Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
UMUMTAʼLIM MAKTABLARI OʻQITUVChILARINING MEHNATINI RAGʻBATLANTIRIShGA OID TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Jamiyat turmushida va yosh avlodni tarbiyalashda umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining tutgan oʻrniga alohida ahamiyat berib, shuningdek pedagog xodimlarning muqim oʻrnashib qolishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. 1994-yilning 1-oktabridan umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va rahbarlarining ish haqi Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha malaka darajasini oshirish hamda qoʻshimcha haq va ustamalar tizimini tartibga solish hisobidan oʻrtacha 20 foiz oshirilsin.
2. Ish haqini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga, shuningdek oliy va oʻrta maxsus taʼlim xodimlarining ish haqiga qoʻshimcha va ustamalarni tartibga solish masalalariga oid qaror qabul qilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-sonli “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori.
4. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 28-sentabr,
PF-968-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 271-modda)