tushadi.
4. Ushbu Farmon imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 25-oktabr,
PF-284-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 12-son, 287-modda)